Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə10/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

Yunon-rum kurashi
XVIII-XIX asrlarda evropada, ayniqsa, Fransiyada kurash bilan qiziqish qayta tiklana boshladi. Aholi o’rtasida kurashga bo’lgan qiziqishning uyg’onishi ko’p sonli professional kurashchilarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Ular sirklarda va yarmarkalarda o’z san’atlarini namoyish qilardilar. Muvaffaqiyatlar shunga yordam berdiki, shaharlarda alohida kurashchilar guruhlari paydo bo’la boshladi. Natijada professional kurashchilar o’rtasida shaxsiy birinchiliklar va Fransiya shaharlari, keyinchalik esa jahon chempionatlari o’tkazila boshlandi. Chempionatlarning yaxshi tashkil etilishi, ularning keng targ’ib qilinishi professional kurashga katta muvaffaqiyat keltirdi.
Asta-sekin fransuzlar kurashi boshqa evropa davlatlariga kirib bordi. Kurash keng ommaviylikka erishib borishi va geografik jihatdan tarqalishi bilan bir vaqtda texnik tomondan ham boyib bordi.
qo’pol kurashchilarning bellashuvlari tomoshabinlar mehrini qozona olmadi, texnika, chaqqonlik va go’zallik yanada qadrlandi.
XIX asr o’rtasida Parijda birinchi ixtisoslashgan kurash maydonlari ochildi, shuning uchun 1848 yil Fransiyada professional kurash rivojlanishining boshlanishi hisoblanadi. Bu erga turli davlatlardan - Germaniya, Turkiya, Italiya, Rossiya, Shvesiyadan turli turnirlar va chempionatlarda qatnashish uchun kurashchilar kelganlar. Shu tariqa bu sport turi xalqaro maydonda tanildi.
Bu kurash turi evropaning hamma davlatlarida “fransuzcha kurash” nomi bilan keng tarqaldi. Kurashning qadimgi Yunoniston, qadimgi Rimda rivojlanganligini hisobga olgan holda fransuzcha kurashga “yunon-rum” kurashi nomi berildi. U bizning mamlakatimizda uzoq vaqt “klassik kurash” deb atab kelingan.
Olimpiya o’yinlari tiklanishi bilan 1896 yildagi Olimpiya o’yinlari dasturiga kurash ham kiritildi. 1898 yildan boshlab evropa chempionati, 1904 yildan esa jahon chempionatlari o’tkazib kelinadi.
1912 yilda havaskorlar o’rtasida kurash musobaqalarini kuzatish va o’tkazish bo’yicha Xalqaro qo’mita tuzildi.
1921 yilda mazkur qo’mita Xalqaro havaskorlar kurash federasiyasiga (FILA) aylantirildi. U hozirda ham faoliyat ko’rsatib kelmoqda. FILA jahondagi eng yirik va ta’sir doirasi katta sport tashkiloti hisoblanadi. Hozirgi paytda u yuzdan ortiq sport kurashi bo’yicha milliy federasiyalarni birlashtirgan.
O’zbek kurash maktabi tarbiyalanuvchilari xalqaro maydonda katta yutuqlarga erishganlar. Rustam Kazakov 1972 yildagi Olimpiya o’yinlari va 1969 yildagi jahon chempionatida g’alaba qozongan. Kamil Fatkulin jahon chempionatlarining ko’p mar ta sovrindori bo’lgan.
sovrindori bo’lgan.

Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin