Sub’yekt prinsipi. Ushbu prinsip insonning avtonom, tashabbuskor shaxs, o‘zini va atrof olamni ma’lum chegarada o‘zgartirishga moyil tarzda qaraydi.Zamonaviy tadqiqotlar S.L.Rubinshteyn tomonidan ishlab chiqilgan tushuncha, ya’ni sub’yekt kategoriyasini shaxs psixologiyasi sohasida kuchaytirishga olib keldi. Sub’yekt- har bir kishida individual bo‘lgan, o‘ta faol, yaxlit va avtonomlikka ega inson.Sub’yekt uchun atrof olam faqatgina ta’sir ko‘rsatuvchilar tizimi emas, balki harakatlanish va bilish ob’yekti hamdir.Sub’yekt tabiiy, sotsial, ijtimoiy, individual sifatlar birligidan iborat bo‘lib, inson tushunchasiga nisbatan ancha keng tushuncha.
Shaxs-nisbatan torroq tushuncha bo‘lib, sotsial ahamiyatga ega bo‘lgan sifatlar majmuiga ega bo‘lgan inson individini ifodalaydi. Inson o‘zini atrof olamdan ajrata oladigan va o‘zini bilish va mulohazalash ob’yekti sifatida qarama-qarshi qo‘yadigan tabiiy va sotsiallikning birligi sifatida tarkib topadi. Inson sub’yekt sifatida muammolarni echishga ijodiy yondashadigan, tashabbuskor, erkinlikka ega, shaxsiy maqsadlarni amalga oshiruvchi faolligi bilan ajralib turadi.
Determinizm prinsipihar qanday psixik jarayonlarning sabablarini shartlovchi g‘oyalarga asoslanadi.U tashqi ta’sirlar tufayli chaqiriladigan ob’yektiv kuzatiladigan hodisalarni ichki sabablarni determinantlashtiruvchi antitezis sifatida shakllanadi.
Metodologiya, nazariya va eksperiment birligi prinsipi. Ushbu prinsip nazariy farazlarni kauzal (sababiy) yoki korrelyasion bog‘liqligi, nazariy konstruktlar va ularning oqibatlari-operatsional o‘lchovlar ishonchli tekshiruvini amalga oshiriladi.
Ilmiy nazariyani yaratish zarurati olimlarni axborotlarni tizimli qabul qilish, bir vaqtni o‘zida ilgari surilayotgan psixologik qonuniyatlar asosida inson xulq-atvorini bashorat qilishga undaydi. Shaxs psixologiyasining asosiy muammolari Shaxs strukturasi muammosi, xulq-atvor motivatsiyasi, shaxs taraqqiyoti muammosi, psixik salomatlik va psixopatologiya muammolari shaxs psixologiyasining tayanch muammolari sanaladi.