Shaxs strukturasi. Shaxs strukturasi quyidagi tuzilmalardan iborat: ego, person, anima (animus), soya va o‘zlik. Ularning mazmuniy ifodalanishi quyidagicha:
Ego — ongning markazi bo‘lib, o‘z-o‘zining anglashning asosi hisoblanadi.
Person — bu jamoa kishisi bo‘lib, inson o‘zini boshqalar bilan o‘zaro munosabatda namoyon qiladi.
Salbiy va ijobiy personlar mavjud. Birinchi navbatda u individuallikni ifodalab, kommunikatsiyaga muvofiqlashtiradi. Ikkinchidan — person individuallikni bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin. Shu bois person-ongning yuqori qatlami, ego ancha chuqurlashuv,botiq qismi.
Soya o‘zida shaxsning siqib chiqarilgan tomonini ifoda etadi. Soya egoning aks ettirilishida mavjud. Soya shaxsning sotsial standartlar mavjudligi bilan murosaga qila olmasligini ifodalovchi xohishlarini qamrab olgan. Soya-hayot quvvat, ijod manbaini saqlovchi sanaladi. Shu sababli ego soya quvvatini zarur oqimga yo‘naltiradi.
Anima va animus.K.YUng erkak va ayol psixikasining o‘ziga xos tabiatini anima va animus tushunchalari bilan izohladi.
Anima — erkakdagi ayolning ichki timsoli, ya’ni ongsiz namoyon bo‘luvchi ayollik tomoni;
Animus— ayollardagi erkakning ichki timsoli, uning ongsiz namoyon bo‘luvchi ayollik timsoli. YUng anima va animus inson xulq-atvorida uyg‘unlashagan tarzda namoyon bo‘lishi kerak, oqibatda uning har tomonlama muvofiqlashuvini ta’minlaydi.
O‘zlik. O‘zlik — shaxsning yaxlitlik arxetipi hisoblanadi. O‘zlik onglilik va ongsizlikni birlashtirib, boshqa barcha elementlar uyushuvini tashkil etuvchi aynlana markazi hisoblanadi. Ruhning barcha jabhalarini integratsiyasiga erishganda, inson uyg‘unlikni sezadi. Shu sababli, o‘zlikni rivojlanishi inson hayotining bosh maqsadidir.
A.Adlerning Individual psixologiyasi Alfred Adler (1870-1937) individual psixologiyaning asoschisi hisoblanadi.
Uning asosiy asarlari: «Nerv xarakteri haqida» (1912), «Individual psixologiyaning nazariyasi va amaliyoti» (1920), «Insonshunoslik» (1927), «Hayotning mazmuni» (1933).