X I S O B O T
Belbog’li Kurash bo’yicha QDPI ochiq birinchiligi 20___ yil 9-may kuni “Xotira va qadirlash kuni”ga bag’ishlab institut brinchiligi 5 ta vazin bo’yicha 60 kg-66 kg-73 kg-81 kg-90 kg vazinda o’tkazildi
Msobaqa goliblari 60 kg vazinda
1-o’rin 4- kurs Glomov Zafar
2-o’rin 1-kurs Tursunov A
3-o’rin 3-kurs Oxunjonov Tolib
Msobaqa goliblari 66 kg vazinda
1-o’rin 1-kurs Voxobov Xusniddin
2-o’rin 2-kurs Musaev Ulugbek
3-o’rin 2-kurs Raximov Mirkomil
Msobaqa goliblari 73 kg vazinda
1-o’rin 2-kurs Yangiboev Sarvar
2-o’rin 3-kurs Abdulazizov Zxriddin
3-o’rin 2-kurs Ibroximov
Msobaqa goliblari 81 kg vazinda
1-o’rin 3-kurs Ganiboev Faxriddin
2-o’rin 3-kurs Imomov Sherzod
3-o’rin 3-kurs Adxamov Akmal
Msobaqa goliblari 90 kg vazinda
1-o’rin 4-kurs Yusupov Shuxrat
2-o’rin 3-kurs Mutalipov Mirjalol
3-o’rin 3-kurs O’rinboev Joxongir
Taqdirlash
Musobaqa davomida faxrli 1-2-3 – o’rinni egallagan sportchilar institut Kasaba uyushmasi va “Kamolot YoIX” tomonidan estalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar
Musobaqa bosh xakami: I.A.Mo’ydinov
Musrbaqa bosh kotibi B.Nurmatov
Yordamchi xakami F.Mamajonov
6- semestr ma’ruza 28 soat.
1-MAVZU: O’zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya tizimida milliy kurash turlari.
Reja:
1.Jismoniy tarbiya tizimida milliy kurash turlari.
2. Milliy kurash turlari mashg’ulotlari uchun srort inshootlarini tanlash va ularning jihozlanishi.
Tayanch iboralar: O’zbekiston Res’ublikasining jismoniy tarbiya tizimida milliy kurash turlarining o’rni vazifalarini tushuntirish va fanning umumiy mazmuni haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.Kurash gilami 8x8 m; 10x10 m; 12x12 m 16x16 m o’lchamda bo’ladi.Kurash musobaqalari asosan usti yopiq binolarda o’tkaziladi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, milliy qadriyatlarni e’zozlash orqali yoshlar qalbida vatanga muhabbat ruhini kuchaytirishga jiddiy e’tibor berila boshlandi. Aholi, shuningdek, o’quvchi yoshlarning madaniy va ma’rifiy tushunchalarini yanada rivojlantirish, ularni jismoniy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash eng oldingi vazifalardan biri etib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’ri-sida»gi qonuni qayta ko’rib chiqilib, 2015 yili yangi tahriri qabul qilindi. Bunda o’quvchi yoshlarni jismonan tarbiyalash, iqtidorli sportchilarning mahoratini oshirish, xalqaro sport maydonlarida nufuzli sport natijalariga erishish imkoniyatlari, katta sportga mahoratli o’rinbosarlar tayyorlashga va o’z navbatida mamlakatning milliy iftixori bo’lgan xalq orasidagi kichik-kichik tadbirlar darajasidan chiqolmagan xalq o’yinlarini xalqaro maydonga zamonaviy sport turi ko’rinishida olib chiqish imkoniyatini m ustaqillik taqdim etdi.
90-yillarning boshida Qozog’iston va O’rta Osiyo polvonlarining birinchi Qurultoyi bo’lib o’tdi. Ushbu Qurultoyda Kurashni sport turi sifatida rivojlantirish tizimini, qonun-qoidasini, libosini ilk marta taqdim etildi. Bu Qurultoy qatnashchilariga ma’qul keldi. 1991 yil 17 sentyabrda «Sport» gazetasida O’zbek sporti kurashning qonun-qoidalari tizimi to’g’risida chiqish qilindi. Aynan shundan boshlab mamlakatimizda o’tkaziladigan Kurash musobaqalari ushbu qonun-qoidalar tizimida tashkillashtirila boshlandi.
Respublikada milliy qadriyatlarni tiklash, ma’naviy va ma’rifiy jihatdan bilimni chuqurlashtirish borasida qator hukumat qarorlari e’lon qilindi. Buyuk sarkarda Amir Temur, Sharqning ulug’ allomalari At-Termiziy, xalq qahromoni Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk shaxslar ning hayoti bilan tanishtirish, ular nomiga Prezident sovrini uchun kurash bo’yicha xalqaro sport musobaqalarining o’tkazilishi jahon jamoat chiligi e’tiborini tortibgina qolmay, o’zbekning o’zligini olamga tarannum etdi.
1998 yil 6 sentyabrda bo’lib o’tgan Xalqaro «Kurash» assotsiatsiyasining ta’sis Kongressida Jahonning 28 ta mamlakati vakillarining tashabbusi va bevosita ishtirokida Xalqaro «Kurash» assosiatsiyasi tashkil qilinganligi e’tirof etilib, Kurash bo’yicha milliy va qit’a federatsiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish, vakolatxonalar ishini yo’lga qo’yish, qit’a va jahon birinchiliklarini tashkil etish hamda o’tkazish, o’zbek kurashini Olimpiya o’yinlari qatoriga kiritish assotsiatsiyaning asosiy vazifalari etib belgilanishlari alohida ta’kidlangan. Ushbu Kongressda Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov Xalqaro «Kurash» assotsiatsiyasining doimiy faxriy Prezidenti etib saylandi.
Bundan tashqari, 1999 yil 1 fevralda «Xalqaro «Kurash» assotsiatsiyasini qo’llab -quvvatlash to’g’risida» Mamlakatimiz Prezidenti Farmoni e’lon qilinib, bu farmonda milliy qadriyatlarni, mardlik, jasurlik, vatanparfarlik, gumanizm g’oyalarini o’zida mujassam etgan o’zbek kurashini dunyo sport olamida yangi sport turi sifatida tan olinganligi munosabati bilan Xalqaro «Kurash» assotsiatsiyasining jahon miqyosidagi mavqeni yanada mustahkamlash, uni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor berildi.
1998 yildan boshlab xalqaro «Kurash» assotsiatsiyasi tomonidan har yili tashkil etilib kelinayotgan yuqorida ko’rsatilgan xalqaro turnirlar va jahon birinchiliklari hamda chempionatlar muvaffaqiyatli o’tkazi lib kelinmoqda. Shuningdek, o’z navbatida, Osiyo, evropa va Jahon chempionatlari va birinchiliklarini maqsadli ravishda tashkil etilishi va o’tkazilishi, kurashimizning nufuzini yanada oshirish, eng muhimi esa O’zbekistonning shon-shuhratini oshirishga da’vat etmoqda.
Ta’kidlash lozimki, mustaqillik sharofati tufayli deyarli barcha o’quv yurtlari, ko’pgina ishlab chiqarish korxonalari, aholi istiqomat joylarida (mahalla, ko’p qavatli uylar hududlarida) va turli muassasa-larda milliy kurashlarimiz bo’yicha sport to’garaklari tashkil etilgan.
Bolalar va o’smirlar sport (kurash) maktablari, oliy mahorat maktablari, olimpiya o’rinbosarlari maktablari va olimpiya zahiralari kollejlari tarkibida kurash bo’limlari mavjud. Demak, milliy kurashlari-miz bo’yicha barcha toifadagi maxsus sport maktablar faoliyat ko’r-satmoqda.
Dostları ilə paylaş: |