Bajardi: Sadinov Olimjon



Yüklə 8,05 Kb.
tarix01.12.2023
ölçüsü8,05 Kb.
#170932
Mavzu Reklamaning ijtimoiy mazmun-mohiyati-fayllar.org


Mavzu: Reklamaning ijtimoiy mazmun-mohiyati


Bajardi: Sadinov Olimjon





Mavzu:Reklamaning ijtimoiy mazmun-mohiyati


Reja:
1.Reklama uzi nima?
2.Reklamadan kuzlangan maqsad qanday?
3.Hozirgi kunda rekalamaning o’rni.



Reklamaning ijtimoiy mazmun-mohiyati.



Reklama (lotincha "reklamo" — qichqirmoq) —
tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan koʻriladigan
naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda
(daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy
shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan
maxsus axborot. Reklama marketingnnng tarkibiy
qismi hisoblanib, talab va isteʼmolchilar didining
shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Reklama korxona
imijini yaratish (uzoq davrli taʼsir koʻrsatish), joriy
sotish hajmini koʻpaytirish (qisqa davrli taʼsir
koʻrsatish), haridorlarga nima sotib olishni va uni
nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda
yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib
boriladi. Reklamaning asosiy vazifasi — xaridorni
qiziqtirish, mijoz xaridorlarni yoʻqotmaslik va ularni
kengaytirishga qaratiladi.
Reklamaning paydo boʻlish tarixi juda qadimiy,
Yunoniston va Qadimgi Rimda ogʻzaki va yozma
Reklama, hatto tovar belgisi qoʻyib tamgʻalash yoʻli
bilan tovarlar reklama qilinganligi haqida
maʼlumotlar bor. Hozirgi shakldagi reklama ilk
marta AQShda paydo boʻlgan. Bu yerda XIX



asrning 2-yarmida birinchi reklama agentliklari


faoliyat koʻrsatgan va reklama katta daromad
keltira boshlagan. Dastlab yozma reklama
haridorlarni magazin va unda sotiladigan
tovarlardan xabardor qilish vazifasini bajargan. Bu
ish taxtalavha yozish va vitrinalar tashkil etish
orqali amalga oshirilgan. Keyinchalik reklama
potensial haridorga nashrlar orqali murojaat
shakliga aylandi — afishalar, kitoblar, jurnallar,
gazetalarda axborotreklama eʼlonlari paydo boʻldi.
reklama ishiga ommaviy axborot vositalari
(matbuot, radio, televideniye, kino) jalb etildi.
Reklama bir necha vazifani bajaradi: 1) tovarlar va
xizmatlar isteʼmolchilarini xabardor qilish, maʼlumot
berish vazifasi — reklama eʼlonlarida tovar va
xizmatlarning sifati, ishonchliligi, ularni qoʻllash
sohalari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yoʻllari
haqida maʼlumot beriladi; 2) ishontiruvchi reklama
— mavjud tovarga isteʼmolchi va haridorlarlarning
moyilligini oshirishga xizmat qiladi; 3)eslatuvchi
reklama — mavjud, ammo bir qadar unutilgan
talabni, haridorlarning oʻzlari uchun maʼlum
boʻlgan tovarlarga munosabatni kengaytirishda
muhim oʻrinda turadi.



Bunday reklama davriy yangilanib turadigan va


mavsumiy tovarlar uchun qoʻllaniladi.
Har bir firma oʻz reklamasining faoliyatini reklama
agentlarini yollash yoki reklama xizmatini tuzish
yoki maxsus reklama agentliklari xizmatlaridan
foydalanish asosida amalga oshiradi. Reklamaning
samaradorligi koʻp jihatdan talabni oʻrganishni
tashkil qilishga bogʻliq boʻlib, haridorlar doirasini
aniqlash va ularga taʼsir oʻtkazish usullariga
yordam beradi. Hozirgi davrda reklama matbuot,
radio, televideniye orqali olib boriladi, maxsus
reklama filmlari namoyish etiladi. Reklama qilish
maqsadida plakat, buklet, tovar kataloglari kurkam
qilib chiqariladi va tarqatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama xizmatlarining
ahamiyati kuchayib, muomala harajatida reklama
harajatlarining hissasi ortib boradi. Reklama
tadbirkorlikning alohida bir tarmogʻiga aylanadi va
reklama maxsus qoidalar va qonunlarga muvofiq
tashkil etiladi. Qonuniylik, aniqlilik, ishonchlilik,
reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek,
maʼnaviy zarar yetkazmaydigan shakllar va
vositalardan foydalanish Reklamaga doir asosiy
talablardir. Oʻzbekistonda reklama tayyorlash va
tarqatish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston



Respublikasining "Reklama toʻgʻrisida" (1998-yil


25-dekabr) qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining karorlari bilan tartibga
solinadi. Ushbu konunga koʻra, isteʼmolchilarni
chalgʻitadigan yolgon yoki noaniq maʼlumotlarni
reklama vositasida tarqatish, shuningdek, ayrim
tovarlar yoki faoliyat sohalarini reklama qilish
qonun yoʻli bilan taqiqlanadi
Reklama korxona imijini yaratish (uzoq davrli taʼsir
koʻrsatish), joriy sotish hajmini koʻpaytirish (qisqa
davrli taʼsir koʻrsatish), haridorlarga nima sotib olishni
va uni nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda
yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi.
Reklamaning asosiy vazifasi — xaridorni qiziqtirish,
mijoz xaridorlarni yoʻqotmaslik va ularni
kengaytirishga qaratiladi.
Reklamaning paydo boʻlish tarixi juda qadimiy,
Yunoniston va Qadimgi Rimda ogʻzaki va yozma
Reklama, hatto tovar belgisi qoʻyib tamgʻalash yoʻli
bilan tovarlar reklama qilinganligi haqida maʼlumotlar
bor. Hozirgi shakldagi reklama ilk marta AQShda paydo
boʻlgan. Bu yerda XIX asrning 2-yarmida birinchi
reklama agentliklari faoliyat koʻrsatgan va reklama
katta daromad keltira boshlagan.
Har bir firma oʻz reklamasining faoliyatini reklama
agentlarini yollash yoki reklama xizmatini tuzish yoki



maxsus reklama agentliklari xizmatlaridan foydalanish


asosida amalga oshiradi. Reklamaning samaradorligi
koʻp jihatdan talabni oʻrganishni tashkil qilishga bogʻliq
boʻlib, haridorlar doirasini aniqlash va ularga taʼsir
oʻtkazish usullariga yordam beradi.
Hozirgi davrda reklama matbuot, radio, televideniye
orqali olib boriladi, maxsus reklama filmlari namoyish
etiladi. Reklama qilish maqsadida plakat, buklet, tovar
kataloglari ko’rkam qilib chiqariladi va tarqatiladi.
Reklamaning mazmuni, tarixi, turli tarixiy davrlar va
jamiyatlarda reklamaning tutgan o‘rni, globallashuv
jarayonlarda reklamaning o‘rni tarixiy va etnografik
matreiallar asosida tahlil qilingan



Xulosa:
Reklama orqali biz uz tavar maxsulot va


xizmatlarimiz haqida malumot berar ekanmiz.
Reklama yordamida maxsulotimizni xaridorgir
bulishini taminlaymiz. Odamlarga qaysi biri maqul
bulishsa usha maxsulotni tanlashadi.



http://fayllar.org
Yüklə 8,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin