Tadqiqotlning obyekti va predmeti. Tadqiqotimiz obyekti qilib Mirmuhsinning “Me’mor” romani olindi. Mazkur roman terminologiyasi esa uning predmetini tashkil qilad.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Magistrlik ishimning maqsadi Mirmuhsinning “Me’mor” romani terminologiyasini tarkibiy, mazmuniy nuqtayi nazardan o‘rganish , shu maqsad quyidagi vazifalarni belgiladi;
- yozuvchi Mirmuhsin va uning davri adiblari asarlarini o‘qish;
- Mirmuhsinning “Me’mor” romani mazmun mundarijasini chuqur egallash, takror va takror o‘qish;
-“Me’mor” romanida qo‘llangan terminlarni alohida qog‘ozlarga tushirish;
-to‘plangan terminlarni mazmuniy guruhlarga bo‘lish;
-tadqiqot predmeti qilib olingan terminlarni tarkib nuqtayi nazardan tasniflash;
-“Me’mor” romani terminlari genezesi (kelib chiqishi) ni aniqlashga harakat qilish;
-terminologiya (sohaviy terminologiya) ga doir maqola, risola, dissertatsiyalar bilan tanishish.
Tadqiqotlning ilmiy yangiligi. Biz tanlagan mavzu ilmiy, terminologiya fanida batamom yangi. Chunki hozirgacha na o‘zbek tilshunosligida, na jahon tilshunosligida badiiy asar terminologiyasi o‘rganilgan. Binobarin, bizning tadqiqot ishimiz va uning mavzusi kelgusida bajariladigan shunday tadqiqotlarga o‘ziga xos o‘lcham, andaza, namuna bo‘lishi mumkin.
Bu borada yuqorida bayon qilinganlarga qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, badiiy asar (muallif) terminologiyasi, bizga ma’lum bo‘lishicha, birinchi marta ushbu ishning tadqiqot obyekti qilib olinmoqda.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Agar masalaga sovet ittifoqi davrida shakllangan va hamon amalda bo‘lgan tilshunoslik, xususan, kasb-hunar leksikasi, terminalogiya nuqtayi nazardan yondashadigan bo‘lsak, ko‘plab nazariy masalalarni qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Buni ya’ni o‘zbek tilshunosligi batamom rus tilshunosligi asosida shakllanganligini barcha olimlarimiz tushunadi. Bir paytlar rus olimlari rus tilshunosligining hind-yevropa tilshunosligi ta’sirida shakllanganligini e’tirof etish va bu vaziyatdan chiqish yo‘llarini qidirganlar. Bu haqida, masalan, akademik L.V.Shcherba shunday yozgan ekan: “Bizning va Fortunatov maktabining fojeasi shundaki, bizda lingvistik tafakkur hind-yevropa tillar qurilishi tomonidan bosib tashlangan, binobarin, bizning vazifamiz bu salbiy ta’sirdan imkon boricha tezroq qutulishdir.”
Aytilganlarga diqqat bilan razm solinadigan bo‘lsak, rus tili qurilishi hind-yevropa tillar qurilishi asosida o‘rganilgani, yеvropa tilshunosligi ta’sirida shakllanganligi ma’lum bo‘ladi. Demak, o‘zbek tili qurilishi tadqiqi va o‘zbek tilishunosligining fan sifatida yuzaga chiqish jarayoni quyidagicha bo‘lgan: hind-yevropa tillari va tilshunosligi → rus tili va tilshunosligi → o‘zbek tili va tilshunosligi.
Rus tili va tilshunosligi ma’lum darajada hind-yevropa tillari va tilshunosligi ta’siridan uzoqlashgan. Ammo o‘zbek tili qurilishi hamon hind-yevropa tillari, rus tili va tilshunosligi ta’siridan chiqolgan emas. Buni biz ona tilining istalgan sathi, birligi misolida ko‘rishimiz mumkin. Shu ta’sirdan chiqishga intilish nafaqat o‘zbek tilining xos jihatlarini o‘rganish imkoniyatini yaratadi, uni milliy-siyosat darajasiga ham ko‘taradi.