Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə16/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

Tayanch iboralar: Musobaqa nizomi haqida ma`lumot berish. Musobaqa turi. Musobaqaning maqsadi va vazifalari. Qatnashuvchi tashkilot va jamoalar, qatnashuvchilar. S’ort tasnifi, yoshi, jinsi va qaysi jamoadan ekanligi. Musobaqa o’tkazish joyi va vaqti. Musobaqaning ochilish marosimi. Musobaqa o`tkazish tartibi.
Reja.
1.1Kurash bo’yicha musobaqalarni tashkil e tish va o’tqazish.
1.2.Musobaqa maqsadi va vazifalari.
1.3.Musobaqani boshqarish.
1.4.Ishtirokchilar va qatnashuvchi tashkilotlar.
1.5.Musobaqalarni o’tkazish shartlari va tartibi.
1.6.Talabnomalarni berish muddatlari va tartibi.
1.7.Ishtirokchilar va xakamlarni qabul qilish shartlari.
1.8.G’oliblarni taqdirlash .
1.9.Xakamlar kollegiyasi tarkibi va xakamlarning majburiyatlari
Tayanch iboralar: shaxsiy;b) jamoa;v) shaxsiy-jamoa;g) toifalash, aylnama usul,chetlatish bilan aylanma usul, aralash usul, sport jamoasida o’quv-trenirovka ishi ahvolini aniqlash, kurashchilar tayyorgarligi darajasini aniqlash.
1. Kurash bo’yicha musobaqalarni tashkil
etish va o’tkazish


Musobaqa - bu o’quv-trenirovka jarayonining tarkibiy qismidir. Trenirovka jarayonida odatda, sportchining yuqori sport natijalariga erishishiga yordam beradigan hamma sifatlarni yuksak darajada namoyon qilish uchun sharoitlar yaratish imkoniyati yo’q.
Musobaqalarda har bir sportchi o’z raqibini engishga intiladi va bu intilish sportchidan butun kuchni safarbar etishni talab qiladi. Bu nafaqat insonning funksional imkoniyatlarini namoyon qilishga imkon beradi, balki ularni shakllantirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Musobaqalar quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:
- sport jamoasida o’quv-trenirovka ishi ahvolini aniqlash;
- kurashchilar tayyorgarligi darajasini aniqlash;
- u yoki bu tayyorgarlik bosqichida o’quv-trenirovka ishiga yakun yasash;
- kurashni targ’ib qilishga va shugullanuvchilar sonini oshirishga yordam berish.
Kurash musobaqalarini o’tkazish xususityaiga ko’ra ular quyidagicha bo’ladi:
a) shaxsiy;
b) jamoa;
v) shaxsiy-jamoa;
g) toifalash.
Shaxsiy musobakalarda ishtirokchilarning har bir vazn toifasida egallagan o’rinlari aniklanadi; jamoa musobaqalarida jamoalar o’rni aniklanadi; shaxsiy-jamoa musobaqalarida bir vaqtda ishtirokchilar va jamoalarning egallagan o’rinlari aniqlanadi. Toifalash musobaqalari ishtirokchilarning egallagan o’rinlarini aniqlamasdan o’tkazilishi mumkin. Ishtirokchilar tomonidan ko’rsatilgan natijalar sport toifalariga muvofiq unvonlar xamda razryadlarni berishda yoki tasdiklashda hisobga olinadi.
Musobaqalarni o’tkazish usuliga ko’ra ular quyidagi turlarga bo’linadi;
a) aylnama usul;
b) chetlatish bilan aylanma usul;
v) aralash usul.
Musobakalar xususiyatlari ularni o’tkazish usullari musobakalar nizomida belgilab berilgan.
Kurash musobaqalari kalendar reja va musobaqa nizomiga muvofiq rejalashtiriladi hamda o’tkaziladi. Bu hujjatlarni musobaka o’tkazayotgan tmashkilot tayyorlaydi va tasdiqlaydi. Ularni puxta ishlab chiqish va sport tashkilotlariga muddatidan oldin xabar qilish musobaqalarning muvaffaqiyatli o’tishiga yordam beradi. Musobakalarning kalendar rejasi ularni o’tkazishga mas’ul bo’lgan tashkilot tomonidan tuziladi.
Kalendar reja kalendar yil uchun ishlab chiqiladi. Kalendar rejani tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
a) kalendar rejani ishlab chiqayotganda uni yuqori tashkilotlar tomonidan rejalashtirilgan musobakalar muddatlari va dasturlariga asoslangan holda tuzish zarur;
b) musobaqalar soni va xususiyati o’z ahamiyatiga ko’ra shug’ullanuvchilarni mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlashga yordam berishi lozim;
v) har xil turdagi musobaqalarni o’tkazish ko’zda tutiladi: tayyorgarlik, nazorat, saralash va asosiy.
Tayyorgarlik musobaqalarining asosiy maqsadi-kurashchi-larni musobaqa sharoitlariga moslashtirish, musobaka faoliyatining oqilona texnik-taktik harakatlarni mustahkamlash, musobaqa tajribasini egallash.
Nazorat musobaqalarida sportchining imkoniyatlari tekshiriladi, uning tayyorgarlik darajasi, bosib o’tilgan tayyorgarlik bosqichi samaradorligi aniqlanadi. Ko’rsatilgan natijalar aosida kurashchilarning kelgusidagi tayyorgarlik dasturi ishlab chiqiladi.
Saralash musobakalari natijalari buyicha asosiy musobaqalarning ishtirokchilari aniqlanadi.
Asosiy musobaqalarning bosh maqsadi g’alabaga erishish yoki imkoni boricha yuqori o’rinlarni egallashdan iborat.
Musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish uchun ikkinchi muhim hujjat - bu musobaqa nizomidir.
Musobaqa kalendar reja va kurash bo’yicha musobaqa qoidalari asosida tuziladi. Musobaqa nizomi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi.

Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin