Z.Freydning izdoshlari
K.YUng va uning Analitik psixologiyasi
Freydning izdoshlari sifatida faoliyat olib borgan olimlardan biri K.YUng. YUngning shaxs muammosiga doir yondashuvi Analitik psixologiya deb nomlanib, u o‘ziga xos yondashuvni ifoda etadi.
K.YUng ilmiy g‘oyasining muhim jihati shaxs tipologiyasiga doir yondashuvdan iborat. U shaxsni ikki tipga ajratdi: ekstraversiya va introversiya.
Ekstraversiya– «ichkaridan tashqariga yo‘naltirilgan» degan ma’noni anglatib, bu tipga moyil shaxslar ko‘proq odamlar ichida bo‘lishni yoqtirishadi,o‘z kechinmalarini ko‘proq atrofdagilar bilan baham ko‘radi. Muloqotga kirishuvchan, tanishlari doirasi keng. Ba’zi hollarda jiddiylik etishmaydi. Odamlarni tez ishonchini qozona oladi va shuningdek, tez xafa qilishga ham moyil.
Introversiya–«tashqaridan ichkariga yo‘naltirilgan» degan ma’noni anglatib, bu tipga xos shaxslar og‘ir, vazmin, ko‘ngli nozik, beparvo, do‘stlik qoidalari qat’iy amal qiladigan. Muloqot doiralar cheklangan, tortinchoq, ko‘proq o‘zlarining ichki dunyolari bilan band va yolg‘izlikni yoqtiradigan.
O‘z navbatida shaxs tiplarini psixikaning funksiyalari bilan uyg‘unlashadi. K.YUng to‘rta asosiy psixik funksiyaga e’tibor qaratdi:
fikrlovchi-ratsional;
hissiyot-ratsional;
sezgi –irratsional;
intuitsiya-irratsional.
Fikrlovchi tip-biror narsaning qadr-qimmatini aniq faktlar va mantiqiy mulohazaga tayanib baholaydi.
Hissiyotli tip-yaxshi-yomon, go‘zal-xunuk tamoyiliga asoslanib emotsional baholaydi.
Sezgiga asoslanuvchi tip-sezgi a’zolariga tushuvchi, tashqi olam haqidagi axborotlarga tayanadi.
Intuitiv tip-hayotiy voqealarning mazmunini ongsizlikda, tuyg‘usi va taxminlariga ko‘ra baholaydi.
K.YUng ham Freyd singari psixikaning tuzilishi masalasiga e’tibor qaratdi. Uning talqinicha, psixikaning tuzilishi quyidagilardan iborat:
Ong.
Shaxsiy ongsizlik-o‘zida qachonlardir anglangan, hozir siqib chiqarilgan va unutilgan nizo va taassurotlar, etarlicha ifodalanmagan hissiy taassurotlarni qamrab oladi. SHO- o‘zida emotsional zaryadlangan, bir fikr, tuyg‘u va taassurotlarning ustuvor bo‘lib qolishidan iborat komplekslarni tashkil etadi.
Kollektiv ongsizlik-insoniyat va avlodlarning xotira izlarining yashirin saqlanishi . Unda bizning o‘tmish emotsiyalarimiz va insoniyatga xos fikrlar va tuyg‘ular aks etgan.
Arxetiplar. Arxetiplar — birlamchi model yoki kollektiv ongsizlikning tarkibiy elementi hisoblanadi. Ular o‘zida insonlar idrok etganlarini, kechinmlari va voqealar ta’siriga javob berishini ma’lum obrazlarda ilgari surishlari tug‘malik shaklini namoyon etadi.
Eng asosiy arxiteplar Men arxetipi, ota, ona, Xudo, donishmand va boshqa arxetiplaridir. Arxetiplar o‘zida simvollar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Masalan, Mariya , Mona Liza va boshqalar. Hoch, oltitomonli yulduz, budda g‘ildiragi.
Dostları ilə paylaş: |