Ahli fazl va ahli hunarg‘a murabbiy va muqavviyligi



Yüklə 25,87 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü25,87 Kb.
#117208
yyyy


beradi. Uning “ahli fazl va ahli hunarg‘a murabbiy va muqavviyligi”ni ta’kidladilar ekan, jamiyatdagi mavqeyini aniq belgilaydi, shogirdlarining ko‘pligi insoniy xususiyatining bir jihati ekanini alohida uqtiradi. Ustod Qulmuhammad , Shayxiy Noyi va Husayn Udiyning musiqadagi muvaffaqiyati , Behzod va Shoh Muzaffarning tasviriy san’atda katta obro‘-e’tibori Navoiyning “tarbiyat va taqviyati bila” amalga oshganini ta’kidlaydi.
Zahiriddin Boburning Alisher Navoiyga munosabati ko‘pgina olimlarimiz tomonidan o‘rganilgan, bu mavzuda fikr-mulohazalar bildirilgan. Shu bois, biz “Boburnoma”dan Navoiy shaxsiyatini yanada teranroq yorituvchi , uning tabiatidagi nozik jihatlarni ochuvchi boshqa tahlil yo‘lini tutishga urinib ko‘rdik. U ham bo‘lsa, Navoiy hayoti va faoliyati bilan bog‘liq shaxslar, voqea-hodisalar tasvirini tahlil etib, Boburning ulug‘ shoir haqidagi qarashlarini yoritishdir.
Bobur Alisher Navoiy xarakterini tasvirlarkan, uning talabchanligi va injiqligini, shaxsni tarbiyalashda uning iste’dodidan quvonishini, raqibni mahv etishni emas, balki musobaqalashish va g‘olib chiqishini, kezi kelganda mag‘lubiyatini tan olishini, hazil-mutoyibada javob hazilni hazm etishini ham yorqin ifodalab bergan.il bor.
Boburning Alisher Navoiyni bir umr ehtirom qilganligiga yana bir yorqin dalil bor. Muallif vafotidan so‘ng ismi noma’lum qolgan kotib tomonidan “Boburnoma” oxiriga ikki betli ilova qo‘shilgan. Ilovada asar muallifiga ta’rif berilib, “Va bir necha ahli tab’kim, ushbu podshoh doimul avqot suhbatdin ayru qo‘ymas erdi”, deyiladi va ‹‹ahli tab’››lar qatori “Culton Muhammad ko‘sakim, Mir Alisherning musohiblaridin erdikim, podshoh suhbatida izzat topib, sarafroz bo‘lub erdi”, deb yoziladi. Demak, Bobur so‘nggi nafasigacha Navoiyga yaqin bo‘lgan kishilar hurmatini bajo keltirgan, ularni e’zozlagan.
Zahiriddin Boburning Alisher Navoiyga munosabati haqida so‘z ochganda, uning Hirot shahrida qisqa muddat bo‘lgani, boshqa joyda turmasdan atayin Navoiyning shaxsiy uyi – “Unsiya”da yashagani, shaharning boshqa joylari qatori ulug‘ shoir qurgan binolarni mehr bilan ziyorat qilib, bu haqda “Boburnoma”da yozganini ta’kidlamaslikning iloji yo‘q. ayni shu satrlarda shoh, adib, shoir, adabiyotshunos Boburning Navoiy dahosiga yuksak e’tiqodi, sadoqati ramzi mujassam. Bobur Navoiy barpo etgan binolarni nomma-nom sanaydi, bu koshonalar inson hayoti, ma’naviyati, pok va sog‘lom turmushi, oxirati va bugungi kuni uchun nechog‘li zarurligini uqdiradi. Imoratlar soni, nomi va vazifasini ta’kidlanarkan, muallif Navoiyning el uchun yashaganini, umrini yurt osoyishtaligi va farog’atiga sarflaganini ta’sirchan ifodalagan. Quyidagi parcha Bobur uslubiga xos umulashtirish mahoratidan bir namuna hamdir: “Alisherbekning o‘lturur uylarikim, “Unsiya” derlar, maqbara va masjidi jomeinikim “Qudsiya” derlar, madrasasi va xonaqohinikim, “Xalosiya” va “Ixlosiya” derlar, hammom va dorushshifosinikim, “Safoiya” va “Shifoiya” derlar, borini andak fursatta sayr qildim”.
Bobur Husayn Boyqaro haqida umumiy ma’lumot berarkan, “belidin quyi inchka”ligi, “qizil yashil abrishim”dan kiyim kiyishini aytib, o‘ziga xos didga egaligiga ishora qiladi. Agar “avval taxt olg‘on mahalda olti-yetti yil toib” yurgan bo‘lsa, bora-bora bilagi baquvvat, qilich urishda o‘z davrining nodirlaridan bo‘lganini ko‘rsatadi. Husayn “bovujudkim, ham yosh va ham saltanat bila ulug‘podshoh edi, kichiklardek qo‘chqor saxlab, kabutar saxlab, kabutar o‘ynar edi, tovuq ham urushga solur edi”ki, uning bu kabi xususiyatlari Boburga uncha manzur bo‘lmagan.
U Husayn Boyqaro shaxsiningquyidagi jihatlariga ham e’tibor bergan: shakl-shamoyili , so‘zlashuv odobi, el bilan munosabati , askarlarining soni va ularni boshqarish taktikasi, boyligi, sarkardaligi va urushish qobiliyati, farzandlariga munosabati va buning oqibati, ahli adab va ilmga homiyligi, og‘ir paytda kishiga hamdam bo‘lish xislati, ahli va, nihoyat, mayga munosabati…
Umuman, Bobur Husayn Boyqaroning davlat qurilishini, unga rahbarlik qilishini yoqlaydi: “Sulton Husayn mirzoning zamoni ajab zamone edi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hiri shhari mamlu edi. Har kishiningkim bir ishga mashg‘ullug‘ligi bore di, himmati va g‘arazi ul edikim, ul ishni kamolg‘a tegurgay”. Bu Boburning Husaynga bergan bergan yuksak siyosiy-ijtimoiy bahosi. Oxirgi jumlaga e’tibor beraylik: muallif har ish oxiriga yetkazilgan, deb emas, balki juda munosib so‘z yuritganda ham shu mezonni asos qiliboladi. Bobur Amir Temur farzandlari o‘rtasidagi qarma-qarshiliklar, Sohibqiron amirlari o‘rtasidagi nosog‘lom munosabatlarni buyuk imperiya tanazzulining asosiy sababi, deb bilgan. Ana shu me’yor uning Husayn Boyqaro xonadoni va saltanatiga munosabatida ham o‘z aksini topgan.
“Boburnoma”dan bilamizki, Bobur ham ko‘p vaqt may va chog‘ir bazmiga ruju’ qo‘ygan. Biroq u bu mashg‘ulotni surunkali davom ettirmagan, hatto umrining oxirida saltanatida may ichishni man etib, farmon chiqargan, may qadahlarini, ko‘zalarni sindirib tashlagan. Bobur Husayn Boyqaroning mayga berilganini shoh uchun eng kechirilmas illat deb bilgan: “… qirq yilg‘a yovuqkim Xurosonda podshoh edi, hech kun yo‘q edikim, namozi peshindin so‘ng ichmagay, vale hargiz sabuhi qilmas edi, o‘g‘lonlari va jami’si pohig‘a va shahrig‘a bu hol edi. Ifrot bila aysh va fisq qilurlar edi”.
Bu parchadan muallifning Husaynni fosh etuvchi katta nafratini ilg‘ash qiyin emas. U, birinchi galda, bu illat shohning o‘zidan ko‘ra o‘g‘illari, sipohi va shaharning jami’ mayzada ahliga taalluqli ekanligini ta’kidlarkan, temuriylar saltanatining inqirozi xuddi shu kasofatli odat bois yuz berganini aytadi. Bobur Husayn Boyqaro farzandlarining otalariga nisbatan o‘ta hurmatsizligi, “otasidan iymanmay, Tengridin qo‘rqmay”, hatto ramazonda ham aysh, fisq-fujur bilan shug‘ullanganlarini yozadiki, bu uning shahzodalarga otgan ta’na toshlaridan ko‘ra, temuriylarga mansub xonadonning past ketgani, nokaslikka yuz tutganidan qayg‘urish, achinish hissiga yo‘g‘rilgan alamidir! Bu g‘ayriaxloqiy muhit Amir Temur saltanatini inqirozga olib kelganidan Bobur afsuslanib yozadi: “Bu mirzolar(Husayn o‘g‘illari. – H.Q.) andoq ifrot bila fisq va ayshg‘a mashg‘ul edilarkim, otasidek kordida va kordon podshoh tushchilik yo‘l kelib, ramazondek mutabarrak va aziz oyg‘a kechalik fursat qolib, otasidan iymanmay, Tengridin qo‘rqmay, hanuz ishi chog‘ir ichmak edi nashot bila, majlisoroliq edi- andoq shikast topqay va bu nav’ o‘tgan elga har kim dast topqay”.
Zahiriddin Boburning boshqa temuriy shahzodalaridan afzal tomonlari haqida ko‘p fikrlar aytilgan. Biroq, bizningcha, ko‘pchilikning diqqatidan cherda qolib kelayotgan yana bir muhim jihat borki, bu Boburning davlat qurilishi, uni boshqarishda farzand tarbiyasi va o‘zaro munosabatlarga doir qarashlaridir. Bu buyuk shaxs hamisha o‘zidan oldin o‘tgan shoh va sultonlarning farzandlari o‘rtasida kechgan toj-taxt uchun kurash, boylik va yurtga egalik qilish vasvasalarini saltanatning zavoli, insoniy e’tiborni zabunlikka eltuvchi balo sifatida baholab kelgan. U temuriy amirzodalarning , beklarning murosasizlikka yuz tutgani, davlat, boylik orttirish uchun bir-birlarini qatl etishgacha borishganini saltanat zavoliga asosiy sabab, deb biladi. Shu bois, hamisha farzandlari Humoyun, Komron, Hindol, Gulbadanbegim va boshqalarni ahillikka da’vat etadi. Ayniqsa, to‘ng‘ich o‘g‘li Humoyunga bu nasihatni qayta-qayta zikr etganini ko‘ramiz.
Bobur Husayn Boyqaro xonadonidagi ota va o‘g‘illarning nosozliklari haqida kuyunib yozadi va bunga, avvalo, Husaynning o‘zi aybdor, deb uni qoralaydi. Uning shoh sifatida turli bahonalar bilan o‘g‘illarining birini o‘rinsiz suyub, boshqasini ranjitgani saroyda osoyishtalik yo‘qolishiga, xonadon a’zolarining , butun jamiyatning halovati buzilishiga, o‘zaro urushlarga sabab bo‘lganini afsus ila bayon etadi.
“Boburnoma”da muallif Husayn Boyqaroning xotinlari tasviri orqali uning xarakteriga xos nozik jihatlarini ochishga harakat qiladi. Bunda Bobur bir yo‘la uch maqsadga erishgan: Husayn Boyqaro obrazini jonlntirgan, Badi’uzzamon fe’lidagi yakkakashlik, otasiga o‘chakishish odatining irsiy asoslari borligini bildirgan hamda sultonning xotinlari ta’rifini keltirgan. Masalan, u Husayn Boyqaroning birinchi xotini Beka Sultonbegim haqida fikr bildirib, Badi’uzzamon undan tug‘ilganini alohida zikr etadi. Shundan so‘ng bu ayolning “kajxulq”ligi, bunday xotin er uchun bu yorug‘ dunyoda ham, u dunyoda ham do‘zax azobiga tengligini aytadi. Bobur Badi’uzzamon xarakteridagi yakkakashlik, gohida battollik onasidan ko‘chgan degan fikrni ham bildirgan. Garchi Bobur qanchalik Husayn Boyqaro xarakterining musbat tomoni haqida fikr bildirmasin, uning xotini Beka Sultonbegim axloqan pastligi, shaxsiy qarashlari jamiyat manfaatlariga futur yetkazganini ko‘rsatib, shohni hayotda jabrdiyda tarzida tasvirlagan, uni “mardi nako” atab, bunday otindan qutulganini tabriklagan.
Husayn Boyqaroning bu ikki xotiniga salbiy baho berarkan, muallif, birinchi navbatda, uning saltanatidagi nooromliklar shu xotinlarning makr-hiylasi, bir-birini ko‘rolmasliklari oqibatida yuz berganini ta’kidlaydi. Bundan zinhor Bobur Husaynning davlatni boshqarish usulini yoqtirmagani uchun xotinlarining salbiy xislatlarini yoritgan, degan xulosaga bormaslik kerak. Bu, asar talabidan kelib chiqqan, turli vaqt va voqealar tasviri orqali keltirilgan.
Husayn Boyqaro bilan o‘g‘illari o‘rtasidagi nosoz munosabatlar, mojaro va hatto qonli to‘qnashuvlar Husayn vafotidan keyin hayal o‘tmay o‘z aks-sadosini beradi: Hirotga Husaynning ikki o‘g‘li hokim bo‘ladi, saltanatdagi tarqoqlikdan foydalangan Shayboniyxon esa g‘alaba qiladi, yagona saltanat Xurosonda inqirozga yuz tutadi. Hirotda bo‘lgan Bobur uchun Badi’uzzamonning mehmonnavozligi emas, birlashib g‘animga qarshi kurashish muhim edi. Ana shundan ko‘ngli cho‘kib Kobulga yo‘l olgan Bobur Hindikush tog‘ida qor kechish mashaqqatiga duch keladi. Bu haqda biz yuqorida batafsil so‘z yuritdik.
Yüklə 25,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin