Леонтьев А.Н. Лекции по общей психологии: учеб.пособие для студ.высш.учеб.заведений. – 5-е изд., стер. – М.: Смысл; Издательский центр «Академия», 2010. – 511 с.
Лурия А.Р. Лекции по общей психологии. –СПб.: Питер, 2006. – 320 с.
Nazorat savollari:
Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani predmet va funksiyalari
Hayvonlar xatti-harakatini psixologik bilimlar tizimidagi o‘rni.
Zopsixologiya va qiyosiy psixologiya usullari
Zopsixologiya va qiyosiy psixologiyani rivojlanish tarixi
Zoopsixologiyani tadqiqi qilishni besh usuli
Psixikani vujudga kelishi.
Asab tizimigacha bo‘lgan davr va asab tizimini paydo bo‘lishi.
Instinkt va malakalarni o‘rganishni zamonaviy holatlari.
10-mavzu:. Hayvonlar psixik faoliyatining ontogenezda rivojlanishi Reja:
Psixik faoliyatning yuvenal (o‘yinli) davrda rivojlanishi
Sodda sensor psixika
Psixika evolyusiyasi va antropogenez
Hayvonlar va insonlarpsixikasining o‘xshashligi va farqlari
Psixik faoliyatning prenatal davrda rivojlanishi Embrionning rivojlanishi ko‘pgina holatlarda ontogenez rivojlanishining asosiy bosqichlari sifatida e’tirof qilinadi. Umurtqasizlarda ham umurtqalilarda ham prenatal (tug‘ruqdan oldingi) davr mavjud. Bu davrda harakatning shakllanishi kuzatiladi. Ushbu funksiya asosan postnatal davrda shakllanadi, ammobola tug‘ilmasidan oldin embrionlik davrida tashqi dunyoga shart-sharoitlariga imkon qadar ko‘proq moslashishga intilishi haqida so‘z yuritish mumkin.
A.D.Slonimaning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, homila ichidagi faoliyat ularningfiziologik jarayonlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu esa yangi tug‘ilgan hayvonlarning xatti-harakatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Slonimaning tadqiqotlarining ko‘rsatishicha yangi tug‘ilgan qo‘zichoqlar va uloqchalar charchamasdan ikki soat davomida yugurishlari mumkin ekan. Ravshanki, bundayimkoniyat ularda embrional taraqqiyot shakllangan bo‘ladi. Postnatal rivojlanishninghar tomonlama muvaffaqiyatli kechishida albatta prenatal davrning o‘rni kattadir. Hayvon bolalari tug‘ilganida barcha fiziologik mexanizmlar ishlay boshlaydi.
Embrional preadaptatsiyani fatal aniqlik sifatida talqin qilish shart emas. Katta hayvonning yashash sharoiti va atrof-muhitdagi holati tug‘iladigan yangi hayvonchani taqdirini belgilashi mumkin. Umumiy qonuniyatlar determinizm tamoyillariga bog‘liqdir.
XVII asrda V.Harvey «barcha tiriklik tuxumdan boshlanadi» degan iborani ishlatib, barcha organizmlar rivojlanishidagi umumiylikni qayd qilgan edi. Hayvonlarning individual (shaxsiy) rivojlanishini o‘rganishni Volf va ayniqsa Ber boshlab berdi. Ber qiyosiy metoddan foydalanib, bir tipning har xil sinflariga kiruvchi hayvonlarning embrional rivojlanishidan avval umumiy, so‘ngra xususiy va nihoyat maxsus organ, belgilar rivojlanishini, ya’ni embrion divergensiyasi ro‘y be-rishini asoslab berdi.
Evolyusion ta’limot asoschisi bo‘lgan Darvin embrion ri-vojlanishidagi o‘xshashlik hamda embrion divergensiyasi hayvonlarning o‘zaro yaqinligi va muhit sharoitining ta’siri bilan ularda filogenetik divergensiya ro‘y berganligini ta’kidladi. Darvin «Turlarning kelib chiqishi» va boshqa asarlarida ontogenez bilan filogenez o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligini e’tirof etdi. Uning mulohazasiga ko‘ra, ontogenez turli tuzilish va xossalarning shakllanishiga olib keladigan murakkab va qarama-qarshi jarayondir. Ontogenezda qadimgi ajdodlar rivojlanish bosqichlarining takrorlanishi tufayli har xil organizmlarning embrion rivojlanishi umumiylikka ega bo‘ladi.
Embrion o‘z rivojlanishiningturli bosqichlarida tabiiy tanlanish ta’siriga beriladi. Natijada muayyan bosqichlarda yangi moslashish xossalari vujudga kelib, ular organizmning rivojlanishi tarixiy rivojlanish doirasidan chetga chiqishiga sabab bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ontogenez individual rivojlanish, filogenez esa ajdodlar rivojlanishining oddiy takrorlanishi emas. Ontogenezdagi o‘zgarishlar ayrim organlar, belgilarning rivojlanishini tezlashtirishi yoki se-kinlashtirishi, rivojlanish bosqichlaridan ba’zilarining tushib qolishiga, murtak va lichinkada moslashish ahamiyatiga ega bo‘lgan yangi xossalar vujudga kelishiga, organizmning tuzilishi uning ajdodlarinikiga nisbatan murakkablashuviga yoki soddalashuviga olib keladi.
Evolyusion embriologiyaning asoschilari bo‘lgan Kovalevskiy, Mechnikovlar lansetnik, assidiya, ninatanlilar va boshqa umurtqasiz hamda xordali hayvonlarning individual rivojlanishini atroflicha o‘rganib, ularning filogenetik bog‘lanishinn aniqladilar. Ular hayvonot olamining har xil guruhlariga mansub vakillarning yagona kelib chiqishga ega ekanligini isbotlashbilan bir qatorda, ular ontogenezining o‘ziga xos tomonlarinihamoydinlashtirib berdilar.
Gekkel Darvin mulohazalariga, Kovalevskiy, Mechnikovlarning umurtqasiz va xordali hayvonlarning turli vakillari ustida, shuningdek, Myullerning qisqichbaqasimonlar ustida o‘tkazgan tadqiqotlariga asoslanib, 1866 yili biogenetik qonunnikashf etdi. Bu qonunga ko‘ra, ontogenez filogenezning qisqa va tez takrorlanishi (rekapitulyasiyasi)dan iborat. Odatda, jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan barcha ko‘p hujayrali organizmlarning rivojlanishi urug‘langan yagona tuxum hujayradan bosh-lanadi. Shu dalilga asoslanib, Gekkel barcha yuksak organizmlar kelib chiqishi bilan bir hujayralilarga bog‘liq, degan edi. Urug‘langan tuxum hujayraning keyingi rivojlanishida uchraydigan morula, blastula va gastrula bossichlarini Gekkel bir hujayrali koloniyali organizmlarning rekapitulyasiyasidan iborat, deb ta’kidlagan. Shunga asoslanib, u ibtidoiy ko‘p hujayrali organizmlarning paydo bo‘lishi haqida gastreya gipotezasini yaratdi.
Gekkel har qanday organizmning embrional rivojlanishida avlod-ajdodi belgi-xossalarining takrorlanishini rekapitulyasiya deb, ajdod belgilarining o‘zini esa palingenezlar — palingenetik belgilar deb atadi. Quruqda yashovchi umurtqalilarning embrional rivojlanishida uchraydigan jabra yoylarini, ikki kamerali yurakni palingenezlarga misol qilib keltirish mumkin.
Qadimgi belgilardan tashqari, organizmning embrional va lichinkalik davrida muhitga moslashtiruvchi belgilari borligini ko‘rsatib, Gekkel ularni senogenetik belgilar, ya’ni senogenezlar deb atadi. Amniotlarning murtak pardasi (amnion, allantois, xorion), sut emizuvchilarning yo‘ldoshi, qushlar tuxumining sariqligi senogenezlarga misoldir. Gekkel senogenezlarga organlarning rivojlanish muddati va o‘rnining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarni ham kiritdi. Odatda, ma’lum bir guruh hayvonlarda uchragan progressiv organlar rivoji doim oldin boshlanib, boshqa organlarga nisbatan uzoq muddat davom etadi. Masalan, umurtqalilarning yuksak vakillari (qushlar va sut emizuvchilar)da bosh miya va sezgi organlari tuban vakillari (amfibiya va boshqalar)dagiga nisbatan oldin rivojlanadi va uzoq muddat davom etadi. Aksincha, on-togenezda regressga uchragan organlarning individual rivojlanishi sekinlik bilan boradi. Umurtqalilarning yuksak vakillarida jinsiy bezlar tuban vakillarig‘a nisbatan keyinroq rivojlanishi yuqoridagi qonun bilan izohlanadi.
Embrional rivojlanishda organlarga asos solinish vaqtining bunday o‘zgarishi geteroxroniya deyiladi. Ontogenezda organlarning tanada joylashishi ham o‘zgaradi. Masalan, yuksak umurtqali hayvonlarda dastlab bo‘yin vujudga kelishi hisobiga yurakning o‘rni baliqlarnikiga nisbatan ko‘krak qafasining ichkarisiga ancha surilgan. Bunday o‘zgarish geterotopiya deb ataladi. Gekkel va Myuller tomonidan ilgari surilgan biogenetik qonun keyinchalik turli hayvon guruhlarining filogenetik tarixini tiklashga oid tadqiqotlar avj olishiga sabab bo‘ldi. Bu paleontologiyaga ham tatbiq qilindi. Oqibatda L.Vertenberger qirilib ketgan boshoyoqlimollyuskalar — ammonitlarda, Gayett qazilma mollyuskalarda, Ryutimeyer qazilma holdagi otlarda rekapitulyasiya hodisasini aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar.
Rekapitulyasiya botanika sohasida ham o‘z ifodasini topdi. Natijada yuksak o‘simliklarda tuban formalarga xos shoxlanish tipi, paporotniklar birinchi barglarining dixotomik tuzilishi kabilar kashf qilindi.
Xullas, Darvin, keyinchalik Myuller, Gekkel tomonidan bayon etilgan biogenetik qonunga ko‘raontogenez bilan filogenez o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘ri ifodalab berildi.
Biogenetik qonun xilma-xil organizm guruhlari o‘z ontogenetik rivojlanishi bilan ozmi-ko‘pmi o‘xshash ekanligini ko‘rsatdi. Bu bilan organik olamning monofiletik kelib chiqishi haqidagi g‘oya yana bir martatasdiqlandi. Lekin Gekkel biogenetik qonunga uncha to‘liq ta’rif bermadi. Chunki u ontogenez bilan filogenez muammosini bir tomonlama yoritgan edi. Ubiogenetik qonunga ta’rif berishda «ontogenez filogenezning qisqa va tez takrorlanishidan iborat» degan iborani ishlatib, filogenez uchun asosan palingenetik belgi-xossalar ahamiyatlidir, degan. Gekkel evolyusiya jarayonida filogenezga katta o‘rin berib, unda ontogenezning rolini to‘liq ko‘rsatmadi. Uning mulohazasiga ko‘ra, ontogenezda paydo bo‘lgan har qanday yangilik filogenezni xiralashtirar ekan (masalan, geterotopiya va geteroxroniya).
Darvin evolyusiya jarayoni individual rivojlanishning hamma bosqichlarini qamrab oladi, ontogenez ham evolyusiyani o‘z boshidan kechiradi va uning yangilanishi filogenetik tarixga kiradi, deb e’tirof qildi. U filogenezga nisbatan ontogenez har xil usullar bilan o‘zgaradi va ular evolyusion rivojlanishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, deb ko‘rsatdi. Darvinning bu sohadagi mulohazalari Myuller tomonidan aniq-lashtirilgan bo‘lsa-da, u Gekkel uchun tushunarsiz bo‘lib qoldi. Shunga ko‘ra, qayd qilingan Darvin—Myuller fikrlari Gekkelning biogenetik qonunida o‘z ifodasini topmadi. Gekkelning biogenetik qonuniqabul qilingan taqdirda evolyusiya jarayonnning progressiv xarakteri, ya’ni ilgarigiga nisbatan murakkab tuzilishga ega va takomillashgan organizm turlari qanday yo‘l bilan paydo bo‘lishini tushuntirish qiyin bo‘lar edi. Bu holat Gekkel o‘z ta’limotida rekapitulyasiya hodisasiga ortiqcha baho berganligi oqibatidir.
Ko‘pgina olimlar tomonidan olib borilgan kuzatishlar hamda ontogenezda rivojlangan ajdod belgilarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, embrionda qadimgi ajdodlar voyaga etgan shakllarining emas, balki ular embrionining belgilari takrorlanar ekan. E.Menert umurtqali hayvonlarda ajdod belgilarining rekapitulyasiyasidagi o‘zgarishlarni o‘rganib, hech vaqt ontogonezda filogenez aniq va to‘liq takrorlanmasligini, chunki takrorlanish organizmlarga emas, balki ayrim organlarga xosligini ta’kidladi. Chunonchi, sut emizuvchilar embrionining ma’lum rivojlanish bosqichida jabra yoylari va arteriyalar rivojlanadi.Lekin bu vaqtda ular baliq tuzilishini to‘liq takrorlamaydi, chunki boshqa organlar o‘z rivojida baliqlarnikiga nisbatan ancha ilgarilab ketgan bo‘ladi.
Gekkel filogenezning o‘zgarishi faqat ontogenezning oxirgi davridagi o‘zgarishlaridan iboratdir, deb ta’kidlaydi. Ko‘pgina tadqiqotlar Gekkelning bu fikri unchalik to‘g‘ri emasligini ko‘rsatdi. Bu sohada akademik A.H.Seversovning filembriogenez nazariyasi diqqatga sazovordir.