Mavzu: rivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari Reja: Yelka kamari va qo‘1 muskullarim rivojlantirish va mustaxkamlashga qaratilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar



Yüklə 399,82 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.04.2023
ölçüsü399,82 Kb.
#104100
dars ishlanma



Mavzu: rivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari
Reja:
1. Yelka kamari va qo‘1 muskullarim rivojlantirish va 
mustaxkamlashga qaratilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar.
2. Dastlabki holatlar.Tik turganda oyoqlar uchun dastlabki 
holatlar,tik turganda qolarni dastlabki holatlari.O‘tirganda dastlabki 
holatlar,yotganda dastlabki holatlar.
3. Saflanish mashqlari Sallanish mashqlari (davra,kolonna, 
shcrenga...) Qayta saflanishlar.Turli tomonlarga burilishlar,tarqalish 
va yig‘ilishlar



• Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu maxsus mashqlardir. Ular butun 
organizmning rivojlanishi va sog‘lomlashishida muxim rol o‘ynaydi va 
yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul guruhlarining rivojlanishi 
va mustahkamlanishiga,bo‘g‘imlarning xarakatchan bo‘lishiga muskullar 
taranglashuvi va bo‘shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam 
beradi. Bu mashqlarning vazifasi to‘g‘ri qad-qomatni shakllantirish, 
butun tayanch xarakat apparatini mustaxkamlash va qon aylanish, nafas 
olish, almashinish jarayonlari, asab tizimi faoliyatini yaxshilashdan 
iboratdir.Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora qiluvchi oliy 
motor markazlari ishini faollashtiradi; tezkorlik, chaqqonlik, kuchlar 
nisbati, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon 
qilishga yordam beradi, ijobiyemotsional kayfiyat uyg‘otadi.
• Umumrivojlantiruvchi mashqlar bir necha guruhga bo‘linadi:



• 1. Yelka kamari va qo‘l mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.
• 2.Gavda, orqa mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.
• 3.Oyoq va qorin mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.
• Birinchi guruhdagi yelka kamari va qo‘l mushaklari uchun mashqlar ko‘krak qafasining 
nafas olishini oshirishga yordam beradi;diafragmani mustahkamlaydi, chuqur nafas olishga 
imkon beradi, umurtqani rostlaydi, yurak mushaklarini mustahkamlashga yordam beradi.
Ikkinchi guruh mashqlari gavda, orqa mushaklari uchun.Bu mashqlar qad-qomatning 
to‘g‘ri shakllanishiga ta’sir qiladi va gavdani oldinga va yon tomonlarga engashtirishda, 
o‘ng,
• chapga burilishda, aylanishda umurtqaning egiluvchanligini rivojlantirishga yordam



• Saflanish mashqlari. Saflanish mashqlari – saflanishlar(davra, kolonna, sherenga…) qayta saflanishlar 
(bittadankolonna bo‘lib saflanishdan ikkita, uchta, to‘rttadan, sherenga
• bo‘lib saflanish…) turli tomonlarga burilishlar (o‘ngga,chapga, orqaga), tarqalish va yig‘ilish, 
fazodagi barcha harakatlardan (turli saflanishlar va tarqalishlar) turli jismoniy
• mashqlarni bajarishda foydalaniladi (mashg‘ulotlarda, ertalabki gimnastikada, harakatli o‘yinlarda, 
bayram tantanalarida sayrlarda, ekskursiyalarda). Bolalarda bumashqlarni bajarish jarayonida 
jamoada harakatning muvofiqligi (turli mashqlarni birgalikda va o‘zaro aloqadorlikda bajarish) 
tarbiyalanadi. Saflanish mashqlari bolalarda to‘g‘ri qad-qomatning shakllanishiga xizmat qiladi.Ular 
turli buyumlar bilan, qo‘shiq, musiqa yoki zarbli asboblar(doira, nog‘ora) jo‘rligida bajarilishi 
mumkin. Shunday qilib, gimnastika mashqlarining barcha guruhi – asosiy 
harakatlar,umumrivojlantiruvchi va saflanish mashqlari bola organizmida kechadigan funksional 
jarayonlarni kuchaytiradi, jismoniy va har tomonlama rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi.



• Mashq bajarilganda mushakdan foydalanish darajasiga ko‘ra o‘zgaradi. Mushak zo'riqish berish darajasini 
quvidagi usullar (ayni bir mashqning davom etishini) takrorlash sonini ko‘paytirish, mashqlarni bajarish tezligini 
o'zgartirish, og‘irlikni oshirish yoki o‘zaro qarshilik darajasini ko‘paytirish, dastlabki holatni yoki bajarish 
usulini boshqacharoq qilish orqali o‘zgartirish mumkin. Tasnifga anatomik belgi asos qilib olingan. Mashqlar 
insonning ayrim tana qismlariga ta’sir ko‘rsatishiga qarab bo‘linadi:
• 1.Qo‘l mushaklari va yelka kamari uchun mashqlar.
• 2.Gavda va bo'yin mushaklari uchun mashqlar.
• 3.Oyoq mushaklari uchun mashqlar.
• 4.Butun tana mushaklari uchun mashqlar.
• Hamma mashqlarning ta’siri, o‘z navbatida, uslubiy yo‘nalishiga ko‘ra kuchni, egiluvchanlikni, yakka harakat 
tezligini, ayrim mushak guruhlarining taranglashishi va bo'shashish qobiliyatini tarbiyalovchi mashqlarga 
bo‘linadi, to'rtinchi guruh mashqlariga esa qomatni to‘g‘ri rivojlantiruvchi va nafas olish mashqlari kiradi.


Yüklə 399,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin