Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə6/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

1. Nazariy terminologiya – maxsus leksika (termin)larning rivojlanish va qo‘llanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
2. Amaliy terminologiya – terminlarning amaliy prinsplari, terminlar va terminologiyaning kamchiliklarini yo‘qotish bo‘yicha tavsiyalar, ularning qo‘llanilishi, yaratilishi va tarjimasiga doir vositalarni ishlab chiqish bilan shug‘illanadi.
3. Umumiy terminologiya – maxsus leksika (termin)larning umumiy xossalari, muammolarini o‘rganadi.
4. Xususiy terminologiya – ma’lum bir tilning aynan bir sohasiga mansub bo‘lgan terminlarni o‘rganadi
5. Tipalogik terminologiya – alohida terminologiyalarni qiyoslab o‘rganib umumiy va alohida terminologiyaning xossalarini belgilaydilar.
6. Chog‘ishtirma terminologiya – turli tillardagi umumiy va maxsus terminologiyani chog‘ishtirib o‘rganadi, xossalarini keltirib chiqaradi.
7. Semasialogik terminologiya – maxsus leksemalarning semantika bilan bog‘liq muammolarni, semantik birliklarning o‘zgarishi, polisemeya, sinonimya, antonimya, giponimya kabilarni tadqiq qiladi.
8.Onomastik terminologiya – nomlashning maxsus leksemalarini, ularning nomlanish jarayoni, nomlashning optimal shaklini tanlashni tadqiq etadi.
9.Tarixiy terminologiya – terminologiya tarixini o‘rganib, terminlarning kelib chiqishi shakllanish jarayonini tahlil etadi. Shu orqali terminlar tartibga solinadi. Shu yo‘nalishning natijalariga asoslangan holda tilshunoslikda yangi mustaqil fan – antropolingvistika ajralib chiqdi.
10.Funksianal terminologiya – zamonaviy terminlarning turli matnlardagi, professional muloqot holatlarda, mutaxassislarni tayyorlashdagi vazifalari, shu bilan birga nutqda va kompyuter tizimida terminlardan foydalanish xossalarini o‘rganadi.
O‘zbek tilshunosligida atamalarni o‘rganishga doir ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. Ko‘plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug‘atlar, ilmiy va ilmiy – ommabop maqolalr yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug‘atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug‘i hisoblanadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, “Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tish tog‘risida”gi qonunnning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo‘mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To‘nyo‘quq, Kultegin, Bilgi hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg‘ul bo‘lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo‘shiqlarida ham mavjud bo‘lgan.
Leksika termini grekcha lexikos (“so‘zga oid”) so‘zi hosilasidir. Leksika deganda, tilning barcha so‘zlari, lug‘at tarkibi nazarda tutiladi. Leksika termini tilning alohida so‘zlar qatlamiga ham (maishiy leksika, poetik leksika, ish yuritish leksikasi kabi), bir ijodkor tomonidan qo‘llangan barcha so‘zlarga nisbatan ham (Navoiy leksikasi, Tog‘ay Murod leksikasi) yoki biror asar haqida ham (“So‘z haqida so‘z”) qo‘llanilishi mumkin. Til leksikasi tilshunoslikning leksikologiya, semasiologiya va onomasiologiya sohalari o‘rganish manbai hisobalanadi. Leksika bevosita yoki bilvosita borliqni ifodalaydi, jamiyatdagi o‘zgarishlarni, xalqning moddiy hayoti va ma’naviy olamini aks ettiradi, yangi predmet, hodisa, jarayon va tushunchalarni ifodalash uchun yangi so‘zlar bilan muttasil to‘lib boradi. O‘zida eskirish va yangilanishni to‘la aks ettiradi. Iste’mol darajasi susaygan birliklar esa leksikadan butunlay chiqib ketmaydi. Moddiy ishlab chiqarishning har xil sohalari muntazam rivojlanib, yangi yo‘nalishlar bilan boyib borishi, fan va texnikaning tinimsiz rivoji yangidan-yangi maxsus so‘zlar – termin va terminologik qatlamlarni vujudga keltiradi va rivojlantiradi. Bunda e’tiborlisi shundaki, umumiste’mol so‘zlarning ayrimlari terminologik tabiat kasb etsa, ayrim terminlar o‘z ifodalanmishining kundalik turmushda qo‘llanish darajasiga bog‘liq ravishda umumiste’mol xususiyat kasb etib boradi. Jamiyatda umumiy ta’limning rivoji ham tilning o‘rta saviyali sohiblarida til terminоlogik tizimining xalqchillashuviga olib keladi. Til leksikasida jamiyatning ijtimoiy qatlamlanishi (professional, yosh, jins va h.) o‘z aksini topadi. Shunga ko‘ra, til leksikasi har xil sotsial dialektlarga xoslanishi jihatdan tarmoqlanadi: jargon, argo, sleng. Til leksikasining sotsial xoslanishi sotsial dialektologiya, sotsiolingvistika, psixolingvistika kabilar tomonidan o‘rganiladi. Leksikada til egalarining turli hududiy dialektlarga mansubligi, xususan, hududiy sifatlar o‘z ifodasini topadi. Tilning hududiy variativligi dialektologiya tomonidan o‘rganiladi. Dialektal so‘zlar umumadabiy leksikani to‘ldiruvchi eng muhim ikki vositadan biri sanaladi. Adabiy nutqda qo‘llanilib, hali unga to‘liq singmagan, mahalliy kolorit, hududiy bo‘yoq yaqqol sezilib turgan sheva so‘zlari “dialektizmlar” deyiladi. Tog‘ay Murod, Shukur Xolmirzayev, Nazar Eshonqul asarlarida dialektizmlarning yorqin namunalarini ko‘ramiz. Leksikaning ochiqligi va dinamikligi unga tarixiylik nuqtai nazaridan munosabatda bo‘linganda, yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, ayrim so‘zlar passivlashib qolgan bo‘lsa, ayrimlari til “muzeyi” eksponatlari javonlaridan o‘rin olgan. Agar til muzeyi tashkil qilinadigan bo‘lsa, undan bugungi kunda unutilib borayotgan ardam, emgak, o‘klalmoq kabi so‘zlar anglatgan ma’nolari va qo‘llanish o‘rinlari hamda darajasi bilan o‘z aksini topgan bo‘lur edi. Bugungi kunda tilimiz leksikasining ko‘plab so‘z va iboralari o‘zining ana shunday vertual yoki moddiy saqlanish usullariga ehtiyoj sezmoqda. Leksik birliklar to‘satdan “g‘oyib bo‘lmaydi”, u avval sezilarli ravishda passivlashadi, keyinchalik arxaizm va istorizmlarga aylanib boradi. Leksikaga yangi kirib kelayotgan so‘zlarning tilga singishi ham sekinlik bilan kechadi. Chetdan so‘z qabul qilish bu jarayonni o‘ziga xos qonuniyatlarga ega bo‘lib, kirib kelayotgan so‘zlar tilning ichki talablariga javob berishi kerak. Ulardan ayrimlarini keltiramiz: 1) farqlanish. Til, avvalo, yozma va og‘zaki nutqqa ayricha talablarni qo‘yadi. Masalan, dorixona so‘zi yozma nutqqa, o‘zlashma apteka esa og‘zaki nutq uchun xos. Lekin ikkalasi ham meyoriy hisoblanadi. 2) qulaylik. O‘zbek tilida oblast va viloyat, plan va reja, programma va dastur so‘zlaridan ikkinchilari, qaysi tilga mansubligidan qat’i nazar, talaffuz va imlo jihatidan qulay. Shuning uchun til qulay variantni tanlaydi; 3) zamonaviylik. Imlo qoidalarida, tilning izohli va imlo lug‘atlarida u yaratilayotgan davr ruhi aks etishi katta ahamiyatga ega. Masalan, bek so‘zini polkovnik, beklarbegi birikmasini polkovnik, qozi so‘zini sudya so‘zlari olishi yangi zamon talabidir.
Til leksikasida yangi so‘zlarning hosil bo‘lishi turli yo‘llar bilan sodir bo‘ladi: 1) yangi so‘z yasalishi: 2) so‘zning yangi ma’no kasb etishi; 3) bir turkumdan boshqasiga o‘tish. Mazmun plani nuqtai nazaridan til leksikasi farqlanadi: 1) mustaqil so‘zlar (atash vazifasini bajaradi) ва nomustaqil so‘zlar (bunday vazifaga ega emas); 2) mavhum so‘zlar (umumlashma ma’nolarni ifodalaydi) va aniq so‘zlar (muayyan tushunchalarni ifodalaydi). Mustaqil va nomustaqil so‘zlar tizimida ham uzluksizlik mavjud. Unga ko‘ra, mustaqil so‘zlar nomustaqil so‘zlarga aylanadi yoki ularning vazifasini muvaqqat bajaradi; 1) sinonimlar (bir tushunchani turli tomondan ifodalaydi); 2) antonimlar (zid tushunchalarni ifodalaydi); 3) giponimlar (tur-jins tushunchalarini ifodalaydi); Ifoda plani nuqtai nazaridan omonimlar, omograflar, omofonlar, paronimlar farqlanadi. Til leksikasida uslubiy xoslanish alohida ahamiyatga ega. Til leksikasida frazeologizmlar alohida o‘rin tutadi. Frazeologizmlar leksikalizatsiya hodisasining yorqin namunasi. So‘z birikmalari ma’nolari ixtisoslashib, bir so‘z ma’nosiga teng ma’no ifodalashga o‘tadi. Iboralar shaklan so‘z birikmasiga o‘xshaydi, lekin til leksikasiga mansub bo‘ladi. Leksikani qayd etuvchi soha leksikografiya bo‘lib, uning nazariy va amaliy, an’anaviy va zamonaviy ko‘rinishlari mavjud.
So‘z – tilning narsa-hodisalar, jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan eng muhim struktur ma’noviy birligi; o‘z tovush qobig‘iga ega bo‘lgan, borliqdagi narsalar haqidagi tushinchani, ular o‘rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni ifodalay oladigan, turli grammatik ma’no va vazifalarda qo‘llanadigan eng kichik nutq birligi, leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqealangan ko‘rinishi. So‘z qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi, lekin, undan farqli ravishda, xabar yoki tugal fikr bildirmaydi. O‘zida leksik va grammatik ma’noni birlashtirgan holda so‘z muayyan so‘z turkumiga mansub bo‘ladi, o‘z tarkibida muayyan til tizimida oldindan tayin bo‘lgan barcha grammatik ma’nolarni ifodalaydi.
Tilshunoslikda so‘z atamasi leksemaga nisbatan ham qo‘llanadi va leksik so‘z deb yuritiladi. Masalan “so‘z yasalishi”, “yasama so‘z” birikmalarida “so‘z” xuddi shu ma’noda qo‘llanadi. Leksemaning nutqda muayyan shaklda voqealangan holati tilshunoslikda so‘z shakl, leksema shakl yoki morfologik so‘z deb ham yuritiladi.
So‘zning tovush va ma’no tomoni bor. Lekin har qanday tovush yig‘indisi so‘z bo‘lavermaydi. Tovush yoki tovush birikmasi so‘z bo‘lish uchun ma’noga ega bo‘lishi, ya’ni muayyan til egalari shu tovushlar vositasida biror narsani anglashi yoki bir-biriga anglatishi kerak. So‘z ma’nosida umumiylik va yakkalikning, barqarorlik va o‘zgaruvchanlikning dialektik o‘zaro munosabati aks etadi. Ma’noning barqarorligi o‘zaro tushinishni qulaylashtirsa uning o‘zgaruvchanligi (so‘zning aniq, bir ma’nosidagi o‘zgarishlar) so‘zdan borliqdagi yangi tushincha va narsalarni nomlashda foydalanishga imkon beradi, badiiy so‘z san’atining muhim omillaridan sanaladi. So‘zning ko‘p ma’noliligi ham aynan ma’noning o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq. So‘zlovchining nomlanayotgan narsaga munosabati so‘z ma’nosining so‘zlovchi his-tuyg‘usini, shaxsiy fikrini ifodalovchi emotsianal jihatni tashkil etadi. So‘z tilda muayyan tizimni shakllantiradiki, bu tizim so‘zning grammatik belgilariga (so‘z turkumlari), so‘z yasalish aloqalariga va semantik munosabatlariga (sinonimlar, omonimlar,antonimlar) asoslanadi.
Bulardan tashqari, lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan, lekin o‘z tovush qobig‘iga, o‘ziga xos ma’no, vazifasiga ega bo‘lgan, shu bilan birga so‘z yasash yoki so‘z shaklini hosil qilish uchun foydalaniladigan morfemalardan farqlanuvchi til birliklari ham so‘z deb yuritiladi. Bular yordamchi so‘zlar (bilan, lekin, kabi, xuddi), undovlar (obbo, ehhe, voy), taqlid so‘zlar (miyov, dukur-dukur, yalt-yult) va modal so‘zlar (shubhasiz, demak,ehtimol)dir.
Ma’lum ma’no bilan bog‘langan morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar ketma-ketligiga so‘z deyiladi. Demak so‘zning ikki tomoni mavjud. Birinchisi moddiy tomoni (tovushlar ketma-ketligi) ikkinchisi ma’no tomoni (atash ma’nosi va grammatik ma’nosi). Shunga binoan so‘z tilshunoslikning ikki bo‘limida leksikologiya va morfologiyada o‘rganiladi. Leksikologiyada so‘zning borliqdagi atash ma’nosi o‘rganilsa, morfologiyada so‘zning grammatik ma’nosi o‘rganiladi. Leksikologiyada so‘z uning o‘z va ko‘chma ma’nolari, ma’no ko‘chishlari va ularning turlari, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, barqaror birikmalar o‘rganiladi. So‘zning o‘z ma’nisi borliqdagi atash manosi hisoblanadi. Masalan “yoqa” deganda uning o‘z ma’nosi ko‘ylakning yoqasi ekanligi tushiniladi, ko‘chma ma’noda esa daryoning yoqasi bo‘lib keladi. Bu so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi hisoblanadi. So‘zlarning ma’no ko‘chishlari esa (metafora, metonimya, snekdoxa va vazifadoshlik) asosida ma’no ko‘chishlardir. Masalan “qozonning qulog‘i – insonning qulog‘i” bu metafora usulida ma’no ko‘chishga yorqin misol bo‘la oladi. “Navoiyni qo‘limga oldim” deganda Navoiy va uning asari o‘rtasida bog‘liqlik bor shuning uchun bu metonimya asosida ma’no ko‘chishga misol bo‘la oladi. Yoki “Olma archiyotib qo‘limni kesib oldim” deganda butun orqali qism anglashilayapti, ya’ni qo‘lini emas barmog‘i nazarda tutilyapti. Bu snekdoxaga misol bo‘la oladi. Va “Stolning oyog‘i sinib qolibdi” deganda vazifaviy bir xillik asosida ma’no ko‘chyapti. So‘zlar omonimlar(shakldosh) (yuz-son, yuz-ot; tut-daraxt,ot, tut-harakat, fe’l). Sinonimlar (ma’nodosh) (odam,inson,bashar; yuz, bet, aft, bashara). Antonimlar (zid ma’noli) (katta-kichik, yosh-qari, oq-qora) va uyadosh so‘zlar, ya’ni bir uyaga mansub so‘zlardir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin