Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə13/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

ADABIYoTLAR


1.Kun L. Vseobshaya istoriya fizicheskoy kulture i sporta. M., 1982.
2.Stolbov V.V. Istoriya fizicheskoy kulture i sporta. M., 1975.
3.Sportivnaya borba. pod.red. Tumanyana G.S. M., 1985.
4.Sportivnaya borba. pod.red. Kupsova A.P. M., 1978.
5.Galkovskiy N.M., Kerimov F.A. Volnaya borba, T., 1987.
6.Nurshin J.M., Salomov R.S., Kerimov F.A. O’zbekcha milliy sport kurashi, T., 19-Qg’,93.
7.Ataev A.K. Kurash T., 1987.
8.Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va. Uslyati .T.2001.
9.Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti. T.2005.


8-Mavzu: Kurash turlarining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi..
Sambo
Reja:
1.Sambo kurashining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi.
..
Tayanch iboralar: Qadimda kurashning ‘aydo bo’lishi. S’ort kurashi turining tarixiy manbaalari, tasniflash, tizimlashtirish va atamalar tushunchalarining ta’rifi, kurash turlarining tasnifi, kurash nazariyasi va amaliyotida qo’llanadigan tasniflashtirishning tahlili; s’ortga tasniflash, kurashchilarning vazn toifalariga, guruxiga, s’ort tayyorgarligiga qarab tasniflash.
1.Sambo kurashi
XX asrning 30-yillari boshlarida Rossiyada yangi kurash turi - sambo shakllana boshladi. Ushbu sport turining paydo bo’lishi va rivojlanishida V.A.Spiridonov, V.S.Oshchepkov va A.A.Xarlampievlar tashabbus ko’rsatdilar. Sambo kurashi texnik-taktik tavsiflariga ko’ra dzyudo kurashiga yaqin. Sambo kurashining asoschilaridan biri V.Oshchepkov dzyudo kurashini Yaponiyadagi “Kadokan” maktabida o’rgangan. Uning rahbarligi ostida 1931 yilda Moskva Davlat jismoniy tarbiya institutida yangi kurash turini o’rganish boshlandi.
Yangi kurash turida V.Oshchepkov kurashchilar kiyimini o’zgartirdi. U yaponcha kurashdagi an’anaviy shim va kimonodan voz kechdi, ularni sport kalta shimi hamda maxsus kurtka bilan o’zgartirdi. V.Oshchepkov sport oyoq kiyimini ham o’zgatirib, yunon-rum kurashidagi kabi, lekin qirg’og’i yumshoq botinkalarni kiritdi. Texnik harakatlardan tashlashlar va oyoqlardan ushlab olib qoqish hamda oyoqlarga og’riq beruvchi usullarni kiritdi. Shu bilan birga bo’g’ib ushlab olish usullarini bekor qildi.
Yangi kurash turi 1938 yilda tan olindi. Ushbu kurash turining nomi bir qator O’zgartirishlardan so’ng (“erkin usul”, “erkin kurash”) 1947 yilga kelib rasmiy ravishda “Sambo” deb nomlandi. U so’zlarning qisqartimasidan hosil qilingan bo’lib, “samozahita bez orujiya” - “qurolsiz o’z-o’zini himoya qilish” demakdir.
Sambo jahonning bir qator mamlakalarida keng tarqaldi. U bilan Mongoliya, Bolgariya, Yaponiya, Angliya, Ispaniya, Aqsh, Fransiya, Italiya va boshqa davlatlarda qiziqib qoldilar. 1966 yilda Xalqaro havaskorlar kurash federasiyasi Kongressi sambo kurashini xalqaro sport turi deb tan olish hamda yunon-rum, erkin kurash bo’yicha chempionatlarning o’tkazilish muddatlarida jahon va evropa chempionatlarini tashkil qilish to’g’risida qaror chiqardi.
Sambo bo’yicha birinchi jahon chempionati 1973 yilda Tehronda bo’lib o’tdi. hozirgi paytda musobaqalar ham erkaklar, ham ayollar o’rtasida (1983 yildan) o’tkazib kelinadi.
1979 yilda Xalqaro sambo kurashi federasiyasi tashkil qilingan.
Sambo kurashi O’zbek milliy kurashiga (buxorocha usul) yaqin. va, ehtimol, shuning uchun bizning sportchilarimiz sambo kurashida yuqori natijalarga erishganlar. Sayfuddin Xodiev, Sobir qurbonov, Bobomurod Fayziev, Vyacheslav elistratovlar jahon chempionlari bo’lishgan.
chempionlari bo’lishgan.



Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin