Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə98/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Nazorat savollari
1. Psixologiya inson haqidagi fanlar orasida qanday o’rin tutadi?
2. Inson ruhiyati haqidagi dastlabki qarashlardagi kamchiliklar nimadan iborat?
3. Psixologiya fani Sizning bo’lajak faoliyatingizda qanday ahamiyatga ega?
4. Hayvonlarning ba`zi xatti-harakatlari o’ta aqlli bo’lib tuyiladi. Shunga asoslanib ularda ong bor deb aytish mumkinmi?


8- mavzu. TURLI XIL PSIXOLOGIYA MAKTABLARINING SHAXS NAZARIYALARI
REJA:
1. G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi.
2. Dj. Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi
G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi
Ayzenk Kettelning: “psixologiyaning maqsadi xulq-atvorni oldindan aytib berishdir”, - degan fikriga qo‘shilib, uning shaxsni tavsiflashda faktorli analizdan foydalanganligini ma’qullaydi. Lekin Ayzenk faktorli analizni Kettelga nisbatan o‘zgacharoq qo‘llagan. Ayzenk fikricha, tadqiqot strategiyasi tadqiqotchini qiziqtirgan qandaydir shaxs xususiyatini belgilab, to‘liq asoslangan ilmiy farazdan boshlanishi kerak. Unga qarama-qarshi o‘laroq, Kettelning aytishicha, shaxsni tashkil qiluvchi asosiy elementlar batareya testlari hamda ma’lumotlarni qayta ishlash orqali namoyon qilinadi. Shunday qilib, Ayzenk nazariyasi Kettelnikiga qaraganda ancha shafqatsiz yondashuvga ega. Ketteldan farqli o‘laroq, Ayzenkning ta’kidlashicha, shaxs xulq-atvori namoyon bo‘lishini tushuntirish uchun uchta superbelgi (u bularni tiplar deb ataydi) zarurdir. Esingizda bo‘lsa, Kettel shaxs strukturasini tashkil qiluvchi 16 ta belgi yoki faktorni belgilagan edi. Va nihoyat, Ayzenk individ rivojlanishida asosiy e’tiborni genetik omillarga qaratadi. Bu bilan, Ayzenk tashqi muhit ta’sirini inkor qilmagan, balki shaxs xususiyatlari va tiplari avvalo, irsiyatga aloqador ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Hozirgi paytgacha, genetikaning shaxs xulq-atvoriga qay darajada ta’sir etishi aniqlanmagan bo‘lsa-da, ko‘p psixologlar bu borada Ayzenkning fikrlariga qo‘shilishadi.
Ayzenk nazariyasining mohiyati shundan iborat-ki, shaxs elementlari ierarxik joylashishi mumkin. Uning sxemasida (6-4 rasm) ekstraversiya singari ma’lum bir shaxs xususiyatlari yoki tiplari keltirilgan bo‘lib, ular xulq-atvorga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida, har bir keltirilgan superbelgilar bir qancha tarkibiy belgilardan tashkil topganini ko‘rsatgan. Bu tarkibiy belgilar asosiy tipning yuzaki aksi bo‘lishi yoki bo‘lmasam, shu tipga tegishli o‘ziga xos xususiyat sifatida ko‘rilishi mumkin. Va nihoyat, belgilar ko‘p sonli odatiy reaksiyalar dan tarkib topgan bo‘lib, ular o‘z navbatida, ko‘plab o‘ziga xos reaksiyalardan shakllanadi. Misol uchun, biron shaxsni kuzatadigan bo‘lsak, agar u boshqa bir inson bilan iliq yuz va samimiy tabassum bilan qo‘l uzatib ko‘rishsa va bu holat har safar kim bilandur uchrashganda sodir bo‘laversa, bu uning odatiy reaksiyasi hisoblanadi. Ushbu odatiy reaksiya boshqa odatiy reaksiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bularga misol qilib, boshqa odamlar bilan suhbatlashish, turli bazmlarga borishni yoqtirish va hakazolarni aytish mumkin. Bu odatiy reaksiyalar guruhi kirishimlilik xususiyatini shakllantiradi. 6-4 rasmda ko‘rsatilganidek, kirishimlilik bosqichida aktiv va o‘ziga ishongan xatti-harakat asosiy hisoblanadi. Umumiy holatda bu xususiyatlar superbelgi yoki tipni tashkil qiladi. Ayzenk uni ekstraversiya deb ataydi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin