Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Shaxs psixologiyasining prinitsplari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə68/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Shaxs psixologiyasining prinitsplari
Shaxs psixologiyasining metodologik prinsiplar shaxs nazariyalarining tuzilishi chegaralari va qoidalarini, nazariy va eskperimental farazlarning shakllanishiga chetdan ta’sir ko‘rsatuvchi qator ilmiy muammolarni belgilab beradi
Sistemalilik prinsipi.Sistemalilik prinsipi quyidagi tadqiqot yo‘nalishlarini belgilaydi:
1) shaxs murakkab o‘rganish tizimiga egaki, uning tashkil etuvchilarning murakkab xususiyatlarini darajasiga ko‘ra birlashtirish va tashkillashtirish orqali o‘rganilayotgan sistemaning darajasini va uning alohida jihatlarini ajratishga imkon beradi (masalan, rus olimi K.K.Platonov individuallikni to‘rt darajaga ajratib ko‘rsatdi-shaxsning yo‘nalganligi va axloqiy sifatlarni mujassamlashtirganlik darajasi; bilim, ko‘nikma va malakalarni mujassamlashtirganlik darajasi; alohida psixik jarayonlarning kechishini ifodalovchi individual xususiyatlarni mujassamlashtirganlik daraja va jinsiy hamda yosh xususiyatlari, temperamentni mujassamlashtirganlik darajasi).
2) prinsip va tizimni tashkil qiluvchi mexanizmlarni bir butunlikda yoritish (masalan, motivning maqsadga aylanishi mexanizmi, ko‘pgina xilma xil aloqalarni ta’minlash mexanizmi, siqib chiqarish va qarshilik ko‘rsatish mexanizmlari hamda boshq) .
Subordinatsiya yoki ierarxiyalashganlik prinsipi.Ikkinchi masala, shaxs strukturasining uyushganligi, ya’ni tizimdagi komponentlarning uyushganligini alohida prinsip va mexanizmlarini ajratib ko‘rsatish yordamida hal qilinadi. Bunday mexanizmlar sifatida anchagina murakkab yoki anchagina umumiy shaxslilik xususiyatlari o‘zida yo xususiy sotsial, yo psixofiziologik (ekstraversiyaning umumiy faktoriga kiruvchi muloqotmandlik) xarakterdagi nisbatan oddiy xususiyatlarni bo‘ysundiradigan subordinatsion yoki ierarxiyalashganlik prinitsiplar nomlanadi.
Faollik prinsipi.Shaxs faollik prinsipga ko‘ra tashabbuskorlik, erkin tanlash va xulq-atvorning tanlovchanligini o‘zlashtirishga erishadi. Ushbu ustanovka determinizm prinsipi orqali o‘ziga xos o‘zlashtirilishini S.L.Rubinshteyn “zohiriylikni botiniylik orqali o‘zlashtirish” tarzda talqin qilgan edi.
Faollik prinsipi inson genetik dasturlashning kengaytirilishi natijasi deb baholovchi biogenetik hamda sotsial ta’sirlash va munosabatlar mahsuli degan g‘oyani ilgari suruvchi sotsiogenetik konsepsiyalarni inkor qiladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin