Taraqqiyot determinantlari (asoslari) muammosi (muhit ta’siri, sotsium yoki tabiat, shaxsdagi irsiyat).Shaxs determinatsiyasida genetik faktorlar muhim o‘rin tutadi. Ularning asosiy ta’siri intellekt va temperamentda kuzatiladi. Qadriyatlar, ideallar va e’tiqodda irsiyatning ta’siri amaliy jihatdan o‘z tasdiqini topmagan. Genetik determinantlarning o‘rni evolyusion meroslar, stereotiplar, xulq-atvor patternlari, uning moslashuvini ta’minlovchi filogenetik taraqqiyot muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlarda qayd qilingan;
Madaniyat, sotsial sinf, oila, tengdoshlar singari faktorlar ta’siri muhitli determinantlarga aloqadordir.
Genotip va muhitning avtonom ta’sirlardan tashqari ayrim holatlarda har ikkala determinantlarning o‘zaro ta’sirini aks ettiruvchi holatlarning ham inobatga olishga to‘g‘ri keladi. Masalan, qobiliyatlarni kuzatishda genotip va muhitning ta’sir masalari o‘zaro aloqadorlikda o‘rganishni taqozo etadi.
Taraqqiyot bosqichlari va mezonlarining bir bosqichdan boshqasiga o‘tish muammosi. Shaxs nazariyalarida taraqqiyot bosqichlari va ularning tafsilotida tafovutlar kuzatiladi. Masalan, Z.Freyd shaxs taraqqiyoti bolaning psixoseksual taraqqiyoti bilan bog‘lab talqin qilgan. E.Erikson ta’limotida esa voyaga etishning sotsial talablar bilan bog‘liqlikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha talqin qiladi.
Shaxs taraqqiyoti darajalari muammosi. Ushbu masala psixoanalitiklarning asarlarida batafsil yoritilgan. N. MakVilyamsning "Psixoanalitik diagnostika" asarida shaxsning nevrotik, cheklanganlik va psixotik darajalari ajratib ko‘rsatilgan. E.Erikson bo‘yia nevrotiklar deganda voqelikni biladigan, etarlicha himoyalanishga, Ego bilan tashabbus yoki aybdorlik muammosining integrallashuvi sifatida bayon qilinadi. E.Erikson bo‘yicha psixotik esa voqelikni yaxshi baholamaydigan, integratsiyalashmagan va deorganizatsiyalashgan, sodda psixologik himoyalanishdan foydalanadigan taraqqiyotning ilk bosqichi sifatida talqin qilingan. CHeklangan shaxs psixotikka nisbata anchagina integrallashgan, sodda himoyalanish mexanizmiga ega, olamni tushunishini namoyish qiladi, ayrilish muammosini boshdan kechirishga moyil.