Nasimxon rahmonov, qosimjon sodiqoy


Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə9/31
tarix03.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#82725
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
O\'zbek tili tarixi. 2009. N.Raxmonov, Q.Sodiqov

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni. Balasag‘unlik Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” dostonini 1069-1070-yillar Koshg‘arda yozib tugallagan.
Eski turkiy tilda qut — “qut, baxt”, -ad — fe’l yasovchi, -gu — sifatdosh qo‘shimchasi, qutadgu — “qutlantiruvchi, qut beruvchi” degan mazmunda. Bilig — “bilim” degani, biroq muallif uni “kitob, bilimlar kitobi” ma’nosida qo‘llagan. Qutadgu bilig — “Qut beruvchi bilim; qut beruvchi bilimlar kitobi” degan ma’noni anglatadi.
Asar 13 ming misradan ziyodroq bo‘lib, masnaviyda bitilgan. “Qutadg'u bilig”ning uch yirik qo‘lyozmasi ma’lum. Ularning biri uyg‘ur, ikkisi arab yozuvida. Uyg‘ur yozuvlisi fanda hirot (yoki vena) nusxasi, arab yozuvli qo‘lyozmalardan biri namangan (yoki farg‘ona), ikkinchisi qohira nusxasi deb yuritiladi.
Asarning uyg‘ur yozuvli qo'lyozmasi hijriy 843, qo‘y yili, muharram oyining to‘rtinchi kuni (=1439-yilning 16 iyunida) Hirotda ko‘chirib tugallangan. Bu xususda kitobning oxirida shunday yozilgan: Tügändi Qutadgu (bilig) kitabï tarix sekiz qïrq Lie yïlda qoy yïl muharram aynïr) törti Haruda. Yoki boshqa bir yerda: Tarix sekiz yüz qïrq üctä qoy yïl axirï muharram aynïij tört yarjïsï Haru sahrïnda bitildi.
Ushbu qo‘lyozmani Hasan Qora Sayil Shams baxshi ko‘chirgan. Qo‘lyozma kitob hozir Vena Milliy kutubxonasida (A.F.13) saqlanmoqda.
Arab yozuvli qo‘lyozmalardan biri Namangandan topilgan. Hozir Toshkentda 0‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda (1809 raqamli qo‘lyozma). “Qutadg‘u bilig”ning ushbu qo‘lyozmasi boshqa nusxalarga qaraganda to‘liq. Lekin asarning ayrim bo‘limlari yo‘q. Xususan, kitobning xotimasi tushib qolgan. Shuning uchun uning ko'chirilgan davri va kotibi ma’lum emas. Lekin xat uslubiga qarab, qo‘lyozma, taxminan, XIII asrda ko‘chirilgan deyish mumkin.
Arab yozuvli boshqa bir qo'lyozmasi Qohiradan topilgan. Hozir ham o‘sha yerda saqlanmoqda. Qo‘lyozma 392 betdan iborat bo‘lib, ora-chora uning varaqlari, hatto ayrim boblari ham tushib qolgan. Bunirig ham oxiri yo‘q. Xat turidan, chamasi, XIV asrda ko'chirilgan ko‘rinadi.
Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” dostoni. Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” dostoni o‘tmishda uch xil atalgan. Asarning kunimizga qadar yetib kelgan A nusxasida uning oti «‘Atabatu-l-haqayiq” (“Haqiqatlar eshigi, ostonasi”), B va C nusxalarida “Hibatu-l-haqayiq” (“Haqiqatlar tortig‘i”), D nusxasida esa “Gayibatu-l-haqayiq” (“Yashirin, g‘oyibiy haqiqatlar”) deb atalgan.
Dostonning uchta yirik qo‘lyozmasi ma’lum (A, B, C nusxalar).
Asarning A nusxasini 1444-yili Samarqandda Zaynul Obidin baxshi ko‘chirgan. Asar uyg‘ur yozuvida bo‘lib, oradagi arabcha oyat, hadis, bayt va sarlavhalar arab xatida. Qolyozma hozir Istanbuldagi Ayosofiya kutubxonasida (4012 raqami ostida) saqlanmoqda.
«Hibatu-!-haqoyiq»ning B nusxasi Istanbuldagi Ayosofiya kutubxonasida saqlanayotgan 4757 raqamli majmua tarkibidadir. Ushbu majmuani 1480-yili Istanbulda Shayxzoda Abdulrazzoq baxshi ko‘chirgan. Bu haqda qo‘lyozmaning 159-sahifasidagi ta’rixda shunday qayd etiladi: Tarix sekiz yiiz säksän dörtdä toquz yïlï zulqada ayïnïi] on yetisidä samba küni tamam boldï. Qutlug bolsun, davlat kelsiin, mehnat ketsün tep Shayxzada Abdulrazzaq baxsï Qustantaniyada bitidi.
Ushbu qo‘lyozmada matn uyg‘ur xatida yozilib, qatorma-qator arab yozuvi bilan izohlab chiqilgan.
Asarning C nusxasi Istanbul To‘pqopi saroy kutubxonasida saqlanayotgan bir majmua tarkibidadir. Majmuaning kotibi va ko'chirilgan sanasi ma’lum emas. “Hibatu-l-haqoyiq”ning ushbu nusxasi arab xatida bitilgan.
Ayrim asarlar orasida “Hibatu-l-haqoyiq”dan olingan uzindilar ham yetib kelgan (D, E, F, G nusxalar).
Boiim yuzasidan savol va topshiriqlar
Turkiy-run yozuvi ilk bor topilgan paytda bu yozuvni turli tomondan
o ‘rganishga hissa qo ‘shgan olimlarning xirjnaüarini ayting.
Turkiy-run alifbosining paydo bo'lishi to‘g‘risida qisqacha so‘zlab bering.
Uyg'ur yozuvining nomlanishi tarixini qisqacha aytib bering.
Uyg‘ur yozuvi ning imlo printsiplarini aytib bering.
Uyg'ur yozuvidagi yodgorliklarga qisqacha tavsif bering.
UCHINCHI BO‘LIM QADIMGI TURKIY TILNING FONETIK XUSUSIYATLARI

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin