Ona tili òqitish metodikasi fanidan Mustaqil ish Hamrayev Javohir
qoqozrez (qog'oz quyuvchi),
xattot (kalligraf),
muzaxxib (oltin suvi bilan bezak beruvchi),
lavvoh (lavxa
chizuvchi),
musavvir (rassom) va
saxxof (muqovachi) ishtirok etadi. Shu
yo'sinda tayyorlangan nafis kitoblar shoxlar, buyuk olimlar va shoirlar
kutubxonalarida saqlanar edi.
O'rta Osiyo ustalari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro ustalari qog'oz
ishlashda katta shuxrat qozongan edilar.
Ularning qog'ozlari pishiq va silliq edi. Xattot uchun esa ana shunday
sifatli qog'ozlar kerak bo'lar edi. Qog'ozlar kustar holda turli usullarda
tayyorlangan. Xattotning asar ko'chirish qurollari: «sayyox», «qamish
qalam», «mistar» (transpornat), qalamning uchini chiqarib turish uchun
«kalamtarosh», qamish qalamning uchini kesish uchun yasalgan maxsus
suyak plastinka «qalamqat»dan iborat bo'lgan. Qamish qalam xattotning
asosiy yozuv quroli xisoblangan. Uni tayyorlash ham alohida san'at talab
etgan. Qamish qalamdan qog'ozga siyox tommaslik uchun hamda
qalamda doim yetarli darajada siyox bo'lishi uchun siyoxdon (dovot)ga
to'lguncha ipak los solingan. Siyoxga bo'ktirilgan ipak loslar qalamning
yetarli miqdorda siyox bilan ta'minlanishiga yordam bergan.
Xattotlar texnik vazifalardan tashqari o'z yozuv uslublarini ham ishlab
chiqarishga intilganlar. Masalan, XII asrdan boshlab xattotlar hayotida
ko'fiy xati uslubi keng o'rin oldi. Bu uslub asosida arab yozuvining
quyidagi
olti xil asosiy uslublari maydonga keladi:
1. Suls xati - bu xatning to'rt baxrasi tekis ikki baxrasi yumaloq shaklda
4
yozilgan.
2. Nasx xat i - bu xatning ixtirochisi mashxur xattot Ibn Muqla'
xisoblanadi.
3. Muzaxxak xati - bir bo'lak qismi tekis bo'lib, qolgan bo'laklari yumaloq
shaklda yoziladi.