10 –rasm. Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar
Asadov, Jasur Aliakberov va boshqalar qanday jang olib borishlarini esga olaylik, ular raqib bilan qo’l olishishga kirishgan zahoti uning panjasini ushlab oladilar va shiddatli harakat, guyo kuch portlashi amalga oshadi, raqib panjasi g’o’lachaga yotqiziladi.
Yuqorida sanab o’tilgan sportchilar kuchi namoyon bo’lishini o’ziga xos jihati shundaki, ular qarshilikni sekin kuch bilan bosib engmas edilar. Ularning kuchi portlash xususiyatiga ega edi. Kuchning tezkorlik bilan keskin namoyon bo’lishi qo’l kurashchisi uchun ayni muddao.
Boshqa ajoyib kurashchilar Sulton Ne’matullaev, Jamshid Usmonov, Jamol Norov, Ruslan Muxtarovlar bir lahzada “portlash” qobilyatiga ega edilar. Bellashuvning dastlabki soniya-laridayoq raqib panjasi g’o’lachaga tegar edi. Mislsiz kuch chidamliligi ularga juda ko’p g’alabalar olib keldi.
Kuchni rivojlantirish yagona tayyorgarlikning bir qismi. Mushak kuchi mushaklarning fizologik tuzilishi va cho’ziluvchanligi, ularda yuz beradigan biokiyomviy jarayonlar quvvat imkoniyatlari va kurashchi texnikasining darajasiga bog’liq.
Kuchning namoyon bo’lishida MAT faoliyati birlamchi ahamiyatga ega. Kuchning umumiy va maxsus deb taqsimlash tartibli bo’lib, u kuchning rivojlanishi jarayoni yo’nalishini ta’kidlaydi va qanday mashqlar tanlanishini belgilaydi. Maxsus kuchni tarbiya-lash ilgari o’zlashtirilgan URM va maxsus yaratilgan poydevor asosida amalga oshiriladi. Shuning bilan birga, o’z xususiyatlariga ko’ra armrestlingda bajariladigan harkatlarga o’xshash mashqlarni qo’llagan ma’qul. Agar og’irlik yoki qarshi ta’sir juda katta bo’lsa, mashqni takrorlash miqdorini kamaytirish mumkin.
Agar mashqlar kichik og’irliklar bilan bajarilayotgan bo’lsa, ularni maksimal darajada berilib, ko’p bor takrorlab bajarish zarur. Bunda kuch bilan birga harakatlar chaqqonligi ham rivojlanadi.
Uzoq muddatli kuchlanishlarga qobiliyat mashqlarni kichik yoki o’rtacha og’irliklar bilan ishni davom ettirishga yo’l qo’ymaydigan charchoq paydo bo’lguniga qadar takrorlashlar yordamida hosil qili-nadi.
Bu mashqlarni ko’p bor takrorlash kerak. Agar mashqlar mushaklarning qattiq zo’riqishi va charchog’iga olib kelmasa, ularni bajarishdan natija ham sezilarsiz bo’ladi.
Kurashchining kuchi hamda mashqlanganlik darajasi ortib borgani sayin, ilgari katta kuchlanish bilan bajarilgan mashqlar engil tuyulib, avvalgidek zo’riqishlarni talab qilmaydi.
Bunday mashqlarning ta’sir samarasi pasayadi. Shunda ular-ning murakkablashtirish: og’irliklarni ko’paytirish, takrorlash-lar sonini, bajarish tezligini oshirish zarur bo’ladi.
Kuchni rivojlantirish uchun shunday mashqlar tanlash kerakki, bunda kuchsizroq mushaklar rivojlansin. Asosiy texnik harakatlarni bajarishda ishtirok etadigan kuchli mushak gurux-larini rivojlantirishga ham katta e’tibor berishi kerak. 10 – rasmda kuchni o’stiradigan maxsus mashqlar ko’rsatilgan. Kuch kurashchining o’z mushaklari kuchini bellashuvning tegishli rejimlarida samarali namoyon qilish qobilyatidir. Kurashchi kuchni dinamik va statik (izometrik) rejimda namoyish qilish mumkin. Bunda mushaklarning dinamik ishi yo engib o’tish, yoxud yon berish rejimida bajariladi. Birinchi holatda ishlayotgan mushaklar tortilib, qisqaradi (masalan, raqibni o’zi tomonga tortishda, ya’ni ilgaksimon harakatda), ikkinchi holatda zo’riqqan tezlik holatida ular cho’zilib, uzayadi (masalan, qarshilik ko’rsatish chog’ida, raqib kurashchi qo’lini tortgan paytda). Bundan tashqari, dinamik ish turlicha tezlik va tezlanishlar, sekinlashuvlar bilan shuningdek, kuchning bir me’yorda namoyon bo’lishi, ya’ni izotonik rejimda o’tish mumkin. Statik rejimda zo’riqqan mushaklar uzunligi o’zgartirilmaydi (masalan, kurashchining pajasini ushlab turishda).
Ko’p hollarda kurashchining harakatlari turli–tuman mushak-larning vaqtining o’zida lahza sayin o’zgarib turadigan tartiblarda ishlashi, harxil zo’riqish, qisqarish va bo’shashish tezligiga ega bo’lishi bilan bog’liq. O’quvchilar uchun samarali mashqlarni tanlay turib, buni yodda saqlash kerak.
Mutloq va nisbiy kuchni birbiridan farqlash lozim. Mutloq kuch u yoki bu harakatlarni bajarish paytida maksimal (dinamik va statik) kuchning namoyon bo’lishi. Nisbiy kuch esa kurashchining bir kg massasiga maksimal kuch nisbatining namoyon bo’lishi hisoblanib, kuchni namoyon etish qobiliyati o’ziga xos ko’rsatkichdir. Ushbu ko’rsatkichlar kurashchining sport tayyorgar-ligi qanday borayotganligini nazorat qilishda muhim ahamyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |