Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə96/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Muloqotda qayta axborot. Muloqot muvaffaqiyatli bo'lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo'lishi - sub'yekt o'zaro ta'sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator o'zi uzatgan axborotni retsipiyent qanday qabul qilishini va qanday munosabatda bo'layotganligini qayta axborot ma'lumotlariga asoslanib bilib oladi. Muomalada suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir -birini tushunishning asosiy shartidir. Agar o'qituvchi o'quvchilarni uni qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa pedagogik munosabat yaxshi bo'lmaydi. Ayniqsa, ma'ruza o'tayotganda bu juda muhimdir.
Muloqot treningi. Trening - inglizcha maxsus rejim, trenirovka degan ma'noni bildiradi. Kishilarda muloqot malakalari tasodifan yoki ta'lim mahsuli sifatida shakllanib boradi. Masalan, o'quvchilar to'liq javob berishga, o'zidan kattaga munosabat qilganda o'rnidan turishga o'rganib boriladi.
Ijtimoiy - psixologik trening:
1 - muloqot va pedagog muomala qonuniyatlarini o'rganish.
2 - pedagogik kommunikatsiya texnologiyasini egallash, kasbiy pedagogik muomala ko'nikma va malakalarini shakllantirish vazifasini bajaradi.
Psixologik - pedagogik treningni bir shakli ish o'yinlaridir.
Nazorat savollari
1. Kishilar muomalasini faoliyat turlaridan biri deb atash mumkinmi?
2. Muloqot qanday vositalar yordamida amalga oshiriladi?
3. Muomala jarayonidagi mojaroli vaziyatlarning asosiy sababi nimada deb o’ylaysiz?
4. Kishilar o’rtasidagi muomala jarayoni samaradorligiga qanday omillar ta`sir ko’rsatadi?
5. Insonlarga xos muloqot uslubini o’zgartirish mumkinmi? Qanday usullar yordamida bunga erishish mumkin deb o’ylaysiz?
7-mavzu: Inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi.
1.Ongni rivojlanishi va unga ijtimoiy tarixiy tajribalarni o’zlashtirilishi. 2.O’zlashtirish jarayonining tavsifi.
2.Intereorezatsiya tushunchasi bolaning birgalikdagi faoliyatdan alohida faoliyatga ztish holati.
3.Eksteriorizatsiya tushunchasi ijodiy faoliyatni shakllanishidagi o’rni.
4.Yuqori psixik funktsiyalarni shakllanishi. Yuqori psixik funktsiyalarni ixtiyoriy xarakteri ijtimoiy va bilvosita. Ongning shakllanishi va inson shaxsi
Yangi jamiyat odamlardan yangicha fikrlashni, o'z - o'zini milliy jihatdan anglab yetishni, istiqlol tafakkuriga ega bo'lishni taqozo etadi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta'kidlab o'tganlaridek, “Islohotlar hayotni, hayot esa insonlar tafakkurini o'zgartiradi.”
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonunini amalga oshirish, undan kelib chiqadigan vazifalarni hal qilish ko'p jihatdan turli darajadagi psixologik muammolarning yechilishi bilan bog'liq. Zamon talabiga mos keladigan, raqobatbardosh, yuksak e'tiqodli, ma'naviy jihatdan yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, professional faoliyatlarga oid muammolarni hal etish uchun zarur ko'nikma va malakalarga ega mutaxassislarni tayyorlashda psixologiya fanining o'rni va ahamiyati beqiyosdir.
Psixologiya grekcha “psyuxe”- “jon, rux”, “logos” - “ta'limot”, “fan” degan so'zdan kelib chiqkan bo'lib, psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi fandir. Psixologiya psixikani o'rganadi.
Psixik faktlarga quyidagilar kiradi:
- bilish faoliyatlari: diqqat, nutq, faoliyat;
- bilish jarayonlari : sezgi, idrok, xotira, tafakkur va xayol;
- ruxiy holatlar yoki shaxsning hissiy-irodaviy sohasi - hissiyot, iroda;
- ruxiy xususiyatlar yoki shaxsning individual-psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, qobiliyatlar.
Professor V.Karimovaning fikricha, psixika - inson ruxiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruxiy olamni) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, anglashimizni ta'minlaydi.
Professor M. G. Davletshin fikricha, psixika deganda oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u ob'yektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo'ladi, sub'yekt faoliyatni ma'lum maqsad asosida yo'naltiradi hamda xulq -atvor negizida shakllanadi.
Psixika bu aks ettirishdir. Jonli va jonsiz tabiatda aks ettirishning o'ziga xos usullari mavjud. Aks ettirishni “Venna diagrammasi” interfaol usuli yordamida quyidagicha ifodalash mumkin:

Jonsiz materiya uchun aks ettirishning mexanik, kimyoviy va fizik turlari xosdir. Masalan, ko'zguning aks ettirishi, suvdagi tasvir va boshqalar. Jonli materiya uchun aks ettirishning fiziologik, psixik aks ettirish turlari xos bo'lib, ong va o'z - o'zini anglash uning eng yuqori bosqichidir. Psixik aks ettirish quyidagi xususiyatlarga ega:


1. Ob'yektiv borlikni to'g'ri aks ettirish imkoniyatini beradi;
2. Shaxsning faoliyati davomida mukammallikka erishib boradi;
3. Doimo rivojlanib va shakllanib boradi;
4. Shaxsning individualligi orqali namoyon bo'ladi.
Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushunilgan. Jonning o'zini esa odam tanasidagi maxsus ikqilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar “animizm” deb atalgan (anima - jon). Jon o'z mohiyatiga ko'ra olovsimon uchqunchadan (Geraqlit) yoki olov atomidan (Demokrit) iborat deb tushunilgan.
Platonning “ideyalar tug'ma bo'ladi” degan g'oyalar psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo'shdi. Platon ta'limotiga ko'ra, “ideyalar” abadiy va o'zgarmas mohiyatdir, ularning tabiiy olamidan tashqarida oliy olam mavjud bo'lib, ularni odam ko'zi bilan ko'ra olmaydi.
Platon psixologiyada “dualizm” oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm ta'limoti moddiy va ruxiy olam, tana va psixikaning bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda mavjud bo'lib, azaldan qarama - qarshi narsalar deb tushuntiradi.
Platonning dualizmi uning shogirdlaridan Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr- 384-322 yillar) tomonidan bir muncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning “Jon haqida” asari o'sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganligidan dalolat beradi.
Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan. Hozirgi kunda psixologiya fani o'z mazmunini batamom o'zgartirgan.
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo'lib rux va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi. Jon qismlarga bo'linmaydi, lekin u faoliyatning oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi aql - idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo'ladi. Birinchi qobiliyatlar o'simlik uchun, birinchi va ikkinchisi hayvonlar uchun, uchinchisi odamlar uchun xosdir. O'simliklar, hayvonlar ruxi va aql - idrokli odam ruxi ta'limoti bilan Arastu oliy qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo'lishini bildiradigan rivojlanish tamoyilini joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni faqat o'zining xususiy faolligi orqali ro'yobga chiqarishga asoslangan holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to'g'risidagi nazariyani ilgari surdi.
Geraqlit, Demokrit, Aflotun, Arasto'larning ta'limotlari keyingi asrlarda psixologik g'oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo'lib hisoblanadi. Asta - sekin rux haqidagi tushuncha hayotning barcha ko'rinishlariga emas, faqat hozir biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo'llanila boshlandi. Psixika kategoriyasining zamirida ong haqidagi tushuncha maydonga keldi.
Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo'lishida buyuk Sharq mutafakkirlarining roli katta bo'lgan. Ular orasida - Al Xorazmiy (783-850 yillar), Al Forobiy (873-950 yillar), Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yillar), Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yillar), Mirzo Ulug'bek (1394-1449 yillar) kabilar o'zlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, tabiiy fanlar (ayniqsa tibbiyot) haqidagi fikrlari o'sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shug'ullangan olimlardan biridir. Uning rux haqida, asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning temperament (asab tizimi) xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan so'ng ham, zamonaviy psixologiyada o'z qimmatini yo'qotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi bo'lib psixoterapevtik usullarni qo'llab ko'rgan olimlardan biridir.
Psixika miyaning xususiyatidir. “Sezgi, fikr, ong, maxsus sur'atda tuzilgan materiyaning oliy mahsulidir”. Inson miyasi uzoq evolyutsion taraqqiyot mobaynida rivojlanib, takomillashib borgan. Uning og'irligi 1350-1400 g. bo'lib, 14-15 milliard hujayradan iborat.
Inson miyasining funktsional tuzilishini A.R. Luriya 3 ta blokka ajratadi: I - blok - energetik blok, u miya pustloq qismining normal ishlash tonusini ta'minlaydi. Miya po'stining yuqoridagi qismida joylashgan.
II - blok axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bloki (Ikkala yarim sharlarining orqa qismiga, tepa, chakka va ensa qismlariga joylashgan).
III - blok faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish va nazorat qilishni ta'minlaydi (peshona qismiga joylashgan). Nerv hujayrasi va uning o'simtalari, ularni qoplovchi pardalar neyron deb ataladi. Neyronning asosiy vazifasi qo'zg'aluvchanlik va o'tkazuvchanlikdir.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin