XVIII - XIX asrlarda milliylik xususiyati yorqin ifodalangan jismoniy tarbiya tizimlari yuzaga kela boshladi. Ulardan - nemis jismoniy tarbiya tizimi Guni-Muts (1759-1838) Vits (1763-1836) va Yan (1778-1852); shved jismoniy tarbiya tizimi - Ling (1776-1839); chex jismoniy tarbiya tizimi - Tirsh (1832-1884); daniya jismoniy tarbiya tizimi - Naxtegall (1777-1847); fransuz jismoniy tarbiya tizimi - F.Amoros (1770-1847) va boshq. tomonidan yaratilgan. Hamma milliy tizimlar tamoyillari va maqsadlari turlicha bo’lishiga qaramasdan, boshqa jismoniy mashqlar bilan bir qatorda xalq orasida eng ommabop bo’lgan kurash, qilichbozlik, yugurish, suzish, o’yinlarni o’z ichiga olgan.
.
4. ADABIYoTLAR
1.Kun L. Vseobshaya istoriya fizicheskoy kulture i sporta. M., 1982.
2.Stolbov V.V. Istoriya fizicheskoy kulture i sporta. M., 1975.
3.Sportivnaya borba. pod.red. Tumanyana G.S. M., 1985.
4.Sportivnaya borba. pod.red. Kupsova A.P. M., 1978.
5.Galkovskiy N.M., Kerimov F.A. Volnaya borba, T., 1987
5-Mavzu: Kurash turlarining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi.. Erkin kurash Reja:
1. Har xil kurash turlari paydo bo’lishining tarixiy manbalari Tayanch iboralar:Zamonaviy erkin kurash, Olimpiya o’yinlari, Sportdagi professionalizm , yunon-rum kurashi, erkin kurash, Kurash san’ati , Gomer, Pindar, Platon , raqs va qurolsiz o’z-o’zini himoya qilish. Erkin kurash Erkin kurash tarixi ildizi qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. Ma’lumki, har xil sport turlari bo’yicha kompleks sinovlar qadimgi yunonlar umumiy jismoniy tayyorgarligi asosini tashkil qilgan. Erkin usulda kurashish hamma sport turlari ichida katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Kurashchilar bellashuvlarida, hozirgi qoidalardan farqli o’laroq, raqibni safdan butunlay chiqarib yuborish yoki uni mag’lub bo’lganligini tan olishga majbur qilish g’alaba mezoni bo’lib xizmat qilgan. Kurashda bunga raqibni bellashuvni davom ettirishdan mahrum qiluvchi samarali usullarni o’tkazish, eramizdan avvalgi VIII asrdan boshlab esa - uni tizzada turishga majbur qilish yo’li bilan erishilgan.
qadimgi dunyo haykaltaroshlari kurash bellashuvlaridan parchalarni tasvirlaganlar. Bu bellashuvlarda kurashchilar oyoqlardan ushlashlar bilan bir qatorda oyoqlar yordamida bajariladigan harakatlardan foydalanganlar.
Zamonaviy erkin kurash, mutaxassislarning fikricha, Angliyada shakllangan. XVIII asrdanoq bu erda shunday kurash varianti mavjud bo’lganki, bunda kurashchilarga hujum vositalarini tanlashda keng imkoniyat berilgan.
XIX asr evropada professional kurashning jadal rivojlanish asriga aylandi.
Sportdagi professionalizm Amerikani ham egalladi. Kurash serdaromad mashg’ulotga aylandi.
Shimoliy Amerikada erkin kurashni targ’ib qiluvchi yoshlar sport to’garaklari paydo bo’la boshladi. Kurash insonni har tomonlama rivojlantiruvchi, qiziqarli va tomoshabop sport turiga aylandi.
1904 yilda Aqshda o’tkazilgan uchinchi Olimpiya o’yinlarida amerikaliklar, mezbon sifatida o’z huquqlaridan foydalanib, birinchi bor olimpiya dasturiga yunon-rum kurashi o’rniga erkin kurash musobaqalarini kiritdilar. Biroq boshqa davlatlar vakillari bu musobaqalarda ishtirok etmadilar, chunki hamma ishtirokchilar bitta mamlakat - Aqsh vakillari edi. Keyingi Olimpiya o’yinlari (1908 y.) dasturida ikkita kurash turi bor edi. Biroq V Olimpiya o’yinlarida (Shvesiya, 1912 y.) tashkilotchilar erkin kurashni Olimpiya dasturiga kiritmadilar va sportchilar yunon-rum kurashi musobaqalarida qatnashdilar.
VII Olimpiya o’yinlaridan boshlab (Belgiya, 1920y.) erkin kurash doimiy ravishda Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritiladi. Lekin Olimpiya o’yinlari turli mamlakatlar erkin kurashchilarining o’z kuchlarini sinab ko’radigan yagona musobaqalar edi. Boshqa hech qanday xalqaro musobaqalar u vaqtda o’tkazilmasdi.
Birinchi evropa chempionati 1929 yilda Parijda, birinchi jahon chempionati esa 1951 yilda Tokioda o’tkazildi.
O’zbekistonlik kurashchilar xalqaro maydonda katta yutuqlarni qo’lga kiritganlar. Bu ikki marta olimpiya chempionlari, bir necha bor jahon chempionlari Arsen Fadzaev va Maxarbek Xadarsev, shuningdek uch karra jahon chempioni Aslan Xadarsevlardir. Shular qatorida e.Abduramanov, e.Yusupov, L.Shepilov, A.Xaymovich, R.Ataulin, X.Zangiev, R.Islamov, A.Ochilov, D.Zaxartdinov va R.Xinchagovlar ham katta yutuqlarga erishganlar. R.Islamov, A.Ochilov, D.Zaxartdinov va R.Xinchagovlar ham katta yutuqlarga erishganlar.