Nasimxon rahmonov, qosimjon sodiqoy



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/31
tarix03.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#82725
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
O\'zbek tili tarixi. 2009. N.Raxmonov, Q.Sodiqov


NASIMXON RAHMONOV, QOSIMJON SODIQOY



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘ZBEK TILI TARIXI


5220100Filologiya (0‘zbek filologiyasi) fakultetlari talabalari uchun darslik
0‘ZBEKIST0N FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYATI NASHRIYOTI TOSHKENT —2009
Taqrizchilar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ziyodulla Hamidov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Jumaali Shabanov
Mazkur darslik qadimgi turkiy tilning shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlarini, tilning etnik jarayon bilan bog'liq jihatlarini va qadimgi turkiy laming yozuv xususiyatlarini, qadimgi turkiy tilning fonetik qurilishini, leksik qatlamini, morfologik tuiUishini, sintaktik-stilistik xususiyatlarini o 'z ichiga oladi. Shuningdek, turkiy tillar tarixini davrlashtirishga oidyangicha qarashlar ham mazkur darslikdan o‘rin olgan. Turkiy xalqlar bir necha asrlar davomida istifoda etgan turkiy-run, eski uyg‘ur, moniy kabi qator yozuvlarning tarixiy taraqqiyoti, qadimgi turkiy tilning manbalari ham turkologiyaning keyingi yutuqlari asosida tahlil qilingan.
Mazkur darslik, birinchi navbatda, filologiya fakultetlarining talabalariga, shuningdek, tilshunos turkologlarga mo ‘ljallangan.

Rahmonov Nasimxon.


0‘zbek tili tarixi: filologiya fakultetlari talabalari uchun darslik/ N. Rahmonov, Q. Sodiqov; 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. — T.: 0‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2009. -224 b.
I. Sodiqov, Qosimjon
BBK 81.20‘zb-03
ISBN 978-9943-319-73-8
© 0‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009

KIRISH
Tayanch tushunchalar: umumxalq tili, yozma adabiy tilning yuzaga kelish tarixi, yozma yodgorliklaradabiy tilning ilk namunalari sifatida; qadimgi turkiy yozma adabiy til.


“0‘zbek tili tarixi” deb nomlangan mazkur darslik awalgi o‘quv dasturlaridagi “Qadimgi turkiy til”ni qamrab oladi. Qadimgi turkiy til tilshunoslikning bir sohasi va o‘quv predmeti sifatida 0‘zbekistonda o‘tgan asrning 80-yillarida paydo bo‘ldi. Boshqa turkiy tilli respublikalarda esa ancha yillar oldin — 60-yillarda boshlangan edi. Ayni paytda qadimgi turkiy til turkologiyaning asosiy obyekti va manbalaridan biri sifatida ham turkologlarning e’tiborini XIX asrdan beri jalb qilib keladi.
Qadimgi turkiy til oliy o‘quv yurtlarida o'qitila boshlagach, islomiyatgacha bo‘lgan turkiy yozma yodgorliklami, shu davr tarixi va madaniyatini o‘rganish birmuncha jonlandi. Bu predmet o‘zbek tilshunosligining muhim yutuqlaridan biri bo‘ldi. “0‘zbek tilining tarixiy grammatikasi”, “0‘zbek adabiy tili tarixi” kabi fanlar ham qadimgi turkiy tilga tayanadi.
Qadimgi turkiy til alohida fan sifatida o‘qitila boshlagach, 1982-yili akademik G‘anijon Abdurahmonov va akademik Alibek Rustamovning “Qadimgi turkiy til” qo‘llanmasi nashr etilib, uzoq yillar davomida oliy o‘quv yurtlari filologiya fakultetlarda o‘qitildi va yaxshi samara berdi.
0‘tgan yillar davomida umumturkologiya qadimgi turkiy yodgorliklar sohasida yangi yutuqlarni qoiga kiritdi, yangi yozuv yodgorliklari topildi va topilmoqda. Ilgari fanga ma’lum bo‘lgan yozma yodgorliklar qadimgi turkiy tilning mahsuli sifatida ilmiy istifodaga kiritildi. Bu o'rinda “Oltin yorug‘” (IX asr) sutrasi, moniylik va buddaviylik oqimidagi yozma yodgorliklarning qadimgi turkiydan hozirgi o‘zbek tiliga qilingan tabdili nashrlarini eslash kifoya. Bulardan tashqari, 0‘zbekiston hududidan miloddan oldingi davrlarga va milodiy VII—VIII asrlarga oid turkiy-run yozuvidagi yodgorliklar topildi va tahlil etildi1. Shu bilan birga, Janubiy Sibir va 0‘zbekiston tuprog‘idan topilib, ilgari tahlil etilgan turkiy-run yozuvlari qaytadan deshifrovka qilindi2.
Qadimgi turkiy tilning manbalaridan Kul tiginga bag‘ishlangan yodgorlikning qiyosiy nashri va til xususiyatlariga bag‘ishlangan asar ham aynan 0‘zbekistonda yaratildi3. Shuningdek, jahon turkolo- giyasida, xususan, Rossiya turkologiya maktabi vakillaridan I. Kizlasov turkiy-run yozma yodgorliklari yuzasidan yangicha qarashlarini ilgari surdi va turkiy-run yodgorliklari deshifrovkasi bo‘yicha mavjud an’anaviy qarashlardan tamomila farqli ilmiy kuzatishlarini e’lon qildi. Shuningdek, qadimgi turkiy til xususiyatlari haqidagi yangi qarashlar shakllandi4 va hokazo. Turkologiyada mana shu singari erishilgan yutuqlar “0‘zbek tili tarixi” darsligini qaytadan yozish ehtiyojini paydo qildi.
Qadimgi turkiy til turkiy qabilalarning, ular barpo qilgan davlatning, ular yashagan jamiyatning taraqqiyoti bilan uzviy bog'liqdir. Shuning uchun qadimgi turkiy til bir qator fanlar bilan tutash holda rivojlanib bordi.
Qadimgi turkiy til, birinchi navbatda, tarix, xususan, etnik tarix bilan tutashadi. Turkiy qabilalar o‘rtasidagi farqlar, asosan, ularning tillari orqali aniqlanadi. Demak, qabilalar tarixini yoritishda til muhim omildir. Shu bilan birga, qadimgi turkiy til paleografiya bilan ham aloqador. Qadimgi turkiy yozuvning kelib chiqishi, alifbolaraing turli- tumanligi, boshqa yozuvlarning turkiy-run yozuviga ta’siri kabi masalalarni paleografiya o'rganadi. Ikkinchidan, qadimgi turkiy til shu davr adabiyoti bilan tutashdir. Qadimgi turkiy yodgorliklar ham turkiy xalqlarning ilk yozma adabiyotining, ham qadimgi turkiy tilning manbaidir. Uchinchidan, qadimgi turkiy til tarixiy geografiya bilan ham tutashdir. Qadimgi turkiy yodgorliklar turli hududlarga tarqalgach, yozuvda ba’zi farqlar paydo bo'ldi, qabilalarning tarixiy taraqqiyotida farqlar yuz berdi.
Qadimgi turkiy til falsafa bilan ham tutashdir. Qadimgi turkiy qavmlarning diniy tasawurlari, dunyoqarashi tangrichilik ta’limotida mujassamlashgan. Bu ta’limotning izlari qadimgi turkiy yodgorliklarda saqlanib qolgan. Kul tigin ulug‘ bitigining birinchi misrasida aytilishicha, qadimgi turkiylar Tangri(osmon)ni — ota, yerni — ona deb bilganlar. Bundan tashqari, yenisey yodgorliklarida samoviy jismlami xuddi sharqdagi ossuriylar, bobilliklar, kan’onliklar, amoriylar, pariziylar va b. xalqlar kabi xudolar kabi tasawur qilganlarini uchratamiz. Qadimgi turkiy tilning qadimgi turkiy qabilalar falsafiy qarashlari bilan tutashligi mahsuli sifatida tilga bir qator mifologik nomlar kirib keldi, qadimgi turkiy tilda samoviy jismlarga mifologik mazmun yuklatildi. Inson o‘zini atrof-muhit, tabiat bilan bir deb bilganini, o‘zi bilan tabiat o‘rtasiga chegara qo‘ya bilmaganini qadimgi turkiy yodgorliklardagi tangrichilik ta’limoti asosida bilamiz.
XI asr boshlaridan boshlab ijtimoiy-siyosiy hayotda o‘zgarishlar boshlanadi. Bu esa madaniy hayotga ham o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazdi. Qoraxoniylar sulolasining madaniy hayotda o‘ynagan roli tilga ham ta’sirini o‘tkazdi. Turkiy til ilgarigi an’anasini tikladi. Shu bois qadimgi turkiy til an’anasi bu davrdagi tilda davom etdi. Bu XIII asrning oxirlariga qadar davom etdi. Muhimi shundaki, bu davrning ilk bosqichlarida, xususan, qoraxoniylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar tili qadimgi turkiylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar tiliga juda yaqin, ularda qadimgi yozma til an’analarining davomini ko‘rish mumkin. Birgina misol: Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asarida keltirilgan turkiy og‘zaki ijod namunalari ham til, ham badiiy jihatdan ancha burungi davrlarga borib taqaladi. Bu haqda o‘z davrida Abdurauf Fitrat ham aytib o‘tgan edi. Shuning singari omillarni inobatga olib, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk”, Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” asarlari eng qadimgi yozma manbalar qatorida o‘rganiluvi maqsadga muvofiq, deb bildik.
Xullas, qadimgi turkiy til Markaziy Osiyo, Yevroosiyo, Yevropa hududlarida qadimdan amalda bo‘lib keldi. Shuni ta’kidlash kerakki, qadimgi turkiy til faqat turkiy yozma yodgorliklar yaratilgan davrdan
milodiy V asrdan amalda bo‘lib qolmagan. Yozma adabiy til paydo bo‘lgunga qadar qadimgi turkiy til og‘zaki shaklda mavjud edi. Og‘zaki til — qadimgi turkiy dialektlaming yig'indisini o‘zida mujassamlantiradi.
Boshqacha aytganda, dialektlar og‘zaki tilning ko‘rinishlaridir. Shuning uchun “og‘zaki til” termini shartli ma’no ifodalaydi.
Fan dasturiga ko‘ra “0‘zbek tili tarixi” darslari nazariy va amaliy soatlarga taqsimlangan. Qo‘llanmani yozishda bunga katta e’tibor qaratildi.
Mazkur darslikning quyidagi qismlari Nasimxon Rahmonov tomonidan yozildi: “Kirish”, birinchi bo‘lim, ikkinchi bo‘limning “Qadimgi turkiy-run yozuvlari” qismi, to‘rtinchi bo‘lim, oltinchi bo‘lim; quyidagi qismlar Qosimjon Sodiqov tomonidan yozildi: ikkinchi bo'limning “Uyg‘ur yozuvi” qismi, uchinchi bo‘lim, beshinchi bo‘lim. “Ilova”da berilgan matnlardan namunalar har ikkala muallif tomonidan tuzildi.
Mazkur darslik ilk bor yaratilyapti, shuning uchun ayrim kamchiliklar bo‘lishi tabiiy. Mualliflar darslik yuzasidan bildirilgan tanqidiy mulohazalarni, takliflarni mamnuniyat bilan qabul qiladilar.

BIRINCHI BO‘LIM QADIMGI TURKIY TILNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin