Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə6/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

2. Kurash trenirovkasi vositalari


1.Umumiy tayyorgarlik
2.Maxsus tayyorgarlik
Sport trenirovkasi vositalari - bu turli xildagi jismoniy mashqlar bo’lib, ular to’rtta guruhga bo’lingan: umumiy tayyorgarlik, yordamchi, maxsus tayyorgarlik va musobaqa.
Umumiy tayyorgarlik mashqlariga sportchi organizmini har tomonlama funksional rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar kiradi. Ular tanlangan sport turi xususiyatlariga mos kelishi bilan birga, u bilan mahlum bir qarama-qarshilikda turish mumkin. Bunda faqat har tomonlama rivojlantirish vazifasi hal etiladi, holos. Sport kurashida - bu sport gimnastikasidagi mashqlar (buyum bilan va buyumsiz, sherik bilan va sheriksiz, bir joyda va harakatda bajariladigan qo’l, oyoqlarning turli harakatlari), yordamchi sport turlaridagi mashqlar (ogir atletika va engil atletika, sport o’yinlari, suzish, akrobatika hamda boshqalar).
Yordamchi mashqlar u yoki bu sport faoliyatida kelgusida takomillashish uchun poydevor yaratuvchi maxsus harakatlarni o’z ichiga oladi, mashqlarning bu guruhiga trenajerlar, maxsus moslamalarda, ya’ni gilam tashqarisida ishlash paytida kurashchining tezkor-kuch qobiliyatlarini oshirishga yordam beradigan vositalar kiradi. Shuningdek boshqa sport turlaridan olingan va kurashchining aerob hamda anaerob imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan vositalar (kross yugurish, regbi va boshqalar) kiradi.
Maxsus tayyorgarlik mashqlari yuqori malakali sportchilar trenirovkasi tizimida markaziy o’rinni egallaydi va musobaqa faoliyati elementlarini o’z ichiga oladigan vositalar doirasini, shuningdek shakli, tuzilmasi va organizm funksional tizimi faoliyatini namoyon qilish xususiyati hamda sifatiga ko’ra ularga yaqinlashtirilgan harakatlarni qamrab oladi.
Kurashida maxsus tayyorgarlik mashqlariga quyidagilar kiradi.
1. Yaqinlashtiruvchi mashqlar. Ular usullarning texnik tuzilmasini va uni amalga oshirish taktikasini egallash hamda takomillashtirishga yordam beradi.
2. Kurashchi uchun zarur bo’lgan maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlar.
3. Ishorali mashqlar. Ular nafaqat usullarni bajarish texnikasini, balki ular bir ma’lum taktik ko’rinishda (turli hil holatlardan, taktik tayyorgarlik usullarini ishora orqali ko’rsatishdan so’ng) qo’llanilgan paytda ma’lum ma’noda uning taktikasini ham takomillashtirishga yordam beradi. Ishorali mashqlar snaryadlarsiz va snaryad (kurash manekeni) bilan bajariladi.
4. Sherik bilan maxsus mashqlar. Kurash manekeni bilan mashqlar bajarishga qaraganda, sherik bilan bajariladigan mashqlar amalga oshirilayotgan texnik yoki taktik harakatning hamma qismlarini yanada chuqur his qilish imkonini beradi. Sherik bilan ishlash paytida berilgan harakat vaziyatini hamda zarur qarshilikni aniq qayta ko’rsatib berish mumkin. Mashq bajarayotgan kurashchining oldida turgan vazifaga qarab, sherik bo’sh, yarim kuch bilan yoki bor kuchi bilan qarshilik ko’rsatishi mumkin. Shunday sherikni tanlash lozimki, uning qobiliyatlari, tayyorgarligi, bo’yi, vazni sportchi oldiga qo’yilgan vazifalarni hal etishga yordam berishi lozim.
5. O’quv-trenirovka va trenirovka bellashuvlari.
a)O’quv bellashuvi kurash texnikasi va taktikasi bo’yicha yangi o’quv materialini o’zlashtirishga qaratilgan. Sherik bo’sh yoki yarim kuchi bilan qarshilik ko’rsatadi hamda bellashuv davomida vaqti-vaqti bilan (topshiriqqa binoan) shug’ullanuvchiga usulni bajarish uchun qulay sharoitlarni yaratib turadi.
O’quv bellashuvining o’ziga xos xususiyati yana shundan iboratki, u qandaydir bitta usul yoki usullar birikmasini egallashga qaratilgan va, odatda, faqat tik turishda yoki parterda o’tkaziladi. Agar harakat noaniq bajarilsa, bellashuvni to’xtatish hamda kurashchiga yo’l qo’ygan xatosini ko’rsatish lozim.
b) O’quv-trenirovka bellashuvlari asosan kurash texnikasi va taktikasini keyinchalik ham egallash hamda takomillashtirishga qaratilgan. U muayyan kamchiliklarni bartaraf etish, ma’lum bir jismoniy sifatlarni rivojlantirish, muayyan raqiblar bilan kurash olib borishning u yoki bu taktik manevrlarini hosil qilishga qaratilgan vazifalar bilan amalga oshiriladi. Ikkala kurashchi bir vaqtning o’zida bellashish uchun vazifa olishi mumkin.
Bellashuvlar turli formulalar bo’yicha tuzilishi mumkin: tik turishda va parterda kurash olib borishni turlicha almashtirib, faqat tik turishda yoki faqat parterda kurashish. Bellashuvni kurashchilar yo’l qo’ygan xatolarni ko’rsatish uchun to’xtatish mumkin, lekin bu ishni faqat o’ta zarur hollarda bajarish lozim.
v) trenirovka bellashuvlari texnika, taktika, musobaqa sharoitlarida kurashchiga zarur bo’ladigan jismoniy va boshqa sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Trenirovka bellashuvi yuqori surhatda o’tkaziladi. Hamma harakatlarni bajarish ularning to’g’ri bajarilishi ustidan to’liq javobgarlik bilan o’tadi. Biroq kurashchi, bellashuvni olib borayotib, mag’lub bo’lishdan cho’chimasligi lozim. Qanday qilib bo’lsa ham mag’lubiyatdan o’zini saqlab qolishga intilish oqibatida kurashchi, faqat himoyalanib, o’zining eng yaxshi ko’rgan usullari hamda qarshi usullarini takomillashtira olmaydi.
Trenirovka bellashuvlari ham vazifa bilan, ham vazifasiz (erkin bellashish) o’tkazilishi mumkin. Bu erda bellashuvning umumiy vaqti aniqlanadi hamda kurashchilar bellashuvni ham tik turishda, ham parterda olib boradilar.
O’quv va o’quv-trenirovka bellashuvlaridan farqli ravishda, trenirovka bellashuvini ogohlantirish berish maqsadida to’xtatish tavsiya qilinmaydi. Juda zarur bo’lgan xolda kamchiliklar bellashuv davomida aytib turiladi.
Musobaqa mashqlari mavjud musobaqa qoidalariga muvofiq sport ixtisosligi predmeti hisoblangan harakatlar kompleksini bajarishni nazarda tutadi. Sport kurashida ularga nazorat va musobaqa bellashuvlari kiradi.
- Nazorat bellashuvi musobaqa sharoitlariga yaqinlashtirilgan sharoitlarda raqiblarning o’zaro to’liq qarshilik ko’rsatishi bilan o’tkaziladi.
Uning maqsadi - kurashchining mashqlanganlik darajasi, uning musobaqalarda ishtirok etishga bo’lgan tayyorgarligini belgilash, kurashchining u yoki bu texnik-taktik harakatlarni egallab olganlik darajasini aniqlashdir. Nazorat bellashuvi musobaqa qoidalariga mos bo’lgan formula bo’yicha o’tkaziladi, uni to’xtatish va qandaydir tushuntirishlar bilan birga olib borish mumkin emas. Xatolar bellashuv tugagandan so’ng tahlil qilinadi.
- Musobaqa bellashuvi musobaqa qoidalariga muvofiq xolda o’tkaziladi. Uning maqsadi - o’z vazn toifasida eng kuchli kurashchini aniqlashdir. Musobaqa bellashuvida kurashchi tayyorgarligining hamma tomonlarini keyingi takomillashtirilishi amalga oshiriladi. Bu bellashuvlar o’zining ruhiy shiddatiga ko’ra kurashchi musobaqalarda o’tkazadigan bellashuvlarga yaqinlashtirilishi mumkin
Milliy kurashi nazariyasi va usuliyati o’quv fani sifatida kurashning har xil turlarida sport tayyorgarligini tashkil etish mazmuni va shaklini belgilab beruvchi umumiy qonuniyatlarni tadqiq qiladi. Sport tayyorgarligi kurashchi trenirovkasi, musobaqalarga tayyorgarlik va ularda qatnashish, shuningdek trenirovka jarayonini ilmiy-uslubiy tahminlashni qamrab oladigan ko’p omilli jarayon sifatida qaraladi.
Milliy kurashi nazariyasi va usuliyati kursining asosiy maqsadi talabalarda pedagogik faoliyatda zarur bo’lgan bilimlar, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Kurs vazifalariga milliy kurashi, sport kurashi, tarixi o’rgatish usuliyati, sportchilarning texnik, taktik, jismoniy va ruhiy tayyorgarligi usuliyati, ularning trenirovka hamda musobaqa faoliyatini boshqarish kiradi.
Mazkur fan kurashchilarning tayyorgarlik va musobaqa faoliyati xususiyatlari, musobaqa nagruzkasini mehyorlash muammolari, sportchilarning texnik va taktik mahorati mezonlari hamda omillari bilan tanishtiradi.
Bu bilimlar bo’lajak trener ishi, shug’ullanuvchilarni sport toifasi razryad talablarini bajarishga tayyorgarligini samarali amalga oshirish malakasining asosi bo’lishi lozim. Shug’ullanuvchilar tayyorgarligining umumiy pedagogik va maxsus vositalari hamda uslublarini o’z ichiga oladigan sportchilar tayyorgarligi tizimi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish katta ahamiyatga ega.
Trenirovka mashg’ulotlarini o’tkazishda trener jismoniy nagruzka parametrlarini (hajm va shiddatini), dam olish oraliqlarini oqilona qo’llash, so’z axboroti, ideomotor va autogen usuliyatlarning turli shakllarini, ko’rgazmali tahsir ko’rsatish vositalaridan foydalanishni bilishi lozim.
Mazkur fan dasturi kurashchining ahloqiy-iroda, texnik, taktik va jismoniy tayyorgarligi vositalari hamda uslublari- ni o’rganishni nazarda tutadi.
O’rgatilayotgan fanning eng muhim masalalaridan biri - bu yillik tsiklning turli davrlarida - tayyorgarlik, musobaqa va o’tish davrlarida trenirovka jarayonini rejalashtirish kiradi.
Kurashchilarning trenirovka mashg’ulotlari va musobaqa faoliyatini nazorat qilish hamda tahlil etish malakasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar-o’smirlar sport maktablari, sportga ixtisoslashgan maktab-internatlar, oliy sport mahorati maktablarida kurashchilar tayyorgarligining tashkiliy-usuliy masalalariga alohida ehtibor qaratiladi, bolalar, o’smirlar, o’spirinlar va katta yoshdagi sportchilar bilan ishlashda trenirovka jarayonini tuzish xususiyatlari ko’rib chiqiladi.
Oliy jismoniy tarbiya mahlumotiga ega bo’lgan talablarning hozirgi zamon darajasida kasb tayyorgarligida ilmiy-tadqiqot ishlari katta ahamiyatga ega bo’lmoqda, shuning uchun darslikda kurashchilar musobaqa va trenirovka faoliyatini tadqiq qilish uslublari xamda usuliyatlariga alohida ehtibor qaratiladi.
“Milliy kurashi nazariyasi va usuliyati” fanini o’rganish yuqori malakali mutaxassislar-bolalar-o’smirlar sport maktablarida yosh kurashchilar, jismoniy tarbiya jamoalarida katta yoshdagi sportchilar bilan ishlash uchun sport kurashi bo’yicha trener-o’qituvchilarni tayyorlashni ko’zda tutadi.
Milliy kurashi turlari bo’yicha bo’lajak trener-o’qituvchi jismoniy tarbiya institutida o’qish davomida tanlangan mutaxassislik bo’yicha muvaffaqiyatli mehnat qilishga yordam beradigan kasb bilimlari, malaka va ko’nikmalari tizimini egallashi lozim.

Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin