ADABIYoTLAR
1.Kun L. Vseobshaya istoriya fizicheskoy kulture i sporta. M., 1982.
2.Stolbov V.V. Istoriya fizicheskoy kulture i sporta. M., 1975.
3.Sportivnaya borba. pod.red. Tumanyana G.S. M., 1985.
4.Sportivnaya borba. pod.red. Kupsova A.P. M., 1978.
5.Galkovskiy N.M., Kerimov F.A. Volnaya borba, T., 1987.
6.Nurshin J.M., Salomov R.S Kerimov F.A. O’zbekcha milliy sport kurashi, T.19-Qg’,93.
7.Ataev A.K. Kurash T., 1987.
8.Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va. Uslyati .T.2001.
9.Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti. T.2005
7-Mavzu: Kurash turlarining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi.
Dzyudo kurashi
Reja:
1. Dzyudo kurashining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi
Tayanch iboralar: Yaponcha djiu-djitsu kurashi, Doktor Dzigaro Kano, qurolsiz qo’l jangini zamonaviy dzyudoning otasi hisoblanadi, U dzyudo, ya’ni - “yumshoq yo’l” deb nom oldi, Kadokan, djiu-djitsu, karate, sumo.
Yaponcha djiu-djitsu kurashi zamonaviy dzyudo asosi hisoblanadi. Uning afsonaviy imkoniyatlari XIX asrning oxirida, ushbu qurolsiz qo’l jangini olib borish tizimining eng rivojlangan davrida evropaga kirib keldi.
Doktor Dzigaro Kano zamonaviy dzyudoning otasi hisoblanadi. Hali talabalik yillaridanoq u tana va ruh uyg’unlashuviga erishish mumkinligi ustida jiddiy fikr yuritdi. 18 yoshga kelib unda yangi kurash turini yaratish qarori paydo bo’ldi. Kano risoladagidek jismoniy qobiliyatlarga ega bo’lmasa-da, qisqa vaqt ichida djiu-djitsu, karate, sumo va boshqa milliy kurash turlarining ko’p sonli usullari texnikasini egallab oldi. Ular ichidan eng samaralilarini tanlab olib hamda xavfli ushlashlar va zarbalarni chiqarib tashlab, yangi tizim yoki kurashni yaratdi. U dzyudo, ya’ni - “yumshoq yo’l” deb nom oldi.
Kano 1882 yil universitetni tamomlab, Tokioning eyse ibodatxonasida birinchi dzyudo maktabi - “Kadokan” ni (“Usulni egallash uyi”) ochdi.
Dzyudo asoschisining hisoblashicha, bu sport turi usullarini mukammal o’rganib olib, ancha kuchli, lekin epchil bo’lmagan kishi ustidan g’alabaga erishish mumkin. Dzyu-doda eng asosiysi - bu kuch emas, balki yuqori mahorat, o’tkirlashtirilgan texnikadir. Shuning uchun dzyudo bo’yicha birinchi musobaqalar o’tkazilganda ishtirokchilarni vazn toifalariga qarab bo’lmaganlar. 1956-1958 yillarda Yaponiyada bo’lib o’tgan birinchi uchta jahon chempionatlari faqat mutlaq toifada o’tkazilgan.
Dzyudoning butun jahonda ommaviyligi ortib borayotganligi sababli 1961 yilda jahon chempionati birinchi marta evropa qit’asida - parijda o’tkazildi. Bu chempionatda shov-shuv sodir bo’ldi: 27 yoshli gollandiyalik Anton Xeesink finalda jahon chempioni Kodzi Sone ustidan g’alabaga erishdi.
Yaponiyalik dzyudochilarning birinchi muvaffaqiyatsizligi tufayli dzyudo asoschisi 1964 yildan boshlab vazn toifalarini kiritishga majbur bo’ldi. 1965 yilda Braziliyada bo’lib o’tgan jahon chempionatida ishtirokchilar to’rtta vazn toifasida medallar uchun kurash olib bordilar. Yaponiyalik sportchilar uchta birinchi o’rinlarni egalladilar, Anton Xeesink to’rtinchi bor chempion bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |