Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023


O’z-o’zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə7/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar.


  1. Qadimgi dunyoda sport kurashning paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy davrlarini tavsiflab bering.

  2. Qadimgi Yunonistonnning buyuk arboblari - Olimpiya o’yinlari g’oliblarini ayting.

  3. Sport kurashi bo’yicha birinchi kitoblar qachon paydo bo’lgan?

  4. O’zbekistonda rivojlanayotgan har xil kurash turlarining paydo bo’lish tarixi to’g’risida gapirib bering. Kurash turlari bo’yicha respublikamizning etakchi sportchilari va murabbiylarini aytib bering. Zamonaviy Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan kurash turlarini ayting.

  5. Musobaqalarda ayollar ishtirok etadigan sport kurashi turini ayting.

4. ADABIYoTLAR


1.Kun L. Vseobshaya istoriya fizicheskoy kulture i sporta. M., 1982.
2.Stolbov V.V. Istoriya fizicheskoy kulture i sporta. M., 1975.
3.Sportivnaya borba. pod.red. Tumanyana G.S. M., 1985.
4.Sportivnaya borba. pod.red. Kupsova A.P. M., 1978.
5.Galkovskiy N.M., Kerimov F.A. Volnaya borba, T., 1987.
6.Nurshin J.M., Salomov R.S., Kerimov F.A. O’zbekcha milliy sport kurashi, T., 19-Qg’,93.
7.Ataev A.K. Kurash T., 1987.
8.Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va. Uslyati .T.2001.
9.Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti. T.2005.


4-Mavzu: Kurash turlarining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi..


Reja:
1.Sport kurashining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi.


Tayanch iboralar: Qadimda kurashning ‘aydo bo’lishi. S’ort kurashi turining tarixiy manbaalari, tasniflash, tizimlashtirish va atamalar tushunchalarining ta’rifi, kurash turlarining tasnifi, kurash nazariyasi va amaliyotida qo’llanadigan tasniflashtirishning tahlili; s’ortga tasniflash, kurashchilarning vazn toifalariga, guruxiga, s’ort tayyorgarligiga qarab tasniflash.
1. Sport kurashining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi
Sport kurashi eng qadimgi sport turlaridan biri bo’lib, juda qiziqarli va yorqin tarixga ega. qadimgi inson ko’p ming yillar davomida instinktli hujum va himoyalanish harakatlaridan to zamonaviy kurash turlari usullariga yaqin bo’lgan koordinasiyalashgan harakatlargacha qiyin yo’lni bosib o’tgan.
O’troq hayot boshlanishi bilan xalqlarning jismoniy tarbiyasida jangovar tayyorgarlikka xos bo’lgan va, birinchi navbatda, har xil yakkakurash turlari oldingi qatorga qo’yilgan. qadimgi insonning muntazam yashash joylarida ov qilish sahnalari bilan bir qatorda kurashayotgan kishilarning tasviri paydo bo’la boshladi. Misr ehromlari devorlarida ko’rinishiga qaraganda mukammal texnikaga ega bo’lgan kurashchilarning tasvirlari topilgan. Taxminan e.a. 2800 yilda tayyorlangan bronzali haykal belbog’li kurashning eng qadimgi yodgorligi hisoblanadi. Uning asosida raqibni chirmab olishning og’riq beruvchi usul yotadi.
Qadimgi Hindistonda har xil yakkakurash turlari keng tarqalgan. Mahalliy aholi sog’lomlashtirish gimnastikasi, raqs va qurolsiz o’z-o’zini himoya qilish sohasida qimmatbaho an’analarni ehtiyotlik bilan saqlab kelgan. qadimiy hind qo’lyozmalarida bellashuv va yakkakurashning shunday shakllari haqida ta’kidlanadiki, bunday bellashuvlarning uslubi raqibga qo’l yoki oyoq bilan qulatuvchi qattiq zarba berish, shuningdek bo’g’ish usullarini qo’llash bilan tavsiflanadi.
Qadimgi Xitoyda jismoniy tarbiyaning birinchi paydo bo’lishi e.a. 3 ming yillikning boshiga to’g’ri keladi. Taxminan e.a. 2698 yilda “KUNFU”, deb nomlangan kitob yozilgan, unda birinchi bor xalqlar o’rtasida keng tarqalgan davolovchi gimnastika, massaj, kasalliklardan forig’ etuvchi raqslar, shuningdek jangovar raqslarning tasnifiy ta’riflari tizimlashtirilgan.
Shuni ta’kidlash muhimki, qadimgi Xitoy jamiyati, O’sha davrning falsafiy qarashlariga asoslanib, o’sib kelayotgan avlodning ahloqiy tarbiyasiga, yoshlarning irodasi hamda xarakterini shakllantirishga katta e’tibor qaratgan. Agar bellashuv jarayonida biron bir kurashchi qo’pollik qilsa yoki qoida buzsa, unda hakamlar va tomoshabinlar bu kurashchini “syao szan” deb qoralaganlar. Bu so’z jamiyatning yuqori darajada nafratlanishini anglatadi.
Hamma davrlar hamda xalqlarning dostonlari kurashning jismoniy tarbiyaning muhim elementi, jismoniy mashqlarning eng ommabop xalq turlari sifatida keng tarqalganligi to’g’risida guvohlik beradi.
Jismoniy tarbiya va kurashning rivojlanishida qadimgi Yunoniston alohida o’rin tutadi. Eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda qadimgi Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimi yaratildi va u hozircha o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Maxsus maktablarda tajribali o’qituvchilar kurash, shuningdek qisqa masofalarga yugurish, uzunlikka sakrash, nayza va disk uloqtirishlardan tashkil topgan dastur bo’yicha bolalar tayyorgarligiga alohida e’tibor berganlar. Shu bilan birga shug’ullanuvchilar qo’l jangini olib borish, toshlar uloqtirish malakasini egallab borganlar.
Qadimgi Yunonistondagi kurash texnikasi va uning rivojlanishi to’g’risida ko’p sonli haykallar, amforalar hamda vazalardagi tasvirlar, qadimiy shoirlar asarlari, tarixchilar, faylasuflar - Gomer, Pindar, Platon va boshq. ishlari guvohlik beradi. Masalan, Gomerning “Iliada” sida (eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda) Ayaks va Odissey O’rtasidagi bellashuv shunday bayon etiladi: “Kurashchilar belbog’larini taqib, maydon o’rtasiga chiqdilar hamda qo’llari bilan mahkam chirmashib, bir-birlarini o’rab oldilar. Kuchli quchoqlashish ostida qahramonlarning gavdalari qirsilladi, zo’riqdi va ulardan ter quyila boshladi. Kurashchilar gavdasidan qonlar sizib chiqa boshladi, lekin ular olishishni davom ettiraverdilar”.
Kurashning boshqa jismoniy mashqlar bilan bir qatorda san’atga tenglashtirilishi o’sha davrning o’ziga xususiyati edi. Kurash bilan o’sha davrning yirik vakillari - olimlar, shoirlar, davlat arboblari, sarkardalar shug’ullangan.
Qadimgi Yunoniston Olimpiya o’yinlari vataniga aylandi (eramizdan avvalgi 766 y.). Birinchi Olimpiya o’yinlari dasturiga kurash mustaqil sport turi (eramizdan avvalgi 708 y.), shuningdek maxsus beshkurashning tarkibiy qismi sifatida (eramizdan avvalgi 708 y.dan boshlab) kiritilgan.
O’sha davrdagi ko’pgina taniqli arboblar - matematik Pifagor, faylasuf evripid va Platon, Pindar hamda boshqalar Olimpiya o’yinlari g’oliblari bo’lishgan.
Yunonlarning har tomonlama jismoniy tarbiyalash tizimi o’rnini qadimgi Rimdagi aniq ifodalangan harbiy-jismoniy tarbiya egalladi. Bunda jangovar o’yinlar va safdagi tayyogarlikka katta e’tibor qaratildi. Gladiatorlar jangi va jangovar aravachalarda musobaqalashish kabi tomoshabop o’yinlar katta o’rinni egallay boshladi.
Evropada feodalizmning gurkirashi davrida (XI-XV asrlar) risarlar jismoniy tarbiyasi tizimi paydo bo’ldi. Har xil yakkakurash turlari (jumladan qurolsiz) uning ajralmas qismiga aylandi.
Talxofferning (1443-1467) kurash bo’yicha birinchi kitoblaridan biridagi o’kuv rasmlarida tasvirlangan harakatlar va qurolsiz o’z-o’zini himoya qilish usullari (ular Yaponiya samuraylarining “djiu-djitsu” kurashi texnikasini eslatadi) shu haqda dalolat beradiki, XV asrdan boshlab risarlarning juftlik harbiy mashklari oddiy xalqning bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan an’anaviy kurash shakllaridan muhim darajada farq qilgan. o’rta asrlar yilnomasi, qulyozmalaridan ma’lumki, hamma yarmarkalar, to’ylar, diniy bayramlarda boshqa ko’ngilochar tomoshalar bilan bir qatorda albatta kurash musobaqalari o’tkazilgan.
Yunonlar jismoniy tarbiya tizimiga qaytish uyg’onish davriga xosdir. Ushbu davrning ideali - bu har tomonlama rivojlangan, hayotning hamma sohalarida yuqori natijalarga erisha oladigan inson obrazidir. Buning natijasida italiyalik va nemis insonparvarlari yunonlar gimnastikasiga yana bir bor murojaat qilganlar. Italiyalik vrach X.Merkurialis o’zining “Gimnastika san’ati to’g’risida” deb nomlangan olti jildlik kitobida (1569 y.) qadimiy gimnastika ta’rifini bayon etgan. Shu davrning o’zida Fabian fon Auersvaldning “Kurash san’ati” (1539 y.) kitobi paydo bo’ldi.

Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin