Adabiyotlar
G‘ozievE.G‘. Umumiy psixologiya.T.:O‘qituvchi, 2010.
Xoll K., Lindsey G. Teorii lichnosti. M., 1998.- 796 s.
Xell L., Zigler D. Teorii lichnosti. SPb.: Piter, 1997. – 608 s.
Nazorat savollari
Shaxsni o‘rganishlar nazariyasi.
Shaxs o‘rganishlar nazariyasi boshqa nazariyalardan farqi.
Bixeviorizmning asosiy g‘oyasi.
Skinnerning shaxsga nisbatan yondashuvlarining o‘ziga xosligi.
Sotsial o‘rganishlar nazariyasi
DJ.Rotterning ta’kidlashicha, xulqiy potensial “texnik mavjud” bo‘lgan beshta asosiy reaksiyalari.
4-mavzu. GUMANISTIK PSIXOLOGIYADA SHAXS
Reja:
1. Gumanistik psixologiyaning asosiy tamoyillari
2. G. Olportning shaxs nazariyasi
3. A. Maslouning shaxs nazariyasi
4. K. Rodjers shaxs nazariyasi
Gumanistik psixologiyaning asosiy prinsiplari
Gumanistik psixologiya inson tabiatini tushuntirishda o‘zining yondashuvi bilan boshqa psixologiya fanidagi yo‘nalishlardan farq qiladi. Bu borada mazkur yo‘nalishning vakillari sifatida G.Olportning shaxs qirralari, A.Maslouning shaxsnining o‘zini o‘zi kamol toptirish, K.Rodjersning inderiktiv psixoterapiyasi, R.Meyning shaxsning hayot yo‘li haqidagi g‘oyalarini e’tirof etish mumkin.
Mazkur yo‘nalishning har bir nazariyasi o‘zining ilmiy tushunchasi, insonning ichki olamini tushunishga yo‘naltirilgan tadqiqot usullari va psixoterapevtik yondashuvlari mavjud.
Shunga ko‘ra gumanistik psixologiyaning umumiy prinsiplari mavjud:
Inson doimo yangi maqsadga intiluvchi, o‘zini o‘zi kamol toptirish va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni ifodalovchi taraqqiyot prinsipi.
Inson o‘z tabiatiga ko‘ra erkin va mehribonlikni ifodalovchi insonparpavarlik prinitspi.
Maqsadli determinizm prinsipi. Shaxsning intilishlari kelajakka yo‘naltirilganligi bilan uning maqsad, qadriyatlari va kutilmalarini ifodalovchi sababiy determinizmni tasdiqlashi.
Inson mustaqil fikrlovchi va harakat qiluvchi mavjudod sifatida o‘zining sub’yekt sifatida namoyon qilishini ifodalovchi faollik prinsipi.
Shaxsni alohida fragmentlar bo‘yicha o‘rganib bo‘lmasligi, balki uni yaxlit o‘rganishga undovchi shaxsni noeksperimental tadqiq etish prinsipi.
Gumanistik psixologiyada tadqiqot maqsadi va ob’yektining mosligi insonni sog‘lom, o‘zini o‘zi ro‘yobga chiqarib borishini ta’minlovchi me’yorda va to‘laqonli faoliyat olib boruvchi shaxsni o‘rganish vazifasini ifodalovchi reprezentativlik prinsipi.
Dostları ilə paylaş: |