? MULOqOTGA KIRISHUVCHILAR BIR - BIRINI HAR DOIM HAM TO'g'RI TUSHUNADILARMI?
Muloqotning pertseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo'ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi.
Kishini kishi tomonidan idrok qilish mexanizmi.
Muomala jarayonida kamida ikki kishi ishtiroq etadi. Kishining qiyofasi, xatti - harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Bir -birini idrok qilishda quyidagi mexanizmlar g'oyat muhimdir:
a) identifikatsiya;
b) refleksiya;
v) stereotipizatsiya.
Identifikatsiya (lotincha tenglashtirish) tasnifini u kishiga tenglashtirish, baravarlash.
Refleksiya — (lotincha aks ettirish) - o'z fikr va kechinmalarini tahlil qilish va mulohaza yuritish, ya'ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Kishini kishi tomonidan idrok qilishini ikqilangan oynadagi aks ettirishga o'xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o'zini ham aks ettiradi, agar kishi o'zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida to'liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo'lsa, ular bilan bexato aniqlikda o'zaro ta'sir o'rnatishi mumkin. Biroq sub'yekt hamma vaqt bunday aniq ma'lumotga ega emas. Shuning uchun u boshqalar xatti - harakatining sabablarini o'ylab chiqishga majbur bo'ladi. Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari, his - tuyg'ular, intilish va fikrlashning o'ylab chiqarilishi kauzal atributsiya deb ataladi. O'qituvchilar tomonidan bola harakatlarining shunday sababini talqin qilinishi maktabdagi pedagogik muomalani qiyinlashtiradi.
Stereotipizatsiya — grekcha o'zgarishsiz, takrorlanish degan ma'noni bildiradi. Stereotipizatsiya mos ma'lum yoki taxminan ma'lum bo'lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo'li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash demakdir. Ba'zan muomala jarayonida noto'g'ri stereotip vujudga keladi. Masalan, A.A.Bodalev tomonidan o'tkazilgan suhbatga ko'ra kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. So'ralgan 72 kishining 9 tasi kvadrat ko'rinishiga ega bo'lganlar kuchli, irodali, 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar yengilmas, bo'ysunmas xarakterga ega. 5 kishi bo'yi o'rtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo axmoq yoki o'zini sevuvchi kishilar bo'ladi, deb tasdiqlagan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi muhim o'rin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqot bunga misol bo'la oladi. 400 ta o'qituvchilarga baholash uchun tarqatilgan ishlarni ular 200 tasi ijobiy, chiroyli, 200 tasi salbiy xunuk, ёqimsiz deb berganlar. Ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki xarakterini ta'riflash so'ralgan edi. Afsuski baholarning sub'yektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog'liqdir.
Dostları ilə paylaş: |