Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə8/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

Alamkash so‘zi eski o‘zbek adabiy tilida bayroqdor, bayroq ko‘taruvchi ma’nolarini anglatadi.
Gar o‘lsa falak sari alamkash,
Bor eкdi ko‘ziga to‘tiyovash. (Layli va Majnun, 89.)14
Eski o‘zbek tilida bakavul (xon dasturxonchisi yoki bosh oshpaz), so‘zovul (qochoq askarlarni o‘z to‘dasiga qaytaruvchi amaldor), Tamog‘chi (tamg‘a bosuvchi, boj oluvchi amaldor), tunqator (tungi qorovul, amal nomi), chovush (xudoychi, eshik og‘asi), eshikog‘asi (darvoza soqchisi), yasovul (intizom saqlovchi amaldor), bitikchi (xat yozuvchi, kotib), bovurchi (oshpaz), borschi (yo‘lbars o‘ynatuvchi), o‘tmakchi (novvoy) kabi unvon, mansab nomlarini bildiruvchi kasb-hunar nomlari ham bugungi kunga kelib tarixiy so‘zga aylandi.
O‘zbek adabiy tilidagi kasb-hunar nomlarining juda katta qismini o‘zlashma qatlamga mansub lug‘aviy birliklar tashkil etadi.
O‘zbek tilidagi o‘zlashma kasb-hunar nomlarini 3 guruhga bo‘lish mumkin:
1.O‘zbek tiliga arab tilidan o‘zlashgan kasb-hunar nomlari.
2.O‘zbek tiliga fors-tojik tilidan o‘zlashgan kasb-hunar nomlari.
3.O‘zbek tiliga rus va yevropa tillaridan o‘zlashgan kasb-hunar nomlari.
Arab tilidan o‘zbek tiliga kasb-hunar nomlarining o‘zlashtirilishida quyidagi omillar yetakchi sabab bo‘lgan:
1.Arablar istilosi.
2.Islom dinining keng tarqalishi.
3.Arab yozuvining qo‘llana boshlanganligi.
4.Madrasalarda arab tilining o‘qitilishi.
5. Тurkiy-arab ikki tilliligining tarkib topganligi.
O‘zbek tiliga arab tilidan 50 dan ortiq kasb-hunar nomlari o‘zlashgan bo‘lib, ular quyidagilar: adib, askiyachi, attor, bazzoz, baqqol, binokor, bo‘zchi, jarchi, iqtisodchi, kaboppaz, kosib, kotib, maktabdor, mashshoq, me’mor, mirob, muallim, mudarris, mudofaachi, murabbiy, musavvir, muxbir, mug‘anniy, muhandis, muhirdor, naqqosh, notiq, nosir, noshir, rassom, raqqosa, san’atkor, soatsoz, surnaychi, tabib, tadbirkor, farrosh, xattot, shifokor, shoir, qassob, qissanavis, g‘avvos, hakim, hammol, hofiz.
Fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga kasb-hunar nomlarining o‘zlashtirilishida quyidagi omillar yetakchi sabab bo‘lgan:
1.O‘zbek va tojik xalqlarining qadimdan bir hududda, bir xil ijtimoiy tuzum, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy muhitda yashab kelayotganligi.
2.O‘zbek-tojik va tojik-o‘zbek ikki tilligining keng tarqalganligi.
3.Tojik va fors tillarida ijod qilish ananalarining uzoq yillar davom etganligi.
4.Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligida tojik tilining alohida mavqega ega bo‘lganligi.
5.Adabiyot, san’at, madaniyat, urf-odatdagi mushtaraklik va boshqalar.15
O‘zbek tiliga fors-tojik tilidan bir qancha kasb-hunar nomlari o‘zlashgan. Jumladan, aravasoz, aravakash, bastakor, binokor, bozorgir, bog‘bon, gazlamafurush, gilamdo‘z, gulchi, go‘rkov, darvozabon, dasturxonchi, zargar, zardo‘z, kaboppaz, kavushdo‘z, kashtado‘z, mardikor, mahsido‘z, mevafurush, mo‘ynado‘z, navozanda, noskash, pazanda, payvandchi, paxtakor, podachi, posbon, somsapaz, usta, xonanda, chilangar, chorvachi, g‘ijjakchi kabi.
O‘zbek tiliga rus tilidan ham bir qancha kasb-hunar so‘zlari kirib kelgan. Jumladan, dublyor, doctor, dirijyor, diktor, zootexnik, injiner, inspector, kassir, medik, metodist, mikrobiolog, mineralogiya va hokozo.
Hozirgi kunda fan-texnika rivoji natijasida ingliz, nemis, fransuz va boshqa ko‘plab dunyo tillaridan kasb-hunar nomlari o‘zbek tiliga kirib kelmoqd

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin