Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə93/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Adabiyotlar:
  1. Ғозиев Э.Ғ. Умумий психология. Т.: Ўқитувчи, 2010.


  2. Холл К., Линдсей Г. Теории личности. М., 1998.- 796 с.


  3. Хьелл Л., Зиглер Д. Теории личности. СПб.: Питер, 1997. – 608 с.




Nazorat savollari
  1. Ekzistensial psixologiyada shaxs muammosining o‘rganilishining o‘ziga xosligi.


  2. Psixologiyada epigenez qonuniyati


  3. Epigenetik va preformistik psixologik nazariyalar


  4. Ilk etuklik davrida izolyasiya hissi


  5. Psixikaning kompensatorlik imkoniyatlari


  6. V.Frankl: ekzistensial tahlil va logoterapiyanazariyasi


  7. L. Binsvanger va M.Boss: shaxsning ekzistensial nazariyasi




6-mavzu: Psixik jarayonlarni shakllanishida tilning ahamiyati
Режа:
1.. Nutqning funktsiyasi.
2. Muomalaga kirishish shaxsning faolligi sifatida.
3.Nutqli va nutqsiz muomala. Muloqotning tizimi.
4.Ongning aniq psixologik tavsifi. Ongli timsollar tizimi: xissiy maxsulot, ma’nosi va shaxsiy g’oya. Ongli dunyo tasvirida uning roli
Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy -tarixiy tajribani o'zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o'rnatish o'z harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq esa aloqa jarayonining o'zidir. Nutq faoliyatining faol va passiv turlari farqlanadi: So'zlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi esa passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi nutqqa bo'linadi. Tashqi nutq-yozma va og'zaki nutqka, ogzaki nutq esa monolog va dialogik nutqqa bo'linadi. Monolog - bir kishining o'ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Bu o'qituvchining bayoni, o'quvchining to'laroq javobi, ma'ruza va boshqalardir. Monologik nutq ma'lum qiyinchiliklarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e'tibor berish kerak. Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda o'qituvchilar o'quvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida e'tibor berishlari kerak. Ikki yoki undan ortiq kishilar o'rtasidagi nutq dialog deyiladi. Dialogik nutqda bayon qilinayotgan fikr ko'p jihatdan undan oldingi fikrga bog'liq bo'ladi. Dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma'lum bo'lgan ayrim so'zlar tushirib qoldiriladi. Shuning uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo'lmasligi mumkin. Dialogik nutqda har xil turdagi shablonlar, ya'ni odatlanib qolingan so'z birikmasi ko'p uchraydi (qoyil, marhamat qilib aytingchi). Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi sifatida namoyon bo'ladi. Biz so'zni chala - yarim aytishimiz bilanoq tushunaveramiz. Ichki nutq ayrim og'zaki nutq aktlaridan ilgariroq, xuso'san ixtiyoriylik darajasi ancha yuksakroq bo'lgan og'zaki nutqdan ilgariroq sodir bo'lishi mumkin. Yozma nutq monologik nutqning turlaridan biri bo'lib yozma nutq monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir.
Noverbal kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko'z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiya - so'zni to'ldiradi, kuchaytiradi va ba'zan uning o'rnini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish yo'q degani, ruslarniki teskarisi bo'ladi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo'ladi. Masalan, bolalar ko'pincha kattalarga ta'sir etish, ularga o'z xohish va kayfiyatlarini o'tkazishda yig'idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so'z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir. Bu ayniqsa pedagog uchun g'oyat muhimdir.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin