Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi


I.2. O‘zbek tilshunosligida kasb-hunar leksikasining o‘rganilishi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə7/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

I.2. O‘zbek tilshunosligida kasb-hunar leksikasining o‘rganilishi
O‘zbek terminologiyasi haqidagi dastlabki fikrlar prof.U.Tursunovning ilmiy tadqiqotlari bilan bog‘liq. Uning fikrlari bugungi tilshunosligimiz uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.K.M.Musayev terminologiyani tilning leksikasi sifatida go‘yo bir shaharga qiyoslaydi. Uning fikricha, terminologiya yagona reja asosida qurilsa-da, lekin birdaniga barpo etilmaydi. U tarixiy shart-sharoit asosida shakllanadi, uni yaratishda har xil avlodga mansub bo‘lgan turli me`morlar, loyihachilar, kashfiyotchilar ishtirok etadi. Ular har bir qurilayotgan inshootni yaxshi o‘rgangan holda barpo etadilar. Terminologiyani tartibga solishdagi o‘ziga xos murakkablik ham shu bilan belgilanadi.2
O‘zbek tili terminologiyasining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlardan biri professor Renat Doniyorov hisoblanadi. Uning “O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari” (1977) kitobida o‘zbek tili texnik terminologiyasini tartibga solish, undagi qator chalkashliklarning oldini olish kabi masalalar o‘rin olgan. Mazkur ish texnik terminologiyani tadqiq qilish ishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi deyish mumkin. N.Ikromova o‘zining “O‘zbek taomlari leksikasi” ishida esa o‘zbek taomlari nomlarining lisoniy xususiyatlari haqida so‘z yuritadi. Shu bilan birga, o‘zbek tili leksikasi masalalari “Hozirgi zamon o‘zbek tili”3, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”4 kabi tadqiqotlar va darsliklarda ham o‘z ifodasini topgan. 1981-yilda O‘zFA Til va adabiyot institutining bir guruh tilshunos olimlari tomonidan “O‘zbek tili leksikologiyasi” nomli yirik ish maydoniga keldi. O‘zbek tilshunosligida leksik qatlamlarni qiyosiy o‘rganish masalalari bo‘yicha ham ancha ishlar qilinganini kuzatish mumkin. Bu borada I.Ismoilovning 1966-yilda nashr etilgan monografiyasi muhim ishlardan biri sanaladi.5 Muhimi shundaki, mazkur ishda o‘zbek va uyg‘ur tillardagi qonqorindoshlik terminlarilarining paydo bo‘lishi va amalda qo‘llanish me`yorlari atroflicha tahlil etilgan. D.X.Bazarova va K.Sharipovalar tomonidan “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillari leksikasining taraqqiyoti” deb nomlangan yirik tadqiqot maydonga kelganligini ham ta’kidlash o‘rinli. Unda Markaziy Osiyo hududidagi turkiy tillarda qo‘llanilgan zoologik terminlar tadqiqot obyekti qilib olingan. H.Dadaboyevning “XI-XIV asrlar turkiy tillar yozma yodgorliklaridagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial iqtisodiy terminologiya”6 mavzusida yaratilgan tadqiqotida o‘zbek tilidagi, jumladan, turkiy tillardagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial iqtisodiy terminologiyaning paydo bo‘lishi va tilda qo‘llanish mummolari atroflicha o‘rganilgan. Unda ayniqsa, O‘rta Osiyo hududidagi turkiy xalqlar tillaridagi yurt, ulus, baliq (“shahar” ma`nosida), yasaq (“huquq, qonun” ma`nosida), ordu, qazi, og‘rilik, jaza, yug‘rush (“vazir” ma`nosida) kabi yuzlab ijtimoiy-siyosiy terminlar ishlatilganligi, Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Zamaxshariyning “Muqaddimat al adab”, Sayfi Saroiyning “Guliston bit-turkiy”, Qutbning “Xusrav va Shirin”, Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” kabi asarlaridan olingan terminlar misollar bilan isbotlab berilgan. Shu bilan birga, terminlarning paydo bo‘lish tarixiga, ularning yasalish qonuniyatlariga hamda boshqa tillardan o‘zlashtirilgan terminlar hisobiga boyishi masalalariga ham alohida e`tibor berilgan.
Ma’lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanadigan so‘zlarga termin (atama) deyiladi. Terminlar qo‘llanilishiga ko‘ra ilmiy terminlar va kasbiy terminlarga bo‘linadi. Masalan: masshtab, litosfera, azimut – geografiyaga oid terminlar; mum, poshna, yelim – etikdo‘zlikka oid terminlar. Ma’lum fan doirasidagina qo‘llanadigan terminlar ilmiy terminlar hisoblanadi. Masalan, matematikaga oid termin ildiz, umumxalq tilida boshqa ma’noni anglatadi. Yoki tilshunoslikka oid ayrim terminlar: ot, fe’l va yana bir qancha atamalar umumxalq tilida boshqa ma’noni ifodalab keladi.
Kasb-hunar leksikasi (professionalizmlar) muayyan kasb yoki hunar egalari nutqiga xos so‘z va tushinchalar majmui. Boshqa tildan so‘z olish, shevaga xos so‘zlar, umumxalq tiliga xos ma’nosi o‘zgartirilgan so‘zlar kasb-hunar leksikasining shakllanishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Bir buyum, narsani turli kasb kishilari tomonidan xilma-xil ( masalan, qozon – qandolatchilarda potila) nomlanishi ham kasb-hunar leksikasini yuzaga keltirish mumkin. Kasb-hunarning rivojlangan tarmog‘i (masalan, paxtachilik, tibbiyot, texnika va boshqalar) leksikasi boy bo‘lib, shu sohalarga oid alohida adabiyotlar ham nashr etilgan. Fan-texnikaga oid terminlarning, umuman, til lug‘at tarkibining boyishida va xalqning moddiy madaniyat tarixini o‘rganishda ular muhim manba hisoblanadi. Kasb-hunar leksikasining badiiy adabiyotda muayyan personaj xususiyati, tabiatni chuqurroq yoritishda badiiy tasvir vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Kasb-hunar leksikasi bir qancha xususiyatlari bilan terminalogik leksikadan farqlanadi. Bu farqlar “O‘zbek tili leksikalogiyasi” kitobida yorqin ko‘rsatib berilgan. Asrlar davomida yaratiladigan kasb-hunarga oid so‘zlar ma’lum kasb-hunar kishilari orasidagina qo‘llaniladi va ular og‘zaki nutq jarayonida shakllangan bo‘ladi. Bu guruh so‘zlarning imkoniyati bir kasb-hunar va u bilan shug‘ullanadigan kishilar doirasida chegaralangan. Shu tufayli ularning dialektal variantlari mavjud bo‘lishi ham mumkin. Bunday xususiyatlari bilan ular atamalarga qarama-qarshi turadi. Chunki atamalar fan va texnika, sanoat va qishloq xo‘jaligi, ma’naviyat va madaniyat sohasiga doir rasmiy tushunchalarni ifodalaydi va ular tegishli mutasaddilar tomonidan nazorat qilib boriladi.
Kasb-hunarga oid til birliklari me’yorlari haqida so‘z yuritish ham ahamiyatli. Mavjud lug‘atlarni ko‘zdan kechirish shundan dalolat beradiki, ulardan o‘zbeklarning ijtimoiy hayoti, kasbi va hunarmandchiligiga oid atamalarning ma’lum qismigina joy olgan. T.Tursunovning “O‘zbek tili amaliy leksikasi” (T., 1978) asarida keltirilgan ayrim misollarga murojat qilib ko‘raylik: gilam turlarini bildiradigan julxirs, zulbaroq, arabi, olacha, palos, g‘oli, sholcha, qoqma yoki bosma (1.chakmon. 2.ilma, chok turi), birishim, bo‘zastar, gulburi, dorpech, duk, duxoba, do‘kon (1.dastgoh, stanok. 2.magazin) do‘ppi, yondori, jo‘ypush, zardevol, zardo‘zi, zehndo‘stlik, yo‘rma, yo‘rmado‘zlik, kallapo‘sh, kalabtun, kashtado‘z, kibaz(paxta), momiq, palak, peshonaband/peshonabog‘, popop, popopchilik, tubatoy, urchuq, choyshab, shamshirak, o‘rmak, qatim, qo‘chqorshoxi va boshqalar. Ulardan gilamning turlarini biladiradigan arabi, sholcha, palos so‘zlari hamda chakmon ma’nosidagi bosma, dorpech, duk, duxoba, do‘ko, do‘ppi, yandori, jaypuli kabi birliklar (O‘zbek xalq shevalari lug‘ati – t., 1971; O‘zbek tilining imlo lug‘ati. T., 1976) kabi lug‘atlarda o‘z ifodasini topgan. Ko‘pchilik shevaga oid kasb-hunar terminlari kitoblarda o‘z ifodasini topmagan.
Shunday bo‘lsa-da, ular xalqimizning, hunarmandlarning og‘zaki nutqida saqlanib kelinmoqda. XXI asrga kelib fan va texnika taraqqiyoti o‘zbek milliy kosibchiligining ayrim tarmoqlari faoliyatini susaytirib qo‘ydi. Ular tayyorlab yetishtiradigan mahsulotlarning ko‘pchiligini kundalik ehtiyojlarini qondirish nuqtayi nazaridan ham, ma’naviy jihatdan ham eskirdi. Bu esa, o‘z navbatida, ana shu sohalarga tegishli bo‘lgan til birliklarining qo‘llanish darajasini pasaytiradi.
To‘g‘ri, kasb-hunar leksikasiga oid so‘zlarning semantik strukturasiga nazar tashlasak, ular orasida eskirgan so‘zlar qatori tarixiy so‘zlar ham juda ko‘p: chakmon, mursak, paranji, chachvon, qoziq, omoch, yorg‘ichoq, chig‘iriq, tanga, jevak, zarkokil, qo‘ltiq tumor, choch popuk kabilar shular jumlasidandir. Ammo bunday so‘zlar bilan birga kasb-hunar tarmoqlarida bosma, sanama, chizma, iroqi, chekma, tepa, kezak (kashtachilikda); o‘rmak, o‘rmak qurish, do‘kon yugurish, gula chekish, qoqma, terma (gilamchilikda); tanda, dastgoh, o‘rish, arqoq, kudung, shohi, atlas (to‘qimachilikda); koshin, kosomon, sirkor, me’mor, to‘sin, shift, toqi, temir, ganchin naqsh (me’morchilikda) singari hozirgi tilimizda o‘zgarishsiz qo‘llanayotgan, ma’nosi o‘zi mansub bo‘lgan sohalar bilan chegaralangan, konkret tushunchalarni anglatadigan barqaror so‘zlar va so‘z birikmalari ham bor.
O‘zbek tilshunosligidagi kasb-hunar nomlari haqida so‘z yuritganda mazkur ma’noviy guruh nomini ifodalovchi kasb, hunar va ularning juftlashuvi asosida yuzaga kelgan kasb-hunar so‘zlarining leksik-semantik xususiyatlariga to‘xtalish joiz.
Kasb arabcha kasb(un) so‘zidan ko‘p ma’noli kasaba fe’lining o‘z mehnati bilan mablag‘ topmoq ma’nosidan hosil qilingan bo‘lib, arab tilida “foyda”, “yutuq”, “maosh” ma’nolarini anglatadi.7 Kasb so‘zi hozirgi o‘zbek adabiy tilida quyidagi ma’nolarda qo‘llanadi:
1.Ish-faoliyatning ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan biror turi, sohasi; hunar. Bu kishi o‘zlari hosilot, kasblari agranom, kechki maktabda muallimlik ham qiladilar. (Abdulla Qahhor. Qo‘shchinor chiroqlari)
2.Umuman, odat qilingan ish; odat. Molning tilini bilish ham o‘ziga yarasha kasb ekan. (O‘lmas Umarbekov, Shonli avlod).8
Demak, o‘zbek tilida kasb so‘zining ma’no doirasi toraygan bo‘lib, kishining mehnat faoliyati, doimiy mashg‘uloti turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat ma’nolarini anglatadi.
Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan ixtisosliklar bor. Masalan, vrachlik yo‘nalishida xirurg, dermatologya va boshqalar. Kasb shaxsning asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi.
Hunar asli arabcha bo‘lib, san’at; bilim, ko‘nikma, mahorat, ustalik; kasb kabi ma’nolarni anglatadi.Hunar so‘zining o‘zbek tiliga tojik tilidagi shakli olingan bo‘lib, asli “layoqat”, “san’at” ma’nolarini anglatadi. Keyinchalik kasb ma’nosini ham anglata boshlagan9.Demak, hunar va kasb so‘zlari o‘zaro ma’nodosh.
Hunar so‘zi eski o‘zbek adabiy tilida quyidagi ma’nolarda ishlatilgan:
1.Hunar, ish, yaxshi ish, hammaga ma’qul ish.
2.Mahorat, mohirlik.
Eski o‘zbek adabiy tilida, xususan, Alisher Navoiy asarlarida hunar asosidan yasalgan hunarvor, hunariy, hunarkor, hunarmand, hunarparvar kabi so‘zlar ham iste’molda bo‘lgan.10
Hozir o‘zbek adabiy tilida esa hunar quyidagi ma’nolarni anglatadi:
1.Muayyan ko‘nikma, mahorat talab qiladigan, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanuvchi ish, mashg‘ulot; kasb.
2.Biror ishdagi mahorat, san’at; mohirlik, ustalik talab etuvchi ish, xatti-harakat. Chekinish uchun ham hunar kerak, bu ham san’at talab qiladi. (Oybek, Quyosh qoraymas)
3.Odat tusidagi ish-harakat. Ammo eski hunaringizni qilib, otamga chaqsangiz, mendan shafqat kutmang! (Mirmuhsin, Me’mor)
4.Bo‘lmag‘ur, kelishmagan xatti-harakat, qiliq, odat. Abdushukur, ovozni bunchalik qilishni kimdan o‘rganding? Hunaringa balli-e… (Oybek, Tanlangan asarlar)11
Bundan ko‘rinadiki, til taraqqiyoti davomida hunar so‘zining ma’no doirasi kengaygan.
Kasb va hunar so‘zlari juft holda kasb-hunar shaklida qo‘llanganida kengroq tushincha anglashiladi.
Kasb so‘zi oliy ma’lumotli mutaxassislarga, hunar lug‘aviy birligi muayyan mehnat ko‘nikmasiga ega shaxslarga, xususan, hunarmandlarga nisbatan qo‘llanishi kuzatiladi hamda kasb-hunar juft so‘zida esa har ikki leksemaga xos ma’nolarning umumlashgan, jamlangan holati ifodalanadi. Demak, kasb-hunar lug‘aviy birligining ma’no ko‘lami keng bo‘lib, barcha turdagi kishilar mehnat faoliyati bilan bog‘liq mutaxassislik, ixtisosliklarni ifodalaydi. O‘zbek tili lug‘at tarkibida eskirgan va tarixiy kasb-hunar nomlari salmoqli o‘rin tutadi. O‘zbek tili tarixiy taraqqiyoti davomida kasb-hunar nomlari mikromaydonida ma’no torayishi, ma’no kengayishi, ma’no o‘zgarishi kabi semantik o‘zgarishlar ro‘y bergan. Masalan, Alisher Navoiy asarlarida adib so‘zi tarbiyachi, murabbiy, o‘qituvchi ma’nolarini anglatgan.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa adib so‘zining yuqoridagi ma’nolari eskirgan holda yozuvchi tushunchasini anglatadi. Jonli muloqotda ko‘proq adabiy asarlar yozish bilan shug‘ullanuvchi shaxs, yozuvchi ma’nosida qo‘llanadi. Masalan adiblar, shoirlar, haqiyqiy kurashchilar lozim. (Oybek, Nur qidirib).
Baxshi so‘zi eski o‘zbek adabiy tilida kotib, mirza ma’nolarini ham anglatgan:
…necha navisanda, necha baxshi, necha parvonachi jonlarig‘a yetib, necha hiyla bila qutulurlar. (Munshaot, 129).
Baxshi lug‘aviy birligi aslida sanskiritcha bhikshu so‘zidan olingan bo‘lib, budda ruhoniysi, donishmandi; duoxon; darcesh degan lug‘aviy ma’nolarga ega. Hozirgi o‘zbek tilida baxshi so‘zi ko‘p ma’noli bo‘lib, quyidagi uch ma’noda qo‘llanadi:
1.Xalq qo‘shiqlari va dostonlarini yoddan kuylovchi shoir, oqin. O‘zbek xalq baxshilari. Dutorsiz baxshi bo‘lmas, Yomonsiz – yaxshi. (Maqol). Baxshi – Gumbaz ko‘tarilib, Sardoba bitishiga yaqinlashgan, bugun chorshanba kuni kechga yaqin qum ichidagi uzoq yaylovdan baxshilar yetib keldi. (Me’mor romani 355-bet)
2.Etnografik, irim-sirimlar qilib, duolar o‘qib, dam solib davolavchi tabib. Jinga ishongan baxshini tinglaguncha, Chinga ishongan baxshini tingla. (Maqol). Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. Baxshi o‘qidi. Allaqanday bir xotin kelib, tolning xipchini bilan savaladi. (A.Qahhor, Bemor);
3.Eski kitobiy. Buxoro xonligida qurilish uchun belgilangan mablag‘larni hisob-kitobini nazorat qiluvchi lavozimli kishi. Buxoro xonligida ma’muriy binolar qurilishida mablag‘ hisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarda urug‘ oqsoqollarini baxshi deb atashgan. (O‘zbekiston milliy ensiklopedyasi).12
Demak, baxshi so‘zining ma’no tuzilishida ham torayish va kengayish hodisalari yuz bergan.
Yuqoridagi ikki kasb-hunar otlari tahlilidan ko‘rinadiki, o‘zbek adabiy tili kasb-hunar nomlari mavzuviy guruhi juda boy bo‘lib, u til tizimidagi sayqallanish, ma’yorlashuv mezonlari asosida hozirgi darajaga kelgan.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lahja va shevalari lug‘at tarkibida kasb-hunar nomlari mavzuviy guruhi salmoqli o‘rin tutadi. O‘zbek tilidagi kasb-hunar nomlari ham boshqa lug‘aviy qatlamlar, guruhlar kabi murakkab rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tgan. Ilk davrlarda u turkiy qabila tillari va ba’zi qadimiy chet tillarning ayrimlarini o‘zida birlashtirgan holatda bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik fors-tojik, arab tillari va boshqa tillardan kasb-hunar nomlari qabul qilingan. Hozirgi o‘zbek adabiy tili kasb-hunar nomlarining ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi.
O‘zbek tili kasb-hunar nomlarining tarixiy etimalogik (kelib chiqish) jihatdan quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1.O‘z qatlamga mansub kasb-hunar nomlari.
2.O‘zlashma qatlamga mansub kasb-hunar nomlari
O‘zbek tili kasb-hunar nomlarini tarixiy-etimologik tahlilida, avvalo, tarixan, genetik jihatdan o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan kasb-hunar nomlari aniqlab olinadi.
Bunday so‘zlar o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyot bosqichlarida mavjud bo‘lgan nomlardir. O‘z qatlamga mansub kasb-hunar nomlariga qadimgi turkiy til, eski turkiy tilda va eski, hozirgi o‘zbek tilida tilning o‘z vositalari ichki imkoniyatlari asosida yuzaga kelgan kasb-hunar nomlari kiradi.
Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asarida turkiy tillar leksikasiga mansub 7500 ta so‘z izohlangan. Bu so‘zlar turkiy xalqlar hayotining deyarli barcha sohalarini qamrab olgan. Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asaridagi alim – olim, etukchi – etikdo‘z, satg‘uch – sotuvchi, temurchi – temirchi, qorug‘chi – qo‘riqchi kabi kasb-hunar nomlarini nafaqat qadimgi turkiy tilda va eski o‘zbek tilida, balki ayrim fonetik o‘zgarishlarga uchragan holda hozirgi o‘zbek tilida ham qo‘llanilayotganligi fikrimiz dalilidir.13
O‘zbek tili lug‘at tarkibida arxiak va tarixiy kasb-hunar otlari juda katta o‘rin tutadi. Kasb-hunar nomlari ma’noviy guruhining tarixiy taraqqiyotini eski o‘zbek adabiy tili, jumladan, Alisher Navoiy asarlari misolida ko‘rib chiqsa bo‘ladi.
So‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan eskirgan va hozirda mavjud bo‘lmagan, tarixiy, o‘tmishda bo‘lgan narsa, voqea-hodisalarni ifodalovchi so‘zlar istiorizmlar yoki tarixiy so‘zlar deyiladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin