Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə75/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Asosiy adabiyotlar
  1. Клонингер С. Теория личности: познание человека. -СПб.: Питер. 2003. -720 с.


  2. Ғозиев Э.Ғ. Умумий психология. Т.: Ўқитувчи, 2010.




Nazorat savollari
  1. Shaxs muammosining metodologik asoslari


  2. Shaxs nazariyalarini reprezentativlik mezonlari


  3. Shaxsni tadqiq etish metodlari.


  4. Shaxsni o‘rganish yoki qiyoslash


  5. Nomotetik yondashuv


  6. Ideografik yondashuv


  7. Shaxs nazariyalarini ijobiy baholash mezonlari




2-mavzu. Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari
Reja :
  1. Z. Freydning klassik psixoanalizi


  2. Z. Freydning izdoshlari- K. YUng va A. Adler.




Z.Freydning psixoanalitik nazariyasi
Z.Freyd g‘arb madaniyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Agar ko‘chadagi 100 nafar insondan so‘rasangiz taniqli psixologning nomini bilishlari haqidagi mulohazani Kit Stanovich (1996) ilgari suradi. Freydning klinik psixologiya va psixiatriyadagi ilmiy qarashlarini alohida o‘ringa ega. Z.Freyd nimani o‘rgandi? U she’riyat, pesa va falsafaga juda qiziqishi bo‘lganligi sababli, o‘z tadqiqotlari uchun vaqtni bekorga sarflamadi. U tibbiyot yo‘nalishida tahsil olgandan so‘ngra xususiy amaliyot bilan shug‘ullandi. U amaliyotda nevrologik sababga ega bo‘lmagan ruhiy o‘zgarishga ega bo‘lgan patsientlarga duch keldi. Masalan, baqquvvat bo‘lsa-da, patsient qo‘lidagi sezgilarni yo‘qolishining sababini Z.Freyd insonning aqliga bog‘liqligini aniqladi. Bunday holatda patsientni davolash yo‘li uning o‘ziga munosabatini o‘zgartirishda degan xulosaga keldi.
Freydning kuzatishlari qator nevrologik buzilishlarning psixologik sabablari mavjudligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keldi. Bu orqali Freyd ongsizlikni kashif qildi. Uning fikricha ko‘zi ojizlik yoki karlik, beixtiyor ko‘rmaslik va eshitmaslik xohishi insonga keskin xavotirni uyg‘otar ekan. Freyd gipnoz ongsizlikka yo‘l deydi va patsientlarni davolashda undan foydalandi. Gipnoz tufayli patsientlar o‘zlarining anglab bo‘lmas qobiliyatlarini ochdilar. Shu asosida u patsientlarning o‘zlarini ruhiy engillashishlariga imkon beruvchi erkin assotsiatsiya usulini olib kirdi. Ushbu usulga ko‘ra patsient o‘zining dardlarini bayon etadi. Bu esa patsientlarga ruhiy engillik olib keldi. Freyd ruhiy buzilishlarning zamini, bugungi bezovtalanishlarning sababi patsientlarning o‘tmishi bilan bog‘liq, bolalikdagi tuyg‘ulariga borib bog‘lanishini ta’kidladi. Kasalliklarning ongsizlik sabablariga tayangan shaxs nazariyasini psixoanaliz davolash metodi bilan bog‘ladi.
Freyd topografik modeldan foydalanib, psixik hayotni uch darajasini ajratdi:
-ong;
-ongoldi;
-ongsizlik;
Ong darajasi. Ong darajasi insonning ma’lumotlarini aniq damdagi sezgi va kechinmalaridan namoyon bo‘ladi.Ong miyada saqlanuvchi ma’lumotlarningkam qismini qamrab oladi. So‘ngra ma’lumotlar ong oldi yoki ongsizlik sohada yuklanadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin