Ongsizlik soha. Inson psixikasining eng chuqur va ahamiyatli qatlami ongsizlikdir. Bu ongga bosim o‘tkazuvchi emotsiya va xotiralar orqali instinktiv qo‘zg‘alishlarini saqlovchisi. Ushbu anglashilmagan materiallar ko‘pincha insonning kundalik faoliyatini belgilaydi.
Ongoldi soha. Ong sohasi xotiraga kirish mumkin bo‘lgan, o‘zida barcha tajribani mujassamlashtiradi. U ayni damda anglanilmagan, ammo tasodifiy yoki minimal kuch sarflash natijasida onga tez qaytishi mumkinligini ifodalaydi.
Shuningdek, Freyd ta’limotiga ko‘ra shaxs psixikasi darajalarini ifodalovchi uchta tushuncha mavjud:
U (ONO)psixikaning ongsizlik qismi bo‘lib, biologik instiktni xarakterlovchi agressiya va shahvoniy mayllardan iborat. U– shahvoniy mayl -libido bilan to‘yingan. Insonda yashirin energetik tizim bo‘lib, bu quvvat har bir kishida miqdori- doimiy o‘lchamga ega. Ongsiz va irratsional bo‘ladi. U qoniqish, ya’ni so‘ngida baxt, eng asosiysi inson hayotidagi asosiy maqsad tamoyiliga bo‘ysunadi.
“Men (Ego” )ikkinchi tamoyil-gomeostaz bo‘lib, ichki muvozanatni saqlovchi tendensiya sanaladi. “Men (Ego)”-ong–doimiy ravishda “U” bilan nizoda bo‘ladi, shahvoniy mayllar ta’sirida bo‘ladi. U jamiyat ta’siri ostida shakllanadi. Menga U, Kayvoniy Men va insonga o‘z talabalarini qo‘yuvchi jamiyat iborat uchta kuch ta’sir ko‘rsatadi. MEN ular o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashga harakat qiladi, qoniqish emas, balki reallik tamoyiliga bo‘ysunadi.
“Kayvoniy Men” axloqiy standartlarni tashuvchi, shaxsning bu qismi tanqid, senzura, vijdon rolini bajaradi. Agar Men U ga mos harakatni amalga oshirsa yoki unga mos qaror qabul qilsa, Kayvoniy Men unga qarshi chiqadi.Natijada aybdorlik, uyat, vidjon ta’nalari ko‘rinishidagi jazoni boshdan kechiradi.
Shaxs strukturasi . Psixologiyada shaxsning himoya mexazmlar to‘g‘risidagi qarashlarning tub ildizi Z.Freydning shaxs nazariyasi borasidagi izlanishlariga borib taqaladi. Freydning psixodinamik konsepsiyasiga ko‘ra shaxs tuzilmasi va himoya mexanizmlari ma’lum tizimlashtirilgan. Z.Freyd bo‘yicha shaxs tuzilmasi uchta tarkibiy komponentlardan iborat:
“Id”sohasi-bu shaxsning instinktli jihati bo‘lib, unda shaxsning eng kuchli instinktlari o‘rin olgan. Ular shaxs xulq-atvorini to‘g‘ri va chet yo‘llar bilan aniqlash va namoyon bo‘lishini ifodalaydi. “Id” sohasi vazifalarini qoniqish tamoyiliga asosan bajaradi.
Z.Freyd psixoanalitik nazariyasida qayd etishicha, psixik jarayonlar qoniqish tamoyiliga ko‘ra avtomatik tarzda boshqarilar ekan. Hech qondirilmaganlik ichki ruhiy zo‘riqishni keltirib chiqaradi. O‘z navbatida u psixik faollikni vujudga kelishiga olib keladi. Bu faollik zo‘riqishni va qoniqmaganlikni susayishiga yoki qoniqishga olib keladi.
Hayot va o‘lim instinktlari. Freydning psixodinamik nazariyasida ikkita asosiy instiktlarga ajratiladi: hayot instinkti (libido, eros) sifatida seksual instinkt; vayrongarchilik, buzg‘unchilik sifatida e’tirof etiluvchi o‘lim instinktlari (mortido, tanatos). Inson xulq-atvorining bu shakli shaxsning destruktiv instinkti sifatida namoyon bo‘lib, agressiyani ham instinkt natijasi deb baholaydi. Ularning hayotiy zarurat sifatida namoyon bo‘lishini to‘sib qo‘yish shaxsda jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatiladi. Bu esa nevrozning asosi hisoblanadi. Asarlarining birida Freyd motido instinkti haqida to‘xtalgan bo‘lib, unda shaxs o‘zini o‘zi saqlash uchun (yo‘q qilmaslik) o‘zga kishini yoki o‘zgalarni yo‘qotishga intiladi. Freyd uchun eng hal etuvchi jihat, bu inson xulq –atvorida jamiyat rivojlanishidagi qonunlarini emas, irratsional psixik kuchlarning namoyon bo‘lishini hisobga olgan, unda intellekt voqelikni faol aks ettiruvchchi vosita emas, balkli bu kuchlarni maskirovka qiluvchisi hisoblanadi. Individ bilan ijtimoiy muhit abadiy va yashirin kurashda bo‘ladi. Uning psixoanalitik qarashlarida kuchaytiruvchi holatda instiktdan intellektning kuchlirog‘i.
“Ego” sohasi-bu shaxsning ongli tomonini ifodalovchi ratsional qismidir. “Ego” doimiy ravishda “Id” sohasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvda bo‘ladi, ikki asosiy instinktlar Men tomonidan tanlanadigan mexanizm hali aniq ta’biri mavjud emas.Siqib chiqarish jinsiy xohishlar bilan kurashishda foydalaniladi. “Men” va “U”ning tahlil qilishi va “KayvoniMen”ning shakllanishiga qadar bir necha himoya mexanizmidan foydalaniladi.Barcha himoya mexanizmlarining maqsadi “Men”ga yordam berishdan iborat. Shu sababli ham u nevrotik, axloqiy va real iborat Menni zararlashi mumkin bo‘lganuchta asosiy bezovtalanishga yo‘naltirilgan. Biroq “Men” ichdan chiqadigan norozilikdan himoyalanib qolmasdan, ilk davrlarda xavfli instinktli stimullar bilan tanishadi va norozilikni kechiradi .
Agar tashqi qoniqish yoki manfaatning asosiy manbai tashqi ob’yekt bo‘lgan holda unda shunchalik yuqori norzilikni kechirishga sabab bo‘lib qoladi.
YOsh bolaning Meni ko‘proq qoniqish prinqipi bilan yashaydi. U tashqaridan bo‘ladigan norozilikni hali ko‘p kechirmaydi.