Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023


-3 Mavzu: Milliy kurash mashg’ulotlarida umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlar



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə26/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

2-3 Mavzu: Milliy kurash mashg’ulotlarida umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlar.
Reja:

1. Sport trenirovkasi uslublari


2. Kurash buyicha aylanma trenirovkaning taxminiy kompleksi
Tayanch iboralar: Milliy kurash turlari bo’yicha mashg’ulotlarda umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlar o’rgatish yuzasidan nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Sport trenirovkasi jarayonida 4-bobda ochib berilgan hamma harakatlarga o’rgatish uslublari qo’llaniladi. Biroq trenirovka jarayonining asosiy vazifasi yuqori sport natijalariga erishishdan iborat ekan, uni hal etish uchun asosan kurashchining funktsional imkoniyatlarini oshirish hamda jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan uslublardan foydalaniladi.
Qathiy tartiblashtirilgan mashqlar uslublari tizimi trenirovkaning asosiy uslubiy to’plamini tashkil etadi (L.P.Matveev, 1991). Harakatlarga o’rgatishda - bu butun va bo’laklangan uslublardir (4-bobga qarang).
O’rganilayotgan harakatlarni takomillashtirishda harakatlar tuzilmasini buzmagan holda jismoniy sifatlarning rivojlanishini rag’batlantrishga yordam beradigan qo’shimcha nagruzkalar sharoitlarida harakatlarning butunligicha bajarilishi bilan tavsiyalanadigan uslublar, yahni mashqlarni birgalikda bajarish uslubi (V.M. Dg’yachkov bo’yicha) etakchi o’rinni egallaydi. Masalan, tik turishda tashlashlarni takomillashtirish paytida og’irroq vazndagi raqib tanlanadi, bunda tashlashni bajarish texnikasi xatolarsiz aniq amalga oshirilishi lozim. Bu tezkorlik-kuch sifatlarini tashlash texnikasini yaxshilash bilan birgalikda rivojlantirishga yordam beradi.
Tanlab-yo’naltirilgan mashqlar uslubi asosan organizmning morfofunktsional xossalarini yoki alohida harakat sifatlarini takomillashtirishga yo’naltirilishi bilan tavsiflanadi. Masalan, kurashchining qo’l kuchini rivojlantirishga qaratilgan og’irliklar bilan mashqlarni bajarish harakat malakalarini saqlab turish va takomillashtirish, erishilgan funktsional imkoniyatlar darajasini saqlash hamda oshirish uchun ikkita uslublar guruhi qo’llaniladi: andozali - takroriy mashqlar uslublari hamda variantli (o’zgaruvchan) mashqlar uslublari. Andozali takroriy mashqlar uslublari berilgan harakatlar yoki alohida mashg’ulotlarni ularning tuzilmasi hamda nagruzkaning tashqi parametrlarini o’zgartirmagan holda takroran bajarish bilan tavsiflanadi. Bu uslublar harakatlarni mustahkamlashda, shuningdek organizmning mahlum bir faoliyatga moslashishiga yordam beradi. Masalan, egilib tashlashni mustahkamlash uchun ko’p marta takrorlanadi. Variantli (o’zgaruvchan) mashqlar uslublari tahsir etuvchi omillarni mashq borishi davomida o’zgartirib turish bilan tavsiflanadi. Bunga usulni bajarish tezligi, bellashuvni olib borish surhati, dam olish oraliqlarini o’zgartirib turish, bellashuvda raqiblarni almashtirish yo’li bilan erishiladi.
Andozali - takroriy va variantli (o’zgaruvchan) mashqlar uslublari, o’z navbatida, nagruzkalar uyg’unlashishi va mashqlarni bajarish paytidagi dam olishlarga qarab, ikkita kichik guruxlarga ajratiladi: uzluksiz (yaxlit) nagruzka tartibidagi mashqlar uslubi va oraliqli nagruzka tartibidagi mashqlar uslubi.
Birinchi holda beriladigan trenirovka nagruzkasi dam olish oralig’i bilan to’xtatilishi mumkin emas. Hamma nagruzka tugagandan so’ng dam olish beriladi. Masalan, parterda 10 minut ichida texnik-taktik harakatlarni takomillashtirish. Ikkinchi kichik guruh nagruzkalarning uzilishi bilan ajralib turadi va rejalashtirilgan dam olish oraliqlari bilan almashtirib turiladi. Masalan, tik turishda texnik-taktik harakatlarni quyidagi formula bo’yicha takomillashtirish: 3 minutdan 3 marta, dam olish oraliqlari - har bir 3 minutdan so’ng 2 minutdan.
Qathiy tartiblashtirilgan mashqlarning hamma sanab o’tilgan uslublari trenirovka mashg’ulotida turli xil uyg’unlikda berilgan. Masalan, quyidagi mashq uslublari: andozali - takroriy mashqlar uslubini o’sib boruvchi nagruzka bilan birlashtirish mumkin.
Mahlum bir mashg’ulotlarga birlashtirilgan mashqlar uslublarining turli xil birikmalari “aylanma trenirovka” deb ataladi. Mahlum bir tartibga soluvchi sxemaga muvofiq tanlangan va kompleks holda birlashtirilgan jismoniy mashqlarning bir nechta turlarini seriyalab (yaxlit yoki oraliqli) takrorlash “aylanma trenirovka” asosini tashkil qiladi. Masalan, maktabdagi kurash darsi uchun (1-rasm) mashqlar kompleksida (I.A. Gurevich bo’yicha) quyidagi mashqlar keltirilgan:
armrestling bo’yicha bo’ladi. Haftada ikkita mashg’ulot jismoniy sifatlarning umumiy rivojiga bag’ishlanadi.
6–rasm. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar





Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin