Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə65/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Adabiyotlar
  1. ҒозиевЭ.Ғ. Умумий психология.Т.:Ўқитувчи, 2010.


  2. Леонтьев А.Н. Лекции по общей психологии: учеб.пособие для студ.высш.учеб.заведений. – 5-е изд., стер. – М.: Смысл; Издательский центр «Академия», 2010. – 511 с.


  3. Лурия А.Р. Лекции по общей психологии. –СПб.: Питер, 2006. – 320 с.




Nazorat savollari
  1. Psixik faoliyatning prenatal davrda rivojlanishi.


  2. Erta postnatal davrda psixik faoliyatning rivojlanishi.


  3. Psixik faoliyatning yuvenal (o‘yinli) davrda rivojlanishi


  4. Sodda sensor psixika.


  5. Perseptiv psixika


  6. Psixika evolyusiyasi va antropogenez.


  7. Qiyosiy psixologiya, maqsadi, vazfalari va predmeti


  8. Odamsimon maymunlarning bolasini qobiliyatini tadqiq qilish


  9. Hayvonlar va insonlarning psixikasini o‘xshashligi va farqlari




IKKINCHI BO‘LIM. SHAXS PSIXOLOGIYASI
1-mavzu: Shaxs psixologiyasining metodologik prinsiplari
Reja:
  1. Shaxs psixologiyasining predmeti


  2. Shaxsni izohlashdagi o‘ziga xosliklar.


  3. Shaxs metodologiyasining nazariy yondashuvlari va uni o‘rganish metodlari.




Shaxs psixologiyasining predmeti
Shaxs psixologiyasining predmetini tahlil qilishda qator masalalarni hal qilish zarur. Zamonaviy psixologiyada shaxsni o‘rganishning eng muhim xususiyatlarini ajratib ko‘rsatilgan:
  • shaxs fenomenologiyasining boyligi inson individual xususiyatlarining xilma xilligini ifodalanishi(ustanovok, qirralari, ehtiyoelar, emotsiyalar, qadriyatlar va boshq.) va bilish sohasini o‘rganish bilan bog‘liq;


  • shaxs fanlararo o‘rganiladigan muammo bo‘lib, ushbu tushunchani keng bilimlar sohasi tavsiflaydi. Uning alohida xususiyatlarini faqat psixologiya emas, balki falsafa, tarix, sotsiologiya va boshqa fanlar o‘rganadi;


  • tadqiqot yo‘nalishida shaxs bir xil nizomga ega emas, u ham tadqiqot ob’yekti, ham tadqiqot sub’yekti bo‘lishi mumkin.


  • shaxs psixologiyasi predmeti ijtimoiy aloqalar va munosabatlarda namoyon bo‘lishi va shakllanishini shartlovchi, xatti-harakat va harakatlarini belgilab beruvchi, ichki holatlari va psixik jarayonlarini tartibga soluvchi va shartlovchisidir.


Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ ajralmas, alohida zot degan ma’no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog‘lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‘q, oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o‘sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo‘la oladi. Individ sifatida yorug‘ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog‘idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo‘lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a’zolari, mahalla ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og‘ushida, ularning qalb to‘risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi.


Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda biron bir tanbeh berishning o‘zi kimgadir ruhiy hisni uyg‘otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi qo‘zg‘atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig‘indisi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo‘ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, ya’ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‘indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o‘xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qayg‘u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo‘lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo‘nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o‘zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta’lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog‘liq degan nazariyaning namoyandalari bo‘lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, SHvetsariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning tuzilishini o‘sha ikkita asosiy omillarga, ya’ni biologik va ijtimoiy (sotsial) voqeliklarning ta’siriga bog‘liq bo‘lgan tuzilishining mavjudligidan manfaatdordirlar.
Har bir shaxsning hayotda erishgan yutuqlari, baxtini xarakterlovchi ma’lum mezonlar borki, uni o‘rganishda alohida fan yo‘nalishiga zarurat tug‘iladi. Bu esa insonning ijtimoiy faolligini ta’minlovchi shaxs tushunchasi bilan xarakterlanadi. Shaxs faol faoliyat sub’yekti bo‘lib, u hayotining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib boradi.
Shaxsning qanday tarkib topishi uning yaxshi oila a’zosi yoki ota-ona bo‘lishi, uning salomatligi ham hayotda egallaydigan karerasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Shaxs hayotda o‘zining imkoniyati va tanlovlarini cheklashi yoki kengaytirishi mumkin. U shaxsning boshqa insonlar bilan ma’lum tajribalar almashuviga xalaqit berishi yoki boshqalar uchun ko‘proq xizmat qilishiga olib keladi.
Hayotda shunday toifa insonlar uchraydiki, ular boshqalarni o‘ziga jalb eta oladigan yoqimli va xushmuomala bo‘ladilar. Bunday insonlar bilan do‘stlashishi, ular bilan do‘st, qo‘shni yoki hamkab bo‘lish xohishi paydo bo‘ladi.
Agar siz boshqaruvchi bo‘lsangiz, u holda uni xodim sifatda tanlagan bo‘lardingiz. Agar siz biror bir hayotiy qarorni qabul qilishga harakat qilsangiz munosabat o‘rnatayotgan kishingizni idrok etishingizga ko‘ra muomala o‘rnatasiz. Siz biladigan shunday mashhur insonlar borki, ular bilan munosabat o‘rnatish ba’zan og‘ir kechadi. Bunday qiyofali insonlar dushmonona, tajovvuzkor, nodo‘stona, yoqimsiz yoki qiyin munosabat o‘rnatuvchilardir. Siz ular bilan muomala qilishda, xodim sifatida tanlashda o‘zingizni chetga olasiz.
Bunday sharoitda siz shaxs haqida qanday xulosaga kelganingiz singari, boshqalar ham sizga xuddi shunday xulosalarga kelishlari shubhasiz. Bunday o‘zaro o‘rinalmashuvchi mulohazalarga doimiy ravishda yangi insonlar bilan tanishish zarurat tug‘ilgan sotsial vaziyatlarda duch kelinadi. Bu esa shaxsning o‘ziga bo‘lgan xos xislatlarini aniqlashga olib keladi, masalan, tanishingiz kirishimli yoki tortinchoq. Bu faktorlarni tahlil eta olish shaxs haqidagi umumiy tasavvurlarga ega bo‘lishga etarlicha imkon beradi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin