Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə17/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

1.1. Musobaqa maqsadi va vazifalari
Bu bo’limda musobaqa o’tkazayotgan tashkilotning o’z oldiga qo’yadigan asosiy maqsadi va vazifalari ochib beriladi:
- sport jamoalarida o’quv-trenirovka va tarbiyaviy ishlarning ahvolini tekshirish;
- terma jamoa tarkibini to’ldirish maqsadida eng yaxshi kurashchilarni vazn toifalari bo’yicha saralab olish;
- sport tashkilotlari va sportchilar o’trasida do’stlik alokalarini mustahkamlash;
- aholi o’rtasida sport kurashini ommalashtirish va yoshlarni kurash bilan muntazam shug’ullanishga jalb qilish.
1.2. Musobaqalarni boshqarish
Bo’limda musobaqalarni tayyorlash va o’tkazishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradigan tashkilot, shuningdek musobaqani o’tkazish aniq kimga yuklatilishi; musobakalar joyini tayyorlash, sportchilar va hakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovqatlantirish,ularga tibbiy xizmat ko’rsatish, shuningdek madaniy tadbirlarni o’ikazish uchun kim javobgar bo’lishi ko’rsatiladi.
1.3. Ishtirokchilar va qatnashuvchi tashkilotlar
Bo’limda musobaqalarda qatnashish uchun qaysi tashkilotlar va ishtirokchilarning qanday yosh guruhlariga ruxsat berilishi, trenerlar va vakillarning son tarkibi ko’rsatiladi.
1.4. Musobakalarni o’tkazish shartlari va tartibi
Ushbu bo’limda musobaqalarni o’tkazish xususiyati va usullari ko’rsatiladi. Kunlar bo’yicha musobaqalar dasturi va turli vazn toifalaridagi bellashuvlar jadvali taklif qilinadi.
Shaxsiy, shaxsiy-jamoa va jamoa musobakalarida sinov tizimi belgilanadi. Egallangan o’rinlar uchun ochkolarni berish jadvali tavsiya qilinadi.
1.5. Talabnomalarni berish muddatlari va tartibi
Dastlabki talabnomalarni berish muddatlari, shuningdek oxirgi talabnomalarni berishning aniq muddati belgilanadi. Shuningdek mandat komissiyasiga takdim etish uchun zarur bo’lgan hujjatlar ro’yxati ko’rsatiladi.
1.6. Ishtirokchilar va hakamlarni qabul qilish shartlari
Ushbu bo’limda kelish vaqti, joylashtirish, ovqatlanish tartibi, sportchilarning etib kelish muddati aytib o’tiladi, shuningdek moliyaviy harajatlar kimning hisobidan bo’lishi ko’rsatiladi.

Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin