7
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
husnixatga o‘rgatishning asosiy vazifasi
ularga husnixat yuzasidan amaliy bilimlar berish, tez, to‘g‘ri va chiroyli
yozuvga o‘rgatishdir.
Husnixat va uni o‘qitish metodikasi ta’limning turli
bosqichlarida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma
va malakalari darajasini
o‘rganadi, o‘qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarining sababini
aniqlaydi, grafik xatolarni tekshiradi
va ularning oldini olish, yo‘qotish
usullarini topadi.
Birinchi sinfda yozuv darslari husnixat malakasini o‘qitish orqali olib
boriladi. Chiroyli va toza yozilgan xat yozayotgan shaxsning madaniyatini
va uni o‘qiydigan kishiga nisbatan hurmatini ham belgilaydi.
Hozirgi
kunda fan-texnika taraqqiyotining o‘sishi orqali kundalik hayotimizda
turli-tuman (qog‘ozlardan)
hujjatlardan keng foydalanamiz, har xil
konspektlar, ish qog‘ozlari, hisobotlar keng o‘rin olmoqda.
Bularning
hammasi faqat chiroyli va aniq yozish bilan birga, tezlikni ham talab etadi.
Umumiy ta’lim maktabini isloh qilishning asosiy yo‘nalish-larida
ko‘rsatilganidek, yozuv darslarida harflarni aniq, toza va chiroyli yozishni
mukammal o‘rgatish talab etiladi.
Ammo qisqa muddat ichida o‘quvchilarda chiroyli,
tez va toza yozish
malakalarini o‘stirish mumkin emas, buning
uchun bir necha yil talab
etiladi.
Chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun bolalarning maktabga qadam qo‘ygan
kunlaridan boshlab quyidagi vazifalarni bajarishlari talab etiladi.
1.
Yozuv vaqtida partada to‘g‘ri o‘tirish.
2.
Ruchkadan to‘g‘ri foydalanish.
3.
Daftardan to‘g‘ri foydalanish.
4.
Yozma va bosma harflarning shakli bilan tanishtirish.