Tavsiyalar



Yüklə 115,64 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix01.05.2023
ölçüsü115,64 Kb.
#105421
Xulqida og‘uvchanligi bo‘lgan o‘quvchilar



Qiziltepa tuman O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik 
diagnostikasini metodik ta'minlash kichik guruhi tomonidan
Xulqida og‘uvchanligi bo‘lgan o‘quvchilar, ularning sinf 
rahbarlari, ota-onalari bilan ishlash bo‘yicha
TAVSIYALAR. 
O‘quvchilardagi psixologik xususiyatlar, rivojlanishida o‘ziga xos 
tomonlar, ular o‘rtasida salbiy odatlarni oldini olish va boshqa masalalar 
doirasida umumta'lim maktablari amaliyotchi psixologlari tomonidan qator 
tadbirlar, ya'ni psixotrening va psixokorreksion ishlar olib boriladi. Maktablarda 
bolalarga nisbatan ba'zan “tarbiyasi qiyin bola” jumlasi ishlatiladi. Asosan 
tarbiyasi qiyin bolalar deganda ko‘p holatlarda voyaga yetmaganlar bilan ishlash 
nazoratchilari ro‘yxatida hisobga olingan, giyohvandlik va spirtli ichimlik 
ichishga, bezorilik va o‘g‘rilikka moyil o‘quvchilar nazarda tutiladi. 
Kuzatishlardan ma'lum bo‘lishicha, tarbiyasi qiyin bolalar tarbiya jarayonida 
pedagogik ta'sirlarga qarshilik ko‘rsatadi, ularning hulqida o‘zini biz hohlaganday 
tutmaslik holatlari kuzatiladi.
Tarbiyasi qiyin bolalar kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri ularda 
o‘qishga nisbatan salbiy munosabatning paydo bo‘lishidir. Odatda bunday 
munosabatning paydo bo‘lishiga boshqa sabablar ham ta'sir ko‘rsatishi mumkin. 
Jumladan o‘quv faoliyati usuli, malakalari to‘la tarkib topmaganligi sababli nisbiy 
bilim olish bilan qanoat hosil qilish, o‘zlashtirish qobiliyatining sust 
rivojlanganligi, muayyan vaziyatlarda xukm va xulosa chiqarishda qiyinchilikka 
duch kelish, o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchiga ob'ektiv baho berilmasligi, 
o‘qituvchi tomonidan bolaning individual-psixologik va intellektual imkoniyatiga 
yetarlicha e'tibor berilmasligi, o‘qitish saviyasining pastligi, darslarning qiziqarsiz 
o‘tilishi, o‘quvchining sinf jamoasi bilan yaxshi aloqada bo‘lmasligi va 
boshqalar. O‘quvchi bilan jamoa fikrining mos kelmasligi uning jamoa ichida o‘z 
o‘rnini borgan sari yo‘qotib borishiga sabab bo‘ladi. Jamoa a'zolari bunday 
o‘quvchining qarashlarini vaqti-vaqti bilan hisobga olishlari yaxshi natija berishi 
mumkin. O‘quvchining fikr va qiziqishlarini jamoaning qo‘llab quvvatlamasligi 
yoki beparvoligi uni qonunbuzarlikka undaydi va giyohvandlik kabi salbiy 
holatlarning kelib chiqishi uchun imkoniyat yaratadi. Natijada bola uchun kelajak 
rejalarining poymol bo‘lish xavfi tug‘ilib, o‘qishdan va jamoadan yuz o‘girgan 
o‘smir o‘z kelajagini, orzu-umidlarini maktab va tengdoshlari faoliyatiga 
bog‘lashdan ko‘ra, yangi “do‘stlari” bilan aloqa qilishni afzal ko‘radi va boshqa 
kishilardan najot izlaydi. Buning natijasida o‘smir nosog‘lom xulqli bolalar 
to‘dasiga tushib qoladi va ular xulq –atvoriga xos bo‘lgan xarakterga ega bo‘ladi. 


Bundan tashqari, oilaviy sharoitning salbiy ta'siri ham tarbiyasi og‘ir 
o‘smirlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ayrim oilalarda bola uchun zaruriy 
imkoniyatlar mavjud emasligi sababli bola nohush holat bilan yolg‘iz kurash olib 
borish kechinmalari bilan yashaydi. O‘smir dunyosida oilaviy sharoitga nisbatan 
paydo bo‘lgan norozilik hissi kundan kun avj olib, ichki qo‘zg‘olonga aylanib 
boradi. Bundan tashqari, ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarning nosog‘lomligi, 
ba'zi ota-onalarning spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishlari ham bolaning ruhiy 
dunyosiga ta'sir ko‘rsatadi. Ko‘pincha, o‘quvchilardagi tarbiyasi qiyinlik oiladagi 
va ta'lim tizimidagi pedagogik qarovsizlik natijasida yuzaga keladi.. Pedagogik 
qarovsizlik quyidagi darajalarda tavsiflanadi: 
1.Past. hatti-harakat, xulq-atvordagi beqarorlik. O‘z “men”iga ortiqcha 
baho berish. Asosan yoshiga xos bo‘lgan xarakter belgilarining ustunlik qilishi.
2.O‘rta. Kattalar va tengqurlari bilan aloqaning buzilishi. O‘qish va 
mehnatga qiziqmaslik, nizolar egoistik yo‘nalishga asoslanishi. Pedagogik ta'sir 
choralari to‘g‘ri qabul qilingan holda unga amal qilmaslik. 
3.Yuqori. Salbiy xarakter xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. 
huquqbuzarlik oshkora qilinadi. Kattalar bilan o‘zaro munosabatda tajovuzkor 
bo‘ladi. O‘zlari to‘g‘ri deb qabul qilgan “ahloq normalari”ni oqlashga urinadilar. 
Ular huquqbuzarlik chegaralarini tushunib yetmaydilar. 
4.Kriminal. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar bo‘lib, ularning hulq-atvorini 
boshqarib bo‘lmaydi. Bundaylar har qanday tarbiya vositalariga qarshilik 
ko‘rsatadilar. Hatti harakatlarida tajovuzkorlik ko‘proq uchraydi. Ular o‘zlarining 
huquqbuzarlik motivlarini o‘zlari belgilagan “ahloqiy me'yorlar” bilan 
o‘lchaydilar, natijada jinoyatga qo‘l uradilar. 
Amaliyotchi psixolog avvalo bolalarning oilaviy ahvolini o‘rganish, 
maktab bilan ota-ona o‘rtasida uzviy aloqani o‘rnatish, fan o‘qituvchilari bilan 
aloqani mustahkamlash, o‘quvchining darsga qatnashini kuzatish, darsdan 
tashqari faoliyatini nazorat qilish, turli savol-javoblar o‘tkazish orqali tarbiyasi 
og‘ir bolalar bilan ishlash dasturi va rejalarini belgilab olishi lozim. Bundan 
tashqari psixolog maktab shifokori, tashxis markazi shifokori bilan hamkorlikda 
bolaning tibbiy varaqasi bilan ham tanishib chiqishi kerak bo‘ladi. Agar bola 
sog‘lom rivojlangan bo‘lsa-yu, maktab va oila tarbiyasiga bo‘ysunmasa, bunday 
vaziyatlarda psixolog yordamga kelishi va. avvalo bola bilan suhbatlashib, nima 
uchun uning hulqida bunday o‘zgarishning yuzaga kelganligi, ko‘cha ta'siriga 
berilishi, salbiy norasmiy guruhlarga a'zo bo‘lib qolishi, darsni sababsiz 
qoldirishi, past o‘zlashirishi, jamoat ishlarida qatnashmaslik sabablarini aniqlaydi. 


Tarbiyasi qiyin bo‘lgan bolalar bilan ishlashda intervyu metodidan foydalanish. 
1.Sinf rahbari bilan suhbat.
-Tarbiyasi qiyin bo‘lishning sabablari? 
-Uydagi va maktabdagi intizomi. 
-O‘zlashtirishi 
-Tarbiyaning asosiy qiyin tomonlari va ko‘rilgan choralar. 
-Oilaviy sharoiti 
2.Tarbiyasi qiyin o‘quvchi bilan suhbat. 
-Maktabni tugallagach qaysi kasbni egallamoqchisan? 
-qaysi fanlar senga ko‘proq yoqadi? 
-qanday kitoblar o‘qishga qiziqasan? 
-Do‘stlaring kimlar va ular haqida qanday fikrdasan? 
-O‘zingning hulqing va o‘qishingdan qoniqasanmi? 
-Jamoat ishlarida qatnashasanmi? 
-Sen yoqtirgan mashg‘ulot (uyda va maktabda)? 
-hayotda eng zarur va qiziqarli narsa nima deb hisoblaysan? 
-Ota-onangga munosabating qanday va nima uchun? 
-Kattalarga munosabating? 
3. Fan o‘qituvchilari bilan suhbat. 
-Sizning darsingizda o‘quvchining xulqi va o‘zlashtirishi qanday? 
-O‘quvchi tartibsizligining eng yomon tomoni va sizning maslahatingiz? 
-Uning o‘qish va ishdagi qobiliyati, imkoniyati qanday? 
4. Do‘stlari bilan suhbat. 
-qachondan beri do‘stsizlar? 
-Sizlar yoqtirgan mashg‘ulot va ishlar? 


-Do‘stingning nimasi senga yoqadi? 
-Do‘stingning qaysi tomoni yoqmaydi va nima uchun? 
-Unga qanday yordam qilasan? 
-Sizlarning kelajak rejalaringiz? 
5.Ota-onalari bilan suhbat. 
-Farzandingizning o‘qishi va xulqidan qoniqasizmi? 
-Uning o‘qishi va xulqidagi qaysi tomonlar sizni bezovta qiladi? 
-Siz unga qanday yordam berasiz? 
-Uning kun tartibi qanday? 
-Uyda nimalar bilan shug‘ullanadi? 
-Uy ishlarida sizga yordamlashadimi? 
-Kelajakda qanday kasb tanlashini maslahat berasiz? 
6. Sinf sardori bilan suhbat. 
-Sinfdoshing haqida qanday fikrdasan? 
-Uning xulqida qanday nuqsonlar bor? 
-Sinfdoshlarga munosabati qanday? 
-Jamoat ishlarida qatnashadimi? 
-Sinfdoshlari tomonidan uning namunali o‘quvchi bo‘lishiga qanday 
yordam ko‘rsatildi? 
7.Xulosa 
-Tarbiyasi qiyin o‘quvchiga tavsifnoma 
-Uni tarbiyalash yuzasidan oila, maktab va sinfdoshlarining imkoniyatlari 
va bahosi. 
-Tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan yakka va guruhli tartibda ishlash uchun 
reja va dastur. 

Yüklə 115,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin