Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023


Kurash trenirovkasi maqsadi va vizifalari



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə5/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

1. Kurash trenirovkasi maqsadi va vizifalari.

2.Kurash trenirovkasi vositalari.




Tayanch iboralar: Milliy kurash texnikasi va usullarini haqida nazariy bilim, amaliy harakat ko’nikma va malakalarini egallash, o’rganish, milliy kurash bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish uslubiyotini o’rgatishga qaratilgan bo’lib.
Milliy kurash fani talabalarga kurashni o’qitish uslubi va nazariy bilimlarini o’rgatish, milliy kurash texnikasi va usullarini haqida nazariy bilim, amaliy harakat ko’nikma va malakalarini egallash, o’rganish, milliy kurash bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish uslubiyotini o’rgatishga qaratilgan bo’lib, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotning turli jabhalarida milliy kurash vostalaridan samarali foydalanib o’qitish va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.

1. Kurash trenirovkasi maqsadi va vizifalari


Sport trenirovkasi - bu yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan sport takomillashuvining yil davomida muntazam boshqariladigan pedagogik jarayonidir.
Sport trenirovkasining maqsadi - bu mazkur sportchi uchun mumkin qadar maksimal darajada texnik-taktik, jismoniy va ruxiy tayyorgarlikka erishish hamda musobaqa faoliyatida yuqori natijalarni ko’rsatishdir.
Trenirovka jarayonida hal qilinadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
- kurash texnikasi va taktikasini puxta egallash;
- zarur darajada harakat sifatlarining rivojlanishini tahminlash, shug’ullanuvchilar funksional imkoniyatlarini oshirish va ularning sofligini mustahkamlash;
- ahloqiy va iroda sifatlarini tarbiyalash;
- sportchi tayyorgarligining turli tomonlarini kompleks rivojlantirish va uni musobaqa faoliyatida namoyon qilish;
-muvaffaqiyatli trenirovka va musobaqa faoliyati uchun zarur bo’lgan nazariy bilimlar hamda amaliy tajribani egallash.
Trenirovka vazifalari parallel holda amalga oshiriladi. Biroq tayyorgarlik davri va bosqichlari, kurashchining mashqlanganligi, uning mahorat darajasi hamda boshqa omillarga qarab, bitta vazifaga ko’proq, boshqasiga kamroq e’tibor beriladi. Trenirovkaning har bir vazifalari ketma-ket, yaxshi shug’ullanuvchilarga bo’lgan talablarning asta-sekin oshib borishi sharoitlarida hal qilinadi.



Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin