Audit tekshiruvi davomida ekspert xizmatidan foydalanish



Yüklə 20,15 Kb.
tarix27.06.2023
ölçüsü20,15 Kb.
#135396
Audit tekshiruvi davomida ekspert xizmatidan foydalanish


Audit tekshiruvi davomida ekspert xizmatidan foydalanish
«Ekspert ishidan foydalariish» nomii № 16 AFMS ga asosan ekspert — auditorlik tashkiloti shtatida turmaydigan, buxgalteriya hisobi va audit dan farq qiluvchi sohalarda yetarlicha bilim, tajaba va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassisdir. Ekspert sifatida auditorlik firmasi yuridik shaxs hisoblangan ixtisoslashgan firmani jalb etishi mumkin. Bu firmalar mol-mulkni baholash, muhandislik, geologiya kabi sohalarda xizmat ko‘rsatadilar. Audit tekshiruviga ekspert quyidagi hollarda jalb etilishi mumkin:
1) ma’lum mol-mulkni (yer, bino, mashina va uskunalar va h.k.z.) baholashda;
2) mulkning miqdori va holatini aniqlash uchun (foydali qazilmalarning zaxirasi, mashina va uskunalarning xizmat muddati);
3) bajarilgan ishlarning hajmini aniqlashda (qurilish, geologorazvedka);
4) shartnomalar, ta’sis hujjatlari, me’yoriy hujjatlarni yuridik baholashda. Audit tekshiruvida ekspert xizmatidan foydalanish to‘g‘risidagi qarorni auditorlik firmasi rahbariyati mavjud shart-shioitning murakkabligi, muhimligi kabi omillarni hisobga oigan holda qabul qiladi. Audit tekshiruvida qatnashish uchun ekspert quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) ekspert xizmat ko'rsatmoqchi bo'lgan sohada malakaga egaligini tasdiqlovchi hujjat (diplom, attestat, litsenziya);
2) ekspert xizmat ko'rsatmoqchi bo‘lgan sohada ish tajribasi;
3) davlat muassasasi tomonidan shu tarmoqda xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi litsenziya.
Ekspert tekshiruvga obyektivlik bilan yondoshishi kerak. Auditorlik firmasi quyidagi hollarda ekspert xizmatidan foydalanishi mumkin emas: - ekspert (jismoniy shaxs) audit tekshiruvidan o'tayotgan korxonaning ta’sischisi, ta’sischilarning yaqin qarindoshi yoki korxonaning xodimi bo‘lgan hollarda; - ekspert (yuridik shaxs) audit tekshiruvidan o‘tayotgan korxonaning ta’sischisi, kreditori, sug‘urtachisi bo'lgan yoki ekspert firmasini tekshiruvdan o'tayotgan korxona tuzgan bo‘lsa.
Audit tekshiruviga ekspert jalb etilgandan so‘ng yuqoridagi hollar m a’lum bo'lib qolsa, auditor ekspert xulosasining obyektivligini tekshirishi yoki boshqa ekspertni tayinlashi kerak. Auditor mijoz korxonada audit teksliinivi jarayonida ekspert xizmatidan löydalanish uchun mijoz roziligini olishi lozim. Mijoz ekspertni tekshiruvga jalb etishni rad etsa buni yozma ko‘rinishda bayon etishi kerak. Bunday hol ro‘y bergan taqdirda auditor ijobiy auditorlik xulosasini berish masalasini chuqur ko‘rib chiqishi zarur. Auditor ekspert xizmatidan shu ekspert va audit tekshinividan o‘tayotgan korxona o'rtasida yoki ekspert va auditor o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida foydalanadi. Ushbu sh;irtnomada quyidagi masalalar ko‘rilishi kerak:
1) ekspert xizmatining maqsadi va hajmi;
2) auditor ekspertdan javob ohshni istagan aniq masalalar;
3) ekspert va audit tekshiruvidan o‘tayotgan korxona o'rtasidagi munosabatlar tavsifi;
4) ekspert o‘z tekshiruvi davomida qo‘llashni rejalashtirgan taxmin va uslublar;
5) ekspert xulosasining shakli va mazmuni.
Ekspert o‘z xulosasini yozma tarzda xulosa kp'rinishida tayyorlaydi. Ekspert xulosasi auditor ekspert tekshinivi mohiyatini. uslubiyatini osonlik bilan tushunishi mumkin bo'lgan shaklga ega bo‘lishi kerak. Xususan ekspert xulosasida quyidagilar yoritilishi zarur:
1) ekspert o‘z tekshiruvini ohb borgan korxona turi;
2) tekshiruv obyekti;
3) tekshiruv hajmi va ekspert o‘z zimmasiga olayotgan mas’uhyat ko'lami;
4) tekshinivda qo‘llanilgan uslubiyatlar va ulaming avvalgi yillardagi ekspert tekshiruvi uslubiyatiga mosligi;
5) ekspert tom onidan aniqlangan har qanday muhim shubhali holatlar;
6) tekshiruv natijalari.
Ekspert xulosasi kirish, tadqiqot va xulosa qismlardan tashkil topadi. Kirish qismida quyidagi ma’lumotlar ko'rsatiladi:
1) ekspert o‘z tekshinivini o‘tkazgan korxona to‘g‘risida ma’lumot;
2) ekspert tomonidan amalga oshirilgan ish;
3) ekspert to‘g‘risida ma’lumot: familiyasi, ismi sharifi, ma’lumoti;
4) tekshiruv uchun zaniriy ma’lumotlar kelib tushgan sana;
5) zaruriy m a’lumotlaming turi;
6) ekspert oldida turgan vazifalar, o‘rganilishi lozim bo'lgan masalalar.
Ekspert xulosasining tadqiqot qismida tekshiruv jarayoni va natijalari to‘g‘risidagi m a’lumotlar keltiriladi. Tadqiqot qismida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriiadi:
1) tekshiruv o'tkazilgan sohada mutaxassis bo‘lmagan shaxs uchun ham tushunarli tarzda bayon etilgan tekshirav uslubiyati;
2) ekspert totnonidan tekshiruv jarayonida qo‘llanilgan m e’yoriy hujjatlar;
3) tadqiqot natijalarining professional tarzdagi tahlili;
4) maxsus atamalar qo‘ llanilgan bo'lsa ularning ta’rifi, mohiyati.
Agar tekshiruv jarayonida ekspert oldiga qo‘yilgan m a’lum tur savollar, masalalarga javob topilmasa ekspert bu holatni ekspert xulosasining tadqiqot qismida bayon etishi kerak. Ekspert xulosasining xulosa qismida ekspert tekshiruvdan oldin uning oldiga auditor tomonidan qo‘yilgan savoliar, masalalarga alohida javob beradi. Har bir savolga aniq javob berilishi, agar javob berishning imkoni bo‘lmasa bulling sabablari ko‘rsatilishi kerak. Ekspert oldiga auditor tomonidan qo‘yilmagan, ammo ekspert fikricha o‘rganilishi lozim bo'lgan savollar, masalalar javoblari bilan xulosa qismida keltiriladi. Ekspert xulosasi tushunarli, sodda ko'rinishga ega bo‘lishi lozim. Aks holda mutaxassis bo'lmagan shaxslar xulosadagi ma’lumotlarni turlicha tushunisliLari mumkin. Xulosa quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi zarur:
1. Hujjatning nomi.
2. Hujjat tayyorlangan sana.
3. Ekspertning iinzosi.
4. Ekspert yuridik shaxs bo'lgan taqdirda uning muhri.
Xulosa ikki nusxada tayyorlanadi. Uning bir nusxasi audit tekshiruvidan o'tayotgan korxonaga, ikkinchi nusxasi auditorlik firmasiga beriladi. Ekspert xulosasi quyidagi m e’zonlarga asosan auditorlik firmasi tomonidan baholanadi:
1. Ekspert xulosasi asoslanayotgan m a’lumotlarning to‘g‘ri va tekshiruvga aloqadorligi.
2. Ekspert tekshiruv jarayonida qo'llagan uslubiyatlar, taxminlarning to‘g‘ri, asosliligi.
3. Ekspertning yakuniy xulosasining tekshiruv uslubiyatidan kelib chiqqan holda bayon etilganligi.
Agar ekspert xulosasini o‘rganish jarayonida auditor ekspert xulosasida keltirilgan va korxona berg;ui ma’lumotlar o‘rtasida muhiin farqlanishni aniqlasa, yoki ekspert xulosasi asosli emas degan iikrga kelsa ekspert xulosasini tekshirish uchun kerakli muolajalarni qo‘llashi yoki boshqa ekspertni jalb etishi kerak. Ekspert xulosasi audit ishchi hujjatlariga kiritiladi. Audit tekshiruvi jarayonida ekspert xizmatidan foydalanish audit orning zimmasidagi mas’uliyatni kamaytirmaydi.
Yüklə 20,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin