Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə5/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Magistrlik dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Umumiy hajmi 105 bet.

BIRINCHI BOB
JAHON VA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA KASB-HUNAR LEKSIKASINING O‘RGANILISHI
I.1.Jahon tilshunosligida kasb-hunar leksikasining o‘rganilishi
Hozirgi paytda dunyo tilshunosligining diqqat markazida turli xil mavzular bilan birga terminologiya ham turibdi. Aynan shu davrda zamonaviy tilshunoslik fanida yanada keng ma’no kasb etgan va chuqurroq o‘rganilayotgan “terminologiya”ni topish mushkul vazifalrdan biri hisoblanadi. Terminologiya – maxsus leksikani o‘rganuvchi fan bo‘lib, terminlarning kelib chiqishi, shakli, ma’nosi, vazifasi va qo‘llanilishi kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi. Terminologiya zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning aktual yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi vaqtda terminologiya masalasining o‘sib borishi, bir tomondan, ilm-fanning dinamik rivojlanishi tufayli yangi tushunchalarning ko‘payib borishi sababli deb qaralsa, ikkinchi tomondan, terminlarning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va funksiyasi kabi masalalarning yetarli darajada o‘rganilmaganligi bilan bog‘liq hodisa deb izohlanadi.1
Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushinchalarini anglatadigan, difinitsyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ funksyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi.
A.Reformatskiy terminga ta’rif berar ekan, “terminlar – bu maxsus so‘zlardir” degan xulosaga keladi. A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasb-korlikda ishlatiladigan so‘zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. U o‘z fikrini davom ettirib, “termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushinchaning ifodasidir, nomidir, professionalizm esa biror kasb, mutaxassislik, ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushinchaning qat’iy, ilmiy tavsifga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zidir” deydi.
R.Doniyorov bu fikrga e’tirozan, “Bunday qat’iy da’vo, aslini olganda, tilni sinfiy deb hisoblagan ayrim olimlarning qarashlari davomidir desak, xatoga yo‘l qo‘ymaymiz” deya munosabat bildiradi. H.Jamolxonov terminga munosabatda bo‘lar ekan quyidagicha yozadi: “Terminlar fan-texnika, adabiyot, san’at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushinchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak, kvadrat (giometryada); ega, kesim (tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi”.
Ammo shuni ham aytish o‘rinliki, bu jarayonda rus tili va rus tili orqali kirib kelgan terminlarni o‘rinsiz sun’iy ravishda yangi yasalmalar yoki arab va fors-tojikcha so‘zlar bilan almashtirish hollari ham kuzatiladi.
Masalan, bankrot – sinish, buxgalter – hisobchi, gazeta – ro‘znoma, deputat – noib, jurnal – mujalla, (jorido,oybitik,oynoma), institut – oliygoh, (ta’limgoh), klub – tomoshagoh, (tadbirgoh), kompensatsiya – tovon, medal – nishon, fakultet – kulliyot, kurs – bosqich, fonetika – tovushshunoslik, sinonim – ma’nodosh, omonim – shakildosh, antonim – zid ma’noli kabi.
Hozirgi kunda yurtimizda bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy, molyaviy, siyosoy-huquqiy tizimlaridagi islohatlarning tilning leksik sathiga kirib kelayotgan xalqaro terminlar sonini ko‘paytirmoqda. Bu hol shu sohada faoliyat yuritayotgan insonlardan o‘z kasbiga oid termin va tushinchalar haqida to‘liq va aniq ma’lumotga ega bo‘lishlarini talab etmoqda. V.N.Shevchuk terminga quyidagicha ta’rif beradi: “termin” – bu so‘z bo‘lib, o‘rta asrlarda “aniqlash”, “ifodalash” degan ma’nolarni ifodalagan. Qadimgi Fransuz tilida mavjud bo‘lgan “terme” leksemasi “so‘z” degan ma’noni anglatadi. A.A.Reformatskiy esa buni quyidagicha izohlaydi: “Termin – bu so‘z bo‘lib o‘zining alohida va maxsus belgilari bilan chagaralanadi, fan, texnika, iqtisodiyot, siyosat va diplomatiya sohalarida bir ma’noli, aniq so‘zdir u eksprissivlikdan holi, muayyan predmet yoki tushinchani ifoda etuvchi, o‘zining qat’iy va aniq mazmuniy chegarasiga hamda izohiga ega bo‘ladi”. V.P.Danilenko termin so‘ziga quyidagicha aniqlik kiritadi: “Termin (lar) – lug‘at tarkibining bir qismi hisoblanib, muayyan fan va soha leksik birliklarning aniq nomi, ta’rifidir” B.N.Golovin esa termin haqida: kasb-hunar nuqtai nazaridan qaraganda termin o‘zida muayyan kasbiy tushinchalarni ifoda etadi, - deb yozadi.
Filologiya fanlar doktori, akademik G‘.Abdurahmonov shunday yozadi: “Atamalarning aniqligi va qat’iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini ko‘rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil sohalarida turlicha bo‘lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog‘liq. Bu taraqqiyot to‘xtovsiz bo‘lgani uchun yangi atamalarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo‘ladi. Umuman, ona tilida atamalarning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo‘llanmalar tuzish uchun ham , ona tilida dars olib borish uchun ham zarur bo‘lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko‘rsatadi”. Demak terminologiyaning tartibga solinishi, muvofiq ravishda tarjima qilinishi nafaqat ilmiy sohada, balki ijtimoiy sohada, balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta bo‘lgan masaladir.
AQSHda o‘tgan asrning 70-yillarida yuzaga kelgan “The world Encyclopedia Dictionary” lug‘atida esa terminga quyidagicha ta’rif beriladi: “Terminalogy – the special words and terms used in science, art, business and economy”. Ma’nosi: terminologiya – fanda, san’atda, biznes va iqtisodda ishlatiladigan maxsus so‘zlardir.
Yuqorida keltirilgan tilshunos olimlarning fikridan kelib chiqqan holda, o‘z nuqtayi nazarimizdan “termin” so‘ziga quyidagicha izoh bersak bo‘ladi: “tilning ma’lum sathidagina qo‘llanilib, ma’lum bir so‘z yoki so‘z birikmasining ma’nosini xususiy ma’no bilan ifodalab beruvchi so‘z yoki so‘z birikmasi”.
Atamashunoslikning kelib chiqishi avstralyalik olim Oygena Vyuster va Dmitriy Semyonovich Lottelarning sharafli nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular ilk tadqiqot ishlarini 1930-yilda nashr etganlar. Hozirgi vaqtda bir necha milliy maktablar – avstrya-nemis maktabi , frank-kanada maktabi, rus maktabi , Chexiya maktablari atamashunoslikning nazariy masalalariga turli tomondan yondoshib, o‘z tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Ularning ichida Rossiya atamashunoslik maktabi yetakchilik qilmoqda.
Hozirgi paytda atamashunoslik bir qancha tadqiqot yo‘nalishlariga bo‘linadi:

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin