Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə73/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Tadqiqot metodlari
Psixologik metodlarni bo‘lish uchun eng umumiy asos ular shaxsning noyob, individual xususiyatlarini baholashga sezgirligi bilan xarakterlanadi.
1.Metodologiya darajasida ilmiy bilishning nomotetik va ideografik metodlariga ajratildi. Ulardan birinchisi, tadqiqot ob’yekti haqidagi umumiy, universal, qonunni tahlili qilish bilimi olishga imkon bersa, ikkinchisi, yagona, noyob, xususiy ma’lumotlar olishga xizmat qiladi. Ilk bora ushbu atama 1894 yilda Vilgelm Vindelbandning “Tarix va tabiatshunoslik” mavzusidagi nutqida qo‘llanilgan bo‘lib, u fanlarni predmetiga ko‘ra emas, balki tadqiqot metodiga ko‘ra bo‘lish taklifini berdi. XX asrga kelib, ushbu muammoga psixologiya ham duch keldi. G.Olport ishlarida psixologiyada nomotetik va ideografik yondashuvlarning qo‘llash hamda ularning muvofiqlik masalalari muhokama qilindi. Umumqabul qilingan fikrlarga muvofiq nomotetik metodlar inson tadqiqot ob’yekti sifatida qaraladigan tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi tadqiqotlarda qo‘llanilib, umumiy qonunlarni izlashga yo‘naltirilgan.
Ideografik metodlar inson , xulq-avtori bir muncha darajada bashorat qilib bo‘lmas darajadagi faol rivojlanuvchi va o‘zgaruvchi sub’yekt deb o‘rganadigan gumanitar yo‘nalishdagi tadqiqotlarda foydalaniladi.
2. Nazariy metodlar g‘oyalar, tasavvurlar, timsollar bilan ishlashga yo‘naltirilgan. Nazariy metodlarni foydalanishda voqelik bilan emas, balki fikriy vakolatli ishga ega bo‘ladi. Nazariy metodning xilma xilligini fikriy eksperiment va xususiy modellashtirish bilan bir xil bo‘ladi.
Empirik metodlarkuzatish, o‘lchash va eksperiment ma’lumotlar to‘plashning umumilmiy vositasi bo‘lib, shaxsni psixologik tadqiqot ob’yekti sifatida o‘rganish uchun foydalaniladi.
Kuzatish-xulq-atvor o’ektining maqsadli idro qilish va qayd qilish. Kuzatish metodi xususiyatlaridan kuzatishning jadalligi va faol emasligidan, bidvosita kuzatishdan, kuzatishning takrorlash imkonining yo‘qligi, uning davomiyligidan iborat. Kuzatish natijalari validligini oshirish uchun ekspert baholash, audio-va videoyozuvlar, kuzatishning standartlashtirish, faol kuzatuvchini nazorat qilishlardan foydalaniladi.
O‘lchash– boshqa ob’yekt yordamida ob’yektning holatini qayd etish yoki ma’lum qiymatlar va uning qoidalari uchun o‘rnatilgan mos psixologik shkalalardagi o‘rniga olib kirish orqali ob’yektni ifodalash vositasidir. Nometrik (nominativ shkala va tartiblash shkalasi) va metrik (intervallar va teng munosabatlar shkalalari) shkalalar bo‘ladi. Psixologiyada ko‘pincha nometrik shkalalardan foydalaniladi.
Eksperiment – ilmiy farazlarni tekshirish metodi bo‘lib, uning borishida eksperimentator sinaluvchining asosiy shartlarni qo‘yadi va chet ta’sirlarni nazoratini amalga oshiradi. Eksperiment natijalari haqqoniy va ishonchli bo‘lishi lozim.
4. Shaxsni o‘rganish va diagnostikasi uchun yaqqol texnik va uslubiy darajada testlardan foydalaniladi. Testlar o‘rganilayotgan hodisa haqida miqdor va sifat tafsilot olishda qo‘llaniladigan psixodiagnostik tadqiqotning maxsus metodidir.
Har xil turdagi testlar mavjud:
  1. standartlashganlik mezoniga ko‘ra standartlashgan va standartlashmagan testlar;


  2. testning tayinlanganlik mezoniga ko‘ra umumdiagnostik, kasbga yaroqlilikni aniqlash testlari, maxsus qobiliyat testlari, erganlik testlari;


  3. materiallardan foydalanish mezoniga ko‘ra blankli, predmetli va apparatli testlar;


  4. aqliy harakatlarning xarakteri mezoniga ko‘ra verbal va noverbal testlar;


  5. javoblari xarakteriga ko‘ra –ochiq va yopiq javobli testlar.


  6. Proektiv testlar.


Ochiq javobli testlar toifasiga proektiv testlarni kiritish mumkin. Ular maxsus ishlab chiqilgan, ammo chala standarlashtirilgan xarakterga ega.





Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin