Shaxs motivatsiyasi Olport ning fikricha uning motivlari aftanomligi darajasiga va uning biologik extiyojilaridan xolos bulishga bog‘liq. Shaxslar ishning mexanizmi sifatida Olport xatti -xarakatlarini [trates] ko‘rsatdi .
Xarakatda shunchasixarakter harakati emas balki ‘‘xarakat matev’’ ,’’xarakat qiziqish’’ dir.
Olport belgilagan xarakat mativ xisoblanadi.U kattalarning matevlari kichkina bolalarnikidan kiskin farq qilishini etirof etish bilan birga ularning biologik xolatmasligi shuningdek ular ruhiy manaviy holat ham emasligini takidlagan.Olpartning fikricha inson xarakatining motivi haqida. U qaerdan paydo buladi degan savol bizga kishi tabiiy bir tomondan u harakat motiv biologik faktor emas desa, ikkinchi tomondan har bir inson ma’lum harakatlar to‘plami bilan dunyoga keladi.
1937 yili G.Olport sotsial intellektni odamlarni to‘g‘ri baholay bilish, ularning hulqini to‘g‘ri bashorat qilish va shundan kelib chiqqan xolda ular bilan munosabatga kirishish qobiliyati deb tavsiflaydi. U boshqa odamlarni yaxshi tushinishini ta’minlovchi bir qator sifatlarni ajratib ko‘rsatgan: bu sifatlar tarkibiga sotsial intellekt aloxida qobiliyat sifatida kiritilgan.
Shaxs tiplari:
nazariyotchi,
iqtisodchi;
estetik;
sotsial;
siyosatchi;
A.Maslou shaxs nazariyasi Maslou Abraxam Xarold (1908-1970) gumanistik psixologiya asoschilaridan biri bo‘lgan amerikalik psixolog bo‘lib, u psixologiyaga motivatsiyalarning ierarxik modelining muallifi sifatida kirib kelgan. Bu ierarxiya asosida uning tug‘ma va universalligi haqidagi postulat yotadi. U inson motivatsiyasini quyidagi ketma-ketlikda tartiblab chiqqan: Maslou ierarxiyasi asosiy mazmuniga ko‘ra, extiyojlarni hech qachon “hamma narsa yoki hech narsa” prinsipi asosida qondirib bo‘lmaydi. Ehtiyojlar bir-biriga qisman mos keladi va insonda bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq pog‘onadagi ehtiyojlarga motivatsiya uyg‘onishi mumkin. Maslouning ehtiyojlarining ierarxik modeli doirasida o‘rtacha insonning qondirishi kerak bo‘lgan 5 ta ehtiyojlarini ko‘rsatib o‘tgan:Maslou ierarxiyasi asosiy mazmuniga ko‘ra, extiyojlarni hech qachon “hamma narsa yoki hech narsa” prinsipi asosida qondirib bo‘lmaydi. Ehtiyojlar bir-biriga qisman mos keladi va insonda bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq pog‘onadagi ehtiyojlarga motivatsiya uyg‘onishi mumkin. Fiziologik – 85% Xavfsizlik va himoya – 70% Muhabbatga va aniq sotsial guruxga bog‘liqlik – 50% Hurmat va e’tibor – 40% O‘zida ehtiyojlar ierarxiyasining yuqori pog‘onasini namoyon qiluvchi o‘zini o‘zi aktuallashtirish pog‘onasi – 10 % Maslouning fikricha, inson pastroq pog‘onadagi ehtiyojlarini qondirmaguncha, yuqori pog‘onadagi ehtiyojlarga erisha olmaydi. Shuning uchun yuqori pog‘onadagilar ehtiyojlarga juda ozchilik, ya’ni aholining 1 % igina erishadi. Maslou yana shuni ta’kidlab o‘tadiki, o‘z o‘zini aktuallashtiruvchi insonlar uchun mustaqillik, xreativlik, mahsuldorlik, dunyoni falsafiy anglash va erkin muloqandmandlik xos. 1960-yillar boshlarida Maslou qo‘l ostida bir qancha gumanistik yondashuv vakillari birlashib, psixologiyadagi ikki muhim intellektual oqim bo‘lgan psixoanaliz va bixeviorizmga qarshi gumanistik psixologiyani yaratadilar. Gumanistik psixologiya kuchli tashkil qilingan nazariy tizim bo‘lmasdan, uni shaxsga va klinik psixologiyaga nazariy munosabat bildiruvchi o‘ziga xos gurux desa ham bo‘ladi. Maslou o‘z yo‘nalishini psixologiyadagi uchinchi kuch deb nomlagan. Bu yondashuv vakillari inson tabiatining aniq kelib chiqish konsepsiyalarini ajratib o‘rganishgan. Amaliy jihatdan esa bu yondashuvlar g‘arb falsafiy tafakkuri tarixida o‘zining chuqur ildiziga ega. Gumanistik psixologiyaning ildizi ekzistensial falsafa ildizlariga borib taqaladi. Uni Seren Kerkegor (1813-1855), Karl YAspers (1883-1969), Martin Xaydegger (1889-1976) va Jan-Pol Sartr (1905-1980) kabi bir qancha Evropalik faylasuf yozuvchilar hisoblanadi. Gumanistik psixologiyani namoyondalari Erik From, Gordon Olport, Karl Rojers, Viktor Frankl va Rollo Mey kabi mashhur psixologlar hisoblanadi. Gumanistik psixologiya namoyondalarining fikricha, inson hech qachon bir joyda qotib qolmaydi, u har doim rivojlanishga imkon topadi. Kollejning yuqori kurs studenti o‘zining to‘rt yil avvalgi o‘spirinlik davriga qaraganda hozir boshqacha. Uning fikrlashi, dunyoqarashi o‘zgargan. Uni yana to‘rt yildan so‘ng uchratsangiz u o‘z xayotining yangi yo‘llarini egallagan, masalan, o‘zining kasbiy kar’erasiga ega bo‘lgan yoki oilali, farzandli bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shu yo‘sinda erkin mavjudot bo‘lmish inson bu hayotda yashashi uchun o‘zining ko‘pgina imkoniyatilarini ochishi zarur. O‘z o‘rniga ega bo‘lish oson emas. Insonlar o‘z taqdirlarini tanlash va unga o‘zlarini yo‘naltirishga o‘zlari mas’uldirlar. Bu dunyoga kelgan ekanlar ular faqat birgina insonning ya’ni o‘zlarining xayotlariga mas’uldirlar. Mas’ullik va erkinlikdan qochish bu o‘zini soxta tutish bo‘lib, oxiri umidsizlik va tashvishli xayotga olib keladi. Maslou shaxsning gumanistik nazariyasini ishlab chiqqan bo‘lib, bu 50 yil davomida o‘z kuchini yo‘qotmagan. Maslouning fikricha Individ bu bir butunlikdir. Har bir insonni unikal, tashkillashgan, bir butunlikda o‘rganish kerak. U psixologiyada shuncha yildan beri insonning alohida xodisalarini detali analiz qilishganini ta’kidlaydi.