Maslou uchun shaxsning markaziy xususiyati bu uning umumiyligi va bir butunligidadir. YAxshi teoriyada oshqozon yoki tish yoki bosh og‘rig‘i kabi reallik mavjud emas. Faqatgina individium ehtiyoji mavjud. Agar bir kishi och deylik. Uning o‘zi nimanidir egisi keladi, oshqozoni emas, agar u kishi biror narsa tanavvul qilsa, o‘zi egan bo‘ladi. Uning oshqozoni emas. Demak u kishi o‘zi butunlikda ehtiyojini qoniqtirgan bo‘ladi, faqatgina oshqozonining ehtiyojini emas.
Maslouning fikriga ko‘ra, motivatsiya bitta butun insonga ta’sir qiladi, uning alohida organizmiga emas.
K. Rodjersning shaxs nazariyasi K .Rodjersning shaxs nazariyasi boshqa psixologlardan keskin farq qiladi.
Rodjers shaxs nazariyasini uchta prinsip bo‘yicha yoritdi:
inson xulq-atvorini ob’yektiv kuzatishlar orqali tushunish mumkin, shaxs esa sub’yektiv idroki va voqelikni bilishi orqali baholaydi.
3) inson o‘z tabiatiga ko‘ra mehribon va o‘zini o‘ziga kamol toptirishga intiluvchan.
Men tuzilmasida har xil qadriyatlar kiradi: 1) bilvosita organizmda kechadi ("Men o‘z ota-onamni inson sifatida idrok etaman") va
2) boshqalarda introetsirlovchilar xususiy, bilvosita idrok etishga sabab bo‘ladi (" Men o‘z xulq-atvorimni qoniqmagan holda idrok etaman”).
Men konsepsiyasi xarakterlovchi jihatlari:
Barcha shaxs xususiyatlari Men konsepsiyada o‘z aksini topadi (jismoniy, sotsial, seksual, tuyg‘u va emotsiya, tab va psixologik qirralar va boshqalar);
Men-konsepsiyaning qismlari o‘rtasida tuzilmaviy va tiplar bo‘yicha bog‘lanish mavjud;
kongruentlik-nokongruentlik, ya’ni Men-konsepsiya insonning real kechinmalarini muvofiq/ nomuvofiqligidir.
Himoya yoki kuch Men konsepsiyaning mos emasligini ifodalaydi;