Gruppali (cheklangan) progress. Har qanday hayvon, o‘simlik guruhi tuzilish plani bo‘yicha boshqa guruhlardan farqqiladi. Evolyusiya jarayonida mazkur guruhda tuzilishning takomillashuvi gruppali (cheklangan) progress mazmunini tashkil etadi. Masalan, arxegoniyli o‘simliklarda gruppali progress ontogenezda gametofitdan sporofitga o‘tishga, o‘tkazuvchi naylarning rivojlanishiga, epidermis «og‘izchalari»ning rivojlanishiga sabab bo‘lgan.
Evolyusion progressning yuqorida qayd etilgan shakllari alohida-alohida sof holda emas, birgalikda bir-biriga murakkab ta’sir qilgan holda namoyon bo‘lgan.
Evolyusiya jarayonining cheklanmagan shakli bir tekis bo‘lmay, balki ko‘p hollarda o‘zgarish bilan davom etgan. Uning ijobiy davom etishi, bir tomondan, organizmlardagi har xil organlar sistemasining o‘zgarishi, ikkinchi tomondan, doimiy murakkablashayotgan va xilma-xil muhitda gruppalarning yashab qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida gruppalar hayot tarzining chuqur o‘zgarishiga, evolyusiya imkoniyatlarining kengayishiga sabab bo‘lgan. Biologik regressda tarixiy rivojlanish natijasida u yoki bu sistematik guruhga mansub organizmlar soni kamayadi, areali torayadi va ular sekin-asta qirila boshlaydi. Paporotniklarning ayrim guruhlarini, hayvonlardan bir qancha suvda va quruqlikda yashovchilarni, sudralib yuruvchilarni biologik regress holatida bo‘lganlarga misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Morfologik-fiziologik progress bnologik progressdan shu bilan farq qiladiki, bunda organizmlarning tuzilishi va funksiyasi progressiv o‘zgara boradi. Natijada tuzilishi tuban formalardan tuzilishi murakkab formalar paydo bo‘ladi. Seversov fikricha, albatta, morfologik-fiziologik progress biologik progressga olib keladi. Biologik progress to‘rtta:
1) aromorfozlar, ya’ni morfologik-fiziologik progress;
2) idioadaptatsiya; 3) senogenez; 4) umumiy degeneratsiya yo‘nalishida amalga oshadi.
Psixik faoliyatning yuvenal (o‘yinli) davrda rivojlanishi YUvenal davr haqida faqat yuqori darajada rivojlangan hayvonlarning bolalari haqida so‘z yuritiladi. Bu hayvonlarning jinsiy etilish holati o‘yinli faol davriga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham bu erda faqat yuqori darajada rivojlangan hayvonlarga mos keladi. Boshqa hayvonlarda individual rivojlanish elementar psixika shakli sifatida talqin qilinadi.
Hayvonlarda o‘yin faoliyatlar ko‘pgina tadqiqotchilarni e’tiborini tortadi, shubilan birga bu kam o‘rganilgan sohalardan biridir.Bu yo‘nalish bo‘yicha turlicha konsepsiyalarni kuzatishimiz mumkin. Bunda asosan ikki yo‘nalish talqin qilinadi: birinchisi, G.Spenser tomonidan taklif qilingan bo‘lsa, ikkinchisi K.Gross tomonidan ko‘rsatilgan.
Birinchi vaziyatda o‘yindagi faollik energiyaning mavjudligi deb aytib o‘tiladi va bunda emotsional holatlarga alohida e’tibor qaratish talab qilinadi.
Ikkinchi holatda faqat funksional tahlil qilinadi. Grossning fikricha o‘yin faoliyati bu kattaroq xulq-atvorning amaliyoti sifatida talqin qilingan.
Hayvonlarning etakchi faoliyati bu o‘yindir. Hayvonlarningo‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb kilib kelmokda.
Hayvonlaro‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam kadamlar bilan bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Hayvonlar atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosabatda bo‘lishiga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa xarakterliki hayvon bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo‘lgan o‘zining kuchi ham etmayligan, haddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. Masalan, bola avtomashinani, tramvayni o‘zi haydagisi, rostakam otga minib yurgisi,uchuvchi bo‘lib samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo‘lgisi keladi. Birok, tabiiyki, bola o‘zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo‘l bilan qondira olmaydi. Bu o‘rinda savol tug‘iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik qanday yo‘l bilan hal qilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali, ya’ni bolaning o‘yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni shu bilan izohlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning o‘yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o‘yinga undovchi sabab(motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o‘yin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuni bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, bolalar o‘yin jarayonida o‘z ixtiyorlaridagi narsalarni, o‘zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo‘lgan narsalarga aylantirib xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo‘ladilar. Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlantirish uchun birdan-bir vositadir.O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bo‘lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur kilish, xom xayol, dam olish va xushchaqchaqlik manbalari ham mujjasamlangandir, ya’ni mana shu jarayonlarning barchasi o‘yin faoliyatida aniqbo‘ladi.
Shuni xam ta’kidlab o‘tish kerakki o‘yinfaqattashqi muhitdagi narsa va hodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xislatlari ham shakllanadi. Demak, bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila borishga bog‘liqdir.
Shunday kilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o‘zi o‘yin jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan narsadir.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning hozirgi zamonamizdagi yaratilanayotgan, hayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go‘yo bir mo‘‘jizadek ko‘rinadi. Natijada ular ham o‘zlarining turli o‘yinlari jarayonida o‘xshatma qilib (ya’ni analogik tarzda) har xil xayoliy narsalarni o‘ylab chiqaradilar(uchar ot, mashina-odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o‘ylab chiqarishlari yana shuni bildiradiki, ular o‘zlarining har turli o‘yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog‘da ehtiyojlari talab qilayotgan narsalarni ham aks ettiradilar.
Bolalarning o‘yin faoliyatlarida har xil xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chikarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol xamda ijodiy yaratuvchan, o‘zgartiruvchan jarayondir.
Bolalar o‘yin faoliyatlarining yana bir ajoyib xususiyati shundan iboratki, o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollari ko‘pincha umumiylik xarakteriga ega bo‘ladi. Buni shunday tushunish kerakki, bola o‘zining turli-tuman o‘yinlarida faqato‘ziga tanish bo‘lgan yolg‘iz bir haydovchining, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarigina emas, balki umuman haydovchilarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar(ba’zan kichik gruppa bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini,akasini, tarbiyachisini va shu kabi). O‘rta, katta bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bula boshlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlari atrofdagi narsa va hodisalarni bilish quroli bo‘lishi bilan birga yuksak ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Boshqacharok qilib aytganda, o‘yinqudratli tarbiya qurolidir. Bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Bundan tashkari, agarda biz bolalarning o‘yini faoliyatlarini tashqaridan kuzatsak, o‘yin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari(kimning nimaga ko‘proqqiziqishi, qobiliyati, irodasi temperamenti) yaqqol namoyon bo‘lishini ko‘ramiz. Shuning uchun bolalarning o‘yin faoliyatlari ularni individual ravishda o‘rganish uchun juda qulay vositadir.Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zlari yolg‘iz o‘ynaydilar.Predmetli va konstruktorli o‘yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o‘zlarining idrok, xotira, tassavur,tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar.Syujetli rolli o‘yinlarda bolalar asosan o‘zlari har kuni ko‘rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti-harakatlarini aks ettiradilar.4-5 yoshli bolalarning o‘yini asta-sekinlik bilan kollektiv xarakterni ola boshlaydi.
Bolalarning individual xususiyatlarini, xususan, ularning kollektiv o‘yinlari orqali kuzatish qulaydir. Bu o‘yinlarda bolalar kattalarning faqat predmetlarga munosabatini emas, balki ko‘prok o‘zaro munosabatlarini aks ettiradilar. Shuningdek, kollektiv o‘yinda bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poezd» o‘yini olaylik. Bunda mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar, kontrollyor, kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchilar bo‘ladi.
Bolalarning mana shu kabi kollektiv o‘yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. Chunki kollektiv o‘yindagi har bir bola o‘z rolini yaxshi ado etishga intilish bilan birga o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o‘zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi.Ma’lum rollarga bo‘lingan kollektiv o‘yin bolalardan qat’iy qoidalarga bo‘ysunishi va ayrim funksiyalarni o‘xshatib bajarishni talab etadi. Shuning uchun bolalarning bunday kollektiv o‘yinlari psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Chunki bunday o‘yinlar bolalarda irodaviylik, muammolilik o‘yinqoidalariga, tartib-intizomga bo‘ysunish va shu kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi
Katta bog‘cha yoshida syujetli-rolli o‘yinlar rivojlanadi,lekin endi bu o‘yinlar o‘z mavzusining boyligi va xilma-xilligi bilan farqlanadi.Bu o‘yinlar jarayonida bolalarda liderlik yuzaga kela boshlaydi,shuningdek, tashkilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlana boshlaydi.
Bu maktabgacha yoshdagi bolalar shug‘ullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy san’atning ham ahamiyati juda katta. Bolaning tasavvur etish xarakteriga ko‘ra uning atrof, hayotni qanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur xususiyatlariga baho berish mumkin. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari ruhiy holatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rasm chizishga ham nihoyatda qiziqadilar Rasm chizish bolalar uchun o‘yin faoliyatining o‘ziga xos bir shakli bo‘libhisoblanadi. Bola avvalo ko‘rayotgan narsalarini, keyinchalik esa o‘zi biladigan,xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topgan narsalarni chizadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqa juda katta ahamiyatga ega bo‘lib,aynan shunday o‘yinlarda muvaffaqiyatga erishish shakllanadi va mustahkamlanadi.Bu yoshdagi bolalar uchun eng yoqimli vaqt yutish va muvaffaqiyat bo‘lgan musobaqa o‘yinlarining ham ahamiyati juda katta.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqalar juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanadi va mustahkamlanadi. Bu yoshdagi bolalar uchun eng yoqimli vaqtyutish va muvaffaqiyat bo‘lgan musobaqa o‘yinlarining ham ahamiyati juda katta.
Katta bog‘cha yoshida konstruktorlik o‘yinlari asta-sekinlik bilan mehnat faoliyatiga aylanib boradi.O‘yinda bola elementar mehnat ko‘nikma va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossalarini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur rivojlana boradi.