Nasimxon rahmonov, qosimjon sodiqoy



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə3/31
tarix03.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#82725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
O\'zbek tili tarixi. 2009. N.Raxmonov, Q.Sodiqov

Siu -ki xo tilida “qo‘shin, lashkar” ma’nosini, ti-li-kang “chiqmoq” ma’nosini bildiradi; puh-koh Liu Yaoning unvonidir; ku-tu-tang “qo‘lga tushiradi, tutib oladi, ushlab oladi” demakdir. Xullas, bu jumlaning mazmuni quyidagicha: “lashkar jang qilmoq uchun yo‘lga chiqadi, Liu Yaoni qoiga tushiradi”.
Mazkur jumla tarkibidagi so‘zlami K. Shiratori, Ramstedt, L.. Bazen,
Gaben turkiycha ekanini quyidagicha tahlil qiladi:

Shiratori

Ramstedt

Bazen

ko‘hna turkr

ma’nosi

ko‘hna turkiy

ma’nosi

ko‘hna turk

ma’nosi

Siu-ki

jang

Siu-ki=suka

jang
qiladigan
lashkar

Sio-g

qo‘shin

ti-li-kang

chiqarmoq
chi
chiqmoq

ti-li-kang=
taliqing//
taliqang2

chiqing

taqti

hujum

“Chin-shu” yilnomasida bu jumla quyidagi voqea munosabati bilan keltirilgan: ko‘hna turkiylarning Xo qabilasidan boigan Shi lo boshqa ko‘hna turk yo‘lboshchisi Liu Yaoning raqibi edi. Liu Yao mil. ol. 329-yili lashkari bilan poytaxt Lo Yangni qurshab oldi. Shi Lo Liu Yao bilan jang qilmoqchi bo‘ldi, ammo qoi ostidagi qo‘mondonlarining birontasi buni ma’qullamadi. Shi Lo rohib va folbin Fo Tu Tengga maslahat soldi. Fo Tu Teng doira shaklidagi bir qo‘ng‘iroqni chalib, undan chiqqan ovozga ko‘ra, xo tilida yuqoridagi jumlani bashorat qildi.
Ramstedt tatiqang so‘zidagi / qadimgi turkiy tilda sh ga aylanib, tashiqing (chiqing) shakliga kelgan, deb izohlaydi.



puh-koh

taxt, hukxn- dor taxti

puh-koh=
bügü'23

dono

Id-

yubormoq

ku-tu-tang

tutmoq,
olmoq,
ushlab
olmoq

kü-

ta’kid
yukla-
masi

qang

buyruq
mayli
qo‘shim-
chasi







tu-tang

tutmoq

bokuking

lashkarbo-
shini













tuk tang24

tuting

Mazkur ko'hna turkiy tildagi jumla yuzasidan A. fon Gaben ham o‘tgan asrning 50-yillarida o‘z fikriarini bayon qilgan. U dastlabki ikki belgini, boshqa turkologlardan farqli ravishda särig //çärig (qo‘shin) deb o‘qigan. Qolgan so‘zlarning o‘qilishida ham A. Gabenning o‘qish tamoyillarida farq bor.
Xullas, ilk turkiy til oltoy bobo tilidan uzluksiz ravishda davom etib kelganini yuqoridagi xitoy manbalaridan keltirilgan so‘zlar ham tasdiqlab turibdi. Ilk turkiy tilning tarqalish hududlari ham nihoyatda kengdir — Markaziy Osiyoning sharqiy qismi, Janubiy Sibir 0‘rta Osiyo va bugungi turkiy qavmlar istiqomat qiladigan hududlarda mazkur til amalda bo‘lgan.
Shu o‘nnda ilk turkiy til bilan aloqdor deb hisoblanayotgan etrusk tili haqida. Etrusk tilini qadimiy va zamonaviy tillarga solishtirib, bu tilning ildizlarini ochishga urinishlar ko‘p boigan. Etrusk tili qaysi til gumhiga kirishi haqidagi masala nihoyasiga yetmagan. Buning sababi shuki, etrusk yozuvi deshifrovkasi ustida ish olib boigan mutaxassislar ko‘p qiyinchiliklaiga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar asosan, quyidagilarda ko‘rinadi:
Ko‘pincha so‘z qayerda boshlanib qayerda tugashini yozuv matnidan bilib bolmaydi. Bir necha harflar guruhini ko‘rib turamiz, ammo bu harflar bir so‘zmi yoki ikkita qisqa bo‘g‘in!i so‘zdan iboratmi yoki jumlami — bila olish qiyin. Bu jihatdan etrusk yozuvi ham turkiy- run yozuvlari xususiyatlariga o'xshaydi. Ammo turkiy-run yozuvidan farq qiladigan tomoni shuki, alifbo boshqa xalq yozuvidan o‘zlashtirilgan va etrusk tili fonetikasi talablariga javob bermaydi. Etrusklar ba’zi tovushlarni ifodalash uchun goh bir harfni, goh boshqa harfni ishlataverganlar. Kotiblar yozuvni bir tizim holiga keltirishni o‘yiamaganlar. Masalan, p tovushini ifodalash uchun ishlatilgan harf ayni paytda b, bh ni, c tovushini ifodalash uchun ishlatilgan harf k, g, q, tz, tch tovushlarini ham ifodalagan.
Etrusklar tarixiga oid ma’lumotlar, asosan, miloddan oldingi birinchi asrlarga mansubdir. Ular semit yozuvidan konsonant yozuv tizimini o‘zlashtirganlar. Masalan, finikiy tilida malkat (malika) mlkt shaklida yozilgan. Ammo bu so‘z malkat ekanini anglash kerak bo‘lgan. Etrusk yozuvning bu xususiyatlari ham turkiy-run yozuviga o‘xshaydi.
Etruskologiyani Yevropada fan sifatida o‘rganish boshlanganda, asosiy masala — etrusklar va ularning tili qanday kelib chiqqan, degan masala edi. Milodiy 1 asrda yashagan imperator Klavdiy bu masalaga oid 20 jildlik kitob yozgan. Uning kitoblari Aleksandr kutubxonasidan joy olgan, ammo hammasi yonib tamom boigan. 0‘sha davrdan etruskologiya sohasida tarixchi Dionisiyning etrusklar va etrusk tili haqida aytgan gaplaridan boshqa biron sahifa material saqlanib qolmagan. Uning kuzatishicha, etrusklarning tili, udumlari va odatlari biron xalqda lakrorlanmas ekan.
XV asrdan boshlab etruskologiya fan sifatida shakllandi. Asosiy e’tibor etrusk tilining paydo bo‘lishiga qaratildi. Etrusk tilining kelib chiqishini semit, kelt, slavyan, ugor-fm, arman, alban, shumer tillariga bogiadilar. Ammo hamma izlanishlar hanuzgacha muvaffaqiyatli bo‘lib chiqmadi. Hozirgi paytda etrusk tili miloddan oldingi ikkinchi ming yillikda Italiyada istiqomat qilgan xalqning tili bo‘lgan edi, degan qarashlar hukmrondir. Etrusk tili morfologiyasini o‘rgangan olimlar bu tildagi fe’l zamonlari, mayllari alban tiliga yaqinligini aytmoqdalar. Ammo mashhur etruskologlarning aytishlaricha, etrusk yozuvlarining deshifrovkasi ham, leksik tarkibi va morfologik tuzilishi, sintaktik qurilishini o‘rganish masalasi hal bo‘lmagan. Shu bois ilk turkiy til bilan etrusk tilini, etrusk yozuvlari bilan turkiy-run yozuvlarini qiyosiy aspektda o‘rganish ularning qarindoshligi masalasini yo rad qilishi yoki tasdiqlashi mumkin.
Qadimgi turkiy adabiy til xususiyatlari
Qadimgi turkiy tilning adabiy til sifatida shakllanganini qadimgi turkiy yozma yodgorliklaming leksik qatlami ko‘rsatib turadi. Qadimgi turkiy yodgorliklarni ilk bor tadqiq etgan V. V. Radlov yozuv xususiyatlariga, fonetik va morfologik xususiyatlarga asoslangan holda, bu davrda uchta dialekt qadimgi turkiy adabiy tilni shakllantirganini aytgan edi. Bu dialektlar quyidagilardir: 1) qadimgi shimoliy dialekt (turk—sir dialekti, bu “oq turklar yoki g‘arbiy turklar” degan ma’noni bildirib, hozirgi 0‘rta Osiyoda istiqomat qilgan turkiy qavmlarni bildiradi); 2) qadimgi janubiy dialekt (uyg‘ur tili); 3) aralash dialekt (buni “aralash til” deb ham aytish mumkin).
Qadimgi shimoliy dialekt (ya’ni turk.—sir dialekti) Kul tigin, Bilga xoqon, To‘nyuquq yodgorliklarida, Ungin, Xoyto Tamir va ko‘plab Yenisey yodgorliklarida, Qorabalsag‘un yodgorligida, shuningdek, Sharqiy Turkiston yodgorliklarida, Turfondan topilgan qog‘oz parchalaridagi matnlarda kuzatiladi. Har bir dialektning fonetik, morfologik xususiyatlari mavjud va shu xususiyatlari orqali dialektal farqlar aniqlanadi. Masalan, shimoliy dialektning asosiy fonetik xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) anlautda: jarangsiz undoshlar k, q, t, s, sh, ç; ; jarangli lab undoshi b; sonor n,m; til o‘rta cirg‘aluvchi /; 2) inlautda: anlautda uchraydigan hamma undoshlar — g, d, z jaranglidir va h. Xullas, fonetik xususiyatlardagi o‘zgarishlar qaysi dialektga mansublikni ko‘rsatib turadi. Shimoliy dialektning xususiyatlaridan yana biri kishilik olmoshlarida m ning b ga o‘zgarishidir: man — ban, ming — bing.
“Oltin yorug‘”, turkiy tillarni davrlashtirish nazariyasiga ko‘ra, qadimgi turk davri(V—VIIIasrlar)ga mansub. Shuningdek, yozma yodgorliklar tili, xususan, turk-uyg‘ur yozuvidagi yozma yodgorliklarning tili nuqtai nazaridan ham “Oltin yorug‘” qadimgi turkiy yozma adabiy til shakllangan davrga aloqador. “Oltin yorug‘”dan tashqari, turk-uyg‘ur yozuvidagi moniylik oqimiga oid qator yozma yodgorliklar, huquqqa oid hujjatlar, buddaviylikka mansub “Maytri smit” va boshqa janrlardagi yozma yodgorliklarning til xususiyatlari ham qadimgi turk davridagi yozma adabiy til xususiyatlarini o‘zida gavdalantiradi. Bu davrdagi adabiy til, xususan, turk-uyg‘ur yozuvini yaratgan qavtnlar tili Qoraxoniylar davridagi (XI—XII asrlar) adabiy tilning shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Albatta, turkiy qavmlar o‘rnashgan hududlardagi qadimgi turkiy adabiy tilni bu davr uchun yagona til deb xulosa chiqarish bir yoqlamalikka olib kelishi, ya’ni VII—X asrlarda turkiy qavmlar yashagan hududda amal qilgan adabiy til o‘zgarmagan degan xulosaga olib kelishi mumkin edi. . Mashhur turkolog Amir Najip “bir necha adabiy tillar” to‘g‘risidagi qarashlarini ilgari surganda', haqli edi. Bir necha adabiy lillarning shakllanishiga asosiy sabablardan biri — turkiy qavmlarning Markaziy Osiyodan tortib g‘arbga tomon turli hududlarga qadimdan yoyilib ketganidir. Agar Oltoy davridagi turkiy tillarni adabiy tilning ibtidosi deb qaraydigan bo‘lsak, “bir necha turli adabiy tillar” turkiy qavmlar hayotida faqat o‘rta asrlarda emas, balki azaldan muhim rol o‘ynaganini ko‘rish mumkin. Bu tillarning eng qadimgi davrlardan amal qilganini fonetik qonuniyatlar va hodisalar ham ko'rsatadi. Jumladan, rotatsizm (rz) va lambdaizm (/ — sh) hodisasiga turkologlar alohida e’tibor qaratib, Oltoy davrining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida e’tirof etadilar. Ammo bu qarashlarning aksi ham bor. Masalan, XX asr boshlarida venger olimi Z. Gombots z ni Oltoy davrida birlamchi, r ni esa keyingi hodisa, deb, sh — birlamchi, / esa ikkilamchi hodisa deb qaragan edi25.
Biz bu o‘rinda Oltoy nazariyasi to‘g‘risidagi qarashlarni tahlil qilmoqchi emasmiz, balki qadimgi turkiy adabiy tillarning shakllanishi to‘g‘risida to‘xtalib, Oltoy davridan boshlab bir necha turkiy tillar amalda bo‘lganini ko‘rsatmoqchimiz, xolos. Albatta, qadimgi turkiy tillarga tarixiy nuqtai nazardan yondoshilsa, birinchi navbatda, ularning amal qilish doirasiga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.
Qadimgi turkiy adabiy til Markaziy Osiyoning turli hududlarida amal qilish jarayonida mahalliy dialektlarning ta’siri ostida o‘zgarishga uchragani tabiiy hoi. Shuning uchun ham ayrim turkologlar (masalan, Amir Najib) turli hududlardagi turkiy tillarga nisbatan “adabiy dialekt” terminini qo‘llaganlar. U yoki bu guruhdagi yozma yodgorliklarga nisbatan “adabiy dialekt” “adabiy til” tushunchasi o‘rnini bosadi26. Bu qarash faqat o‘rta asrlardagi yozma yodgorliklarga nisbatan emas, balki qadimgi turk davridagi yodgorliklarga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin. Masalan, urxun yodgorliklari tili bilan yenisey yodgorliklari tili o‘rtasidagi (xususan, tovush tuzilishidagi), Urxun-Yenisey yodgorliklari bilan turk- uyg‘ur yozma yodgorliklari tili o‘rtasidagi (tovush, morfologik tuzilishi, leksika) farqlar shunday fikrga undaydi. Bu farqlar tahlilida yozuv turlari va xususiyatlarini nazarda tutish lozim. Shubhasiz, bu dalillar bitta til emas, balki qadimgi turkiy tillar bo‘lgani va Markaziy Osiyoning katta hududidan g‘arbgacha yoyilganini dalillashga xizmat qiladi.
“Oltin yorug‘” tilida VII—VIII asrdagi qadimgi turkiy til xususiyatlari ham saqlangan. Bu xususiyat, awalo, har ikkala guruhdagi yozma yodgorliklar tilining d guruh tillariga mansubligida ko‘rinadi. Masalan: cidgü (ezgu, yaxshi), ädgütï (yaxshilab), qodup (qo‘yib), qodi (quyi), adaq (oyoq), qod- (qo‘y-), yadilmamish (yoyilmagan) va h. Yoki Oltoy davridagi r dan zga o‘tgan holat ham “Oltin yorug‘”da uchraydi: köziintï (ko‘rindi), köziiniir azun (hozirgi olam), köziiniir öd (hozirgi zamon). Xullas, “Oltin yorug‘”ning qadimgi turkiy tillarga xos umumiy tovush xususiyatlariga va tovush o‘zgarish qonuniyatlariga to'xtalmay27, uning tili d guruh tillariga mansub ekanligini qayd etish bilan cheklanamiz. Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug‘atit-turk”ida turkiy qabilalar tilidagi tovush o‘zgarishlariga bog‘liq holda guruhlanish berilgan28 bo‘lib, “bir necha turkiy adabiy til” tushunchasini asoslashda uning tasnifi ham muhim dalil boiishi mumkin. Buning ustiga, V—VIII asrlardagi leksik qatlam, grammatik shakllar va unlilar tizimi ham “Oltin yorug‘”da davom etgan.
Barcha davrdagi adabiy til singari, IX—X asrlardagi turkiy til adabiy til mezonlari asosida shakllangan, buni yuqoridagi til xususiyatlari ham ko‘rsatadi. Adabiy til — tarixiy kategoriya, bu davrdagi adabiy til o‘zgarishsiz hamma davrda bitta vazifani bajara olmaydi, chunki “jamiyatning taraqqiyot darajasi, xalqning umumiy madaniy saviyasi, shuningdek, adabiy tilning shakllanish darajasi”29 birday bo‘lmagan. Adabiy tilning mazkur mezonlari bevosita qadimgi turkiy tillarga ham taalluqlidir. IX asrga kelganda ijtimoiy-madaniy hayot, qadimgi turkiy jamiyatdagi dunyoqarash VII—VIII asrdagiga nisbatan keskin o‘zgardi. Buning natijasida adabiy tilda ham keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Bir so‘z bilan aytganda, “Oltun yorug‘” IX—X asrdagi turkiy adabiy tilning muhim xususiyati — polivalentlik, ya’ni shu davrdagi xalqning hamma ehtiyojlarini qondirishi bilan adabiy til vazifasini bajaradi. Bu davrdagi til orfoepik, orfografik, grammatik va lug‘aviy jihatdan ma’lum o‘lchovga ega.
Adabiy tilning amal qilish doirasi davrlar o‘tishi bilan o‘zgarmay qolmaydi. Faqat ijtimoiy-siyosiy, madaniy muhit sabab boiib qolmay, etnik jarayonlar ham adabiy tilning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Jumladan, IX—X asrdagi qadimgi turkiy adabiy til VII—VIII asrdagi turkiy tilning fonetik va morfologik mezonlari asosida shakllandi, ya’ni adabiy til taraqqiyotida Uzluksizlik davom etdi. Tilning sintaktik qurilishi, turkiy tillarning lug‘at tarkibidagi keskin o‘zgarishlar “Oltin yorug‘”ning IX— X asrdagi adabiy til namunasi sifatidagi vazifasini belgilab berdi. Bu vazifa — turkiy qavmlar orasida ma’lum aqida va g‘oyalarni targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi. Ammo “Oltin yorug‘”ning sintaktik qurilishidagi o‘ziga xoslik — bir gap doirasida bir necha oborotlarning qo‘llangani va qabilalar tillaridan bu davrdagi adabiy tilga ko‘plab so‘zlar kirib kelgani ikki davr tillari o‘rtasida keskin farqlar borligini ko‘rsatadi.
“Oltin yorug30” IX-X asrdagi qadimgi turkiy tilning alohida, o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, Sharqiy Turkiston va uning atroflaridagi qavmlar uchun yozma adabiy til sifatida amal qila boshladi. Bu o‘rinda Amir Najip turkiy adabiy tillarning mustaqilligi g‘oyasi to‘g‘risidagi fikrni o‘rtaga tashlaganda, u haq ekani ayon bo‘ladi.
Yuqorida “Oltin yorug'” leksikasi bu hududdagi adabiy tilning asosiy belgilaridan biri ekanini aytdik. Leksik qatlamdagi o‘zgarishlar shuni dalillaydiki, “Oltin yorug‘” leksikasi o‘g‘uz, chigil, qipchoq lahjalari asosida shakllangan, bu qavmlar “Oltin yorug1” yaratilgan davrda Markaziy Osiyo hayotida katta rol o‘ynagan edi. “Oltin yorug‘”da chigil1 lahjasiga oid so‘zlar o‘g‘uz lahjasiga xos leksik qatlamdan miqdor bo‘yicha keyin turadi: adin (boshqa), azun (dunyo), yarliq (yorliq, amr), ong (o‘ng taraf), qum (qum), tägïn— (etish-), ud (sigir), ulush (qishloq) va hohazo. Shuningdek, qipchoq lahjasiga oid qatlam ham sezilarli darajada mavjud. Lahjaga oid leksik qatlamning mavjudligi og‘zaki koynening ta’siri bilan belgilanadi. Koyne “qanday gapirish lozimligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq beradigan mukammal mezon. U qonunlar to‘plami yoki diniy aqidalar majmui singari mezon turi bo‘lib, o‘zicha o‘zgarmaydi... Agar koyneda o‘zgarish yuz beradigan bo‘lsa, tashqaridan mezonga aloqasi bo‘lmagan qandaydir kuch unga ta’sir etishi mumkin. Mezonda bu singari o‘zgarishni keltirib chiqaradigan sabablar madaniyatning hamma sohalarida bir-biriga o‘xshashdir... Qonunlar to‘plami ham qanchalik mukammal ishlangan bo‘lmasin, u har doim amalda qoilangan paytda faoliyatda ma’lum erkinlikka yoi qo'yadi”31.
Qadimgi turkiy va mo‘g‘ul tillari munosabati
Qadimgi turkiy til to‘g‘risida so‘z ketganda, albatta qadimgi mo‘g‘ul tili to‘g‘risida ham so‘z yuritiladi. Rus va Yevropa turkologiyasida “turk- mo‘g‘ul” termini bir tushuncha sifatida ishlatiladi. Qadimgi turkiy tilning ibtidosi oltoy tillaridan, mo‘g‘ul tili esa o‘z manbaini qadimgi turkiy tildan boshlaydi.
Oltoy tili turk-mo‘g‘ul va tungus-manchjur tillariga ajralgandan keyin, mo‘g‘ul tili qadimgi turkiy tilning bir tarmog‘i sifatida shakllandi. Shuni ta’kidlash kerakki, mo‘g‘ul tili mustaqil til sifatida oltoy davrida boshqa oltoy tillaridan ajralib chiqmagan edi. Bu jarayonni deyarli barcha turkologlar e’tirof etadilar. Aslida mo‘g‘ul tilining shakllanishini qitaniylardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Qitaniylar urxun yodnomalarida o‘g‘uz qavmlarining dushmani sifatida bir necha marta eslanadi. Qitaniylar musulmon manbalarida qora xitoylar deb ham yuritiladi.
Rashididdin Fazlulluoh Hamadoniy turkiy xalqlar qadimda dunyoning ko‘p qismini egallagani to‘g‘risida yozganda, mo‘g‘ullar turkiylardan ajralib chiqqanini ko‘rsatadi. Ammo mo‘g‘ullarning turkiylardan qachon ajralib chiqqanini aniq ko‘rsatmasa ham, ularning tili va shevalarini shunday ifoda etadi: “Zamonlar o‘tgan sari bu xalqlar (turklar va ulardan ajralgan mo‘g‘ullar — N. R.) ko‘p urug‘larga boiinib ketdi, hamma davrda har bir urug‘dan (yangi) urugiar kelib chiqdi, har biri ma’lum sabablarga ko‘ra o‘z ismi va laqabiga ega bo‘ldi... [Turklarning] tashqi qiyofasi, tili va shevalari (ta’kid bizniki —N. R. ) bir-biriga yaqin bo'Isa ham, shunga muvofiq fe’l-atvoridagi farqlar, [ular egallagan] har bir viloyat iqlimining tabiiy xususiyatlari, har bir turkiy xalqning tashqi qiyofasi va tilida ma’lum darajada asosiy farqlar kuzatiladi. Shunga qaramay, oxirgi vaqtlargacha hech kim [turkiy xalqlarning] ko‘plab shoxobchalari ro‘yxatini yozma shaklda bir tizim holiga keltirmadi”32.
Til va shevalardagi Rashididdin ko‘rsatgan yaqinlik shu jihatdan ahamiyatliki, ular mo‘g‘ul qavmlari tilining turkiy qavmlar tiliga yaqinligini ta’kidlamoqda. Mana shu dalilning o‘ziyoq mo‘g‘ul tili qadimgi turkiy tilning bir dialekti bo‘lganini tasdiqlaydi.
Turk-mo‘g‘ul tili miloddan oldingi V asrda Markaziy Osiyo qavmlari uchun yagona til edi. Ma’lum bir turkiy til bu davrdan boshlab turkiy qavmlar o‘rtasida asosiy aloqa vositasi bolganligi to‘g‘risida ham fikrlar bor. Jumladan, V. V. Bartold chuvash tili yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarga tayangan holda, “bu davrda (ya’ni mil. ol. V asrda — N. R.) turkiy guruhga mansub tillarning muhim belgilari hali shakllanmagan cdi”, deb aytadi. Bu fikri bilan V. Bartold turk-mo‘g‘ul tillarining umumiyligiga ishora qiladi. Shu xulosalariga tayanib, u chuvash tili Markaziy Osiyo sharqidagi ko‘hna turkiylar tili bilan genetik tomondan bogiiq, deb ta’kidlaydi va bu qarashlarini venger tilidagi qadimgi turkiy til elementlari bilan chuvash tilidagi o‘xshashliklarni qiyoslagan holda ilgari suradi33. Ko‘plab venger va nemis turkolog olimlari — K. Shiratori,
Munkasi, A. fon Gaben, Yu. Nemet, L. Bazen kabilarning ishlarida chuvash va venger tillaridagi qadimgi turkiy til elementlari tadqiq etilgan34. Qolaversa, hozirgi har bir turkiy tilda shubhasiz, qadimgi turkiy til elementlari (leksikada, grammatik shakllarda, sintaktik qurilishda) bor. Masalan, hozirgi turk tilida sifatdosh (-mish, -duk,-dük) shakllarining qo‘llanishi bunga bir misoldir. Ammo turkologlar venger va chuvash tillarini qadimgi turkiy tilga qiyoslaganlarining sababi — chuvash tilining boshqa turkiy tillarga qaraganda qadimiy, Markaziy Osiyoning sharqida keng hududda asosiy aloqa vositasi boiganini dalillash edi.
Chuvash tilining, shu bilan birga yoqut tilining ham, geografik joylashuvi bu tillarni boshqa tillardan ajralgan, asl holatini saqlagan holda rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Yoqutlar uzoq shimolga ketib, turkiy qavmlar hayotidan uzilgan. Chuvash tili esa Itil (Volga) bo‘ylarida saqlanib qoldi. Volga bo‘ylariga 0‘rta Osiyodan turkiy qavmlar ko‘chib o‘tdi. Shuning uchun chuvash tili o‘rta asrlarda hozirgiga nisbatan keng tarqalgan edi, deb aytish mumkin.
Chuvash tilining ilk o‘rta asrlarda o‘ziga xos til bo‘lganini hamda keng hududga tarqalganini arab geograf va sayyohlari ham tasdiqlaydi. Ular Janubiy Rus yerlaridagi bajnoqlardan tortib Xitoy chegarasigacha bo‘lgan hududlardagi turkiy qavmlar tillari o‘rtasidagi o‘xshashlikni aytadilar. Shu bilan birga, bulg‘orlar (ya’ni chuvashlar — N. R. ) va xazarlar boshqa turkiy qavmlarga notanish bo‘lgan alohida tilda gaplashganlar, deb aytadilar. Xazarlarning geografik joylashuvini aytar ekanlar, Itil daryosining o‘rta oqimida yashaganlar, deb ko‘rsatadilar. Darvoqe, chuvashlar va xazarlar tilida Itil degan so‘z “daryo” ma’nosini bildiradi. Ana shu Itil nomidan kelib chiqib, turkologlar, chuvash tilida xazarlar ham gaplashganlar, deb hisoblaydilar. Bugungi chuvash tili chuvashlar va xazarlardan qolgan tildir. Ayni paytda qadimgi turkiy tilning ko‘hna turkiy til davridagi shaklini tasawur qilishga, qadimgi turkiy tilning ko‘hna turk davridan boshlab Markaziy Osiyoda o‘ynagan rolini va imkoniyatlarini ko‘rsatadigan til chuvash tilidir.
Demak, chuvashlar sharqiy ko‘hna turkiylarning avlodi ekanini e’tiborga olsak, mo‘g‘ullar hali bu davrda mustaqil qavm sifatida shakllanmagani ma’lum bo‘ladi. Shuningdek, mo‘g‘ul tili ham ilk o‘rta asrlarda qadimgi turkiy tildan ajralib chiqmagan edi. Xususan, turk xoqonligining poytaxti Mo‘g‘uliston hududida bo‘lgani, barcha mo‘g‘ul qabilalari ham turk xoqonligi hududida yashagani uchun mo‘g‘ul tili qadimgi turkiy til tarkibidan turk xoqonligi davrida ajralib chiqa boshlagan deb aytish mumkin.
Yana qadimda Mo‘g‘uliston hududida yashagan ba’zi qabilalar borki, ularning tili to‘g‘risida ham, kelib chiqishi to‘g‘risida ham turli fikrlar bor. Gap syanbiylar to‘g‘risida ketmoqda. Syanbiylar tarix sahnasida milodning 1 asrida paydo bo‘lgan. Syanbiylarning tili ham, kelib chiqishi ham qadimgi turkiylardan, degan fikrlarga ko‘pchilik turkologlar shubha bilan qarab kelganlar. Mashhur turkolog P. Peloning xabar berishicha, xitoycha adabiyotlar orasida syanbiycha-xitoycha lug‘atlar saqlanar ekan. P. Pelo bu lug‘atni o‘rganish jarayonida syanbiy tili turkiy tillar oilasiga kiradi, degan xulosaga keldi. Shu bilan birga, P. Pelo xitoycha adabiyotlarga asoslanib, urxun yodnomalarida eslangan qitaniy tili lug‘ati borligini ham eslaydi. Bu lug‘atlar shuni dalillaydiki, ilgari tungus xalqiga mansub deb qaralgan syanbiylaming, shuningdek, qitaniylarning tili ham hali milodning boshlarida mo‘g‘ul tili sifatida ajralib chiqmagan edi. Mo‘g‘ul tili leksik qatlami hali bu davrda yo‘q edi. Mazkur lug‘atlar mo‘g‘ullar turkiy qavmlardan ajralib chiqmasdan oldin yaratilgani uchun syanbiycha-xitoycha va qitaniycha-xitoycha lug‘atga asoslangan holda har ikki qavm mo‘g‘ul tilida so‘z!ashgan degan fikr kelib chiqmaydi, balki qadimgi turkiy tilda so‘zlashgani ayon bo‘ladi.
Ma’lum bir tilning, jumladan, mo‘g‘ul tilining ko‘hna turk davrida alohida til sifatida ajralib chiqqani to‘g‘risidagi qarashlarga shunday munosabat bildirish mumkin: ko'hna turk davriga yoki qadimgi turk davriga oid mo‘g‘ul tilidagi yozuv yodgorliklari topilsagina, bu tilning turk-mo‘g‘ul tillari guruhidan alohida til sifatida ajralib chiqqani to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Ammo mo‘g‘ullar qadimgi turkiy-run yozuvidan foydalanganlar. Turkiy qavmlardan ajralib chiqqanlaridan keyin ularning yozuvi bo‘lmagan. Faqat Chingizxon 0‘rta Osiyoni ishg‘ol qilgandan keyin mo‘g‘ul yozuvi eski turk-uyg‘ur yozuvi asosida shakllandi. Ayni paytda mo‘g‘ul tilining o‘ziga xos leksik qatlami ma’lum emas. Jonli tillardagi leksik qatlam esa turk-mo‘g‘ul tillarining barchasiga tegishlidir. P. Pelo aytgan lug‘atlarning sanasi noma’lum, chamasi, turk xoqonligi davridan keyin mo‘g‘ul tili mustaqil til sifatida ajralib chiqqan davrga aloqador. Agar tarixga nazar tashlasak, Markaziy Osiyo va Janubiy Sibirdan o‘g‘uzlar 0‘rta Osiyoga ketgandan keyin mo‘g‘ul tilining ta’siri kuchaygan. Mo‘g‘ul tili grammatikasi qadimgi turkiy tilnikidan keskin farq qilmaydi. Qadimgi turkiy tildagi fe’l zamonlari ko‘rsatkichlarini mo‘g‘ul tilidagi fe’lning zamon ko‘rsatkichlari bilan solishtirishning o‘ziyoq shundan dalolat beradi:
qadimgi turkiy tilda: -ïr, -ar, -r — mo‘g‘ul tilida: -r qadimgi turkiy tilda: -ïb, -ïban — mo‘g‘ul tilida: -ba.
Qadimgi turkiy til bilan mo‘g‘ul tilining leksik paralleligi ham shundan dalolat beradiki, mo‘g‘ul tilining VII-VIII asrdagi taraqqiyoti qadimgi turkiy til bilan bir bosqichda bo‘lgan edi. Masalan, qadimgi turkiy tildagi adaq/ajaq (oyoq)va mo‘g‘ul tilidagi adaq (oxir) so‘zlarining ma’no jihatidan yaqinligini qiyoslash kifoya: Törtünç çush bashinta süngüshdümüz, türk bodun adaq qamhatdi (Ktu, 47) — To‘rtinchi marta Chush boshida jang qildik, turk xalqi oyoqdan qoldi. Qadimgi turkiy tildagi yodgorliklarda adaq so‘zining “oxir” ma’nosi keyinroq — XI asrdan keyin paydo bo‘lganini dalillar tasdiqlaydi: adaq so‘zining mo‘g‘ul tilidagi “oxir” ma’nosi “0‘g‘uznoma”dauchraydi: Muzdaj degan taghnung adaqiqa käldi — (U) Muzday degan tog‘ning etagiga keldi.
Hozirgi qozoq tilida ham adaq so‘zining mo‘g‘ul tilidagi “oxir” ma’nosi saqlangan.
Xullas, mo‘g‘ul tilini qadimgi turkiy tildan kelib chiqqan va qadimgi turkiy tilning xususiyatlarini o‘zida saqlagan til sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. Zotan, “qadimgi turkiy til mo‘g‘ul tiliga qaraganda taraqqiyotning ancha oldingi bosqichiga ko‘tarilgan edi”35. V. V. Bartoldning ana shu gapiyoq mo‘g‘ul tilining Turk xoqonligi davrida qadimgi turkiy tildan to‘liq ajralib chiqmaganini ko‘rsatadi. Qadimgi turkiy yodgorliklarda tilga olingan otuz tatar, toquz tatar qabilalari mo‘g‘ul qavmidan (V. Tomson) ekanini e’tiborga olsak, VII—VIII asrlarda mo‘g‘ullarning mavqei turk xoqonligida baland boimagan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, mo‘g‘ul tili Markaziy Osiyoning sharqiy qismida katta hududga tarqala olmagan. Shu bilan birga, mo‘g‘ul tili XIII asrgacha yozuvsiz til boMgani uchun hali bir tizim holiga kelmagan til edi, deb qarash mumkin.
Boiim yuzasidan savol va topshiriqlar
Qadimgi turkiy tilning qaysi manbalari mavjud?
Skif tilining so ‘z yasalish modeli bilan qadimgi turkiy tilning so ‘z yasalish modeliga misollar keltiring.
Qadimgi turkiy tilning asl manbalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot bering.
Qadimgi turkiy adabiy tilning taraqqiyotida rolb o “ynagan omillar to ‘g‘risida qisqacha so ‘zlab bering.
Koyne nima? Qadimgi turkiy tildagi koynega ta’rif berib, misollar keltiring.
Qadimgi turkiy tilni davrlashtirishni izohlab bering.
Oltoy davridagi turkiy tillar uchun umumiy xususiyatlarni tavsiflab bering.
Qadimgi turkiy adabiy til qaysi dialektlar asosida shakllangan?
“Oltin yorug‘”ning qadimgi turkiy adabiy til taraqqiyotidagi o ‘rni to ‘g‘risida so‘zlab bering.
Qadimgi turkiy til bilan mo‘g‘ul tilining umumiy va juz’iy xususiyatlari to ‘g ‘risida qisqa so‘zlab bering.
IKKINCHI BO‘LIM QADIMGI TURKIY YOZUVLAR

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin