5
tushuntirilgan. Chiroyli yozuvga o'rgatish vaqtida
faqat qalamni qanday
ushlash qoidalarigina eslatilgan. Qalam bilan bir marta yozilgandan so'ng
uning ustidan qayta yozishga yo'l qo'yilmagan, bu yozuv qoidalarini
saqlashdagi birdan-bir usul bo'lgan. Bolalarga yuqoridagiga o'xshash
ayrim yo'1-yo'riqlar ko'rsatilgani bilan ularning ko'z bilan qog'oz
o'rtasidagi masofaning to'g'ri saqlanishiga e'tibor berilmagan. Hatto
yozish vaqtida nafas olish ham ta'qiqlangan.
Eski maktabda husnixat qoidalarini o'rgatuvchi birdan-bir «Mufradot»
kitobi bo'lgan. Domlalar yozishni o'rgatish va husnixat mashq qildirishda
shu kitobdan foydalanganlar. Bu vaqtda husnixatga o'rgatishning birdan-
bir yo'li ko'chirib yozish. Ko'nikmasini hosil qilish bo'lgan. Bolalar uchun
arab alfavitida yozish juda qiyin bo'lib, unda biror nuqtaning noo'rin
qo'yilishi yoki nuqtalar sonining kam yoki ortiq bo'lishi so'zning ma'nosini
tubdan o'zgartirib yuborgan. Shuning uchun, arab yozuvida juda ehtiyot
bo'lib yozish zarrur edi. Ana shunday bir vaqtda husnixat bo'lishni, har
bir harfni to'g'ri
va aniq yozishni talab qilish, bu masalaga kishilarning
diqqatini jalb qilishda husnixat ta'limini o'rgatuvchi metodik qo'llanma
juda muhim edi. Bu ishga birinchi bo'lib shoir va xattot Shermuhammad
Avazbek o'g'li Munis (1778-1829) bel bog'laydi. Munis 1804 - yilda o'zbek
tilida «Savodi ta'lim» nomli risola yozadi. Uning bu risolasi amaliy hamda
nazariy 1948 yilda YE.V.Guryanov tomonidan tuzilgan «Yozuv
mashqlarining psixologik eslatmalari» va « Alifbe davrida » yozuvga
o'rgatishning psixologiyasi va metodikasi» nomli qo'llanmalarda esa
yozuv jarayoniga ilmiy asosda yondoshiladi va yozuvning psixofiziologik
asoslari ochib beriladi. Muallif bu qo'lanmalarda o'quvchilarning
diqqatini boshlang'ich sinflarda darsning
samaradorligini oshiruvchi
qator shart-sharoitlarga tortadi hamda amaliy ko'rsatmalar beradi. 1959
6
yilda YE.V.Guryanovning «Yozuvga o'rgatish psixologiyasi» kitobi nashr
qilindi. Bu qo'llanmada, asosan, yozuvga o'rgatish psixoldogiyasi to'la
ochib beriladi, hamda eski kalligrafik yozuv sistemasi tanqid qilinadi.
Muallif bosim bilan yoziladigan yozuv sistemasini misollar bilan ko'rsatib
beradi, hamda mavjud yozuv grafikasini soddalashtirishni talab etadi.
Yozuv qurollarining takomillashib borishi bilan YE.V.Guryanov tomonidan
tavsiya etilayotgan yozuv sistemasi 1970 yildan boshlab maktablarda
keng qo'llanila boshlandi.
1965 yildan boshlab o'zbek maktablarida yangi soddalashtirilgan harflar
asosida yozuvga o'rgatish bo'yicha tajriba ishlari olib borildi.
Tajriba yakunlari shuni ko'rsatdiki, soddalshtirilgan
harflar zamon
talabiga to'la mos keladi.
1970 yildan boshlab barcha rus alfaviti asosida o'qitiladigan maktablar
uchun yangi, soddalashtirilgan harflar bilan husnixat kitoblari hamda
metodik qo'llanmalar chiqarila boshlandi. Shu jumladan, o'zbek
maktablari uchun ham husnixat darsliklari yaratildi.
Ammo bu darslik va metodik ko'rsatmalar hozirda
yangi dastur asosida
ishlayotgan boshlang'ich sinf o'qituvchilarining talabiga javob berolmay
qoldi.
Husnixat va uni o‘qitish metodikasi fani amaliy fan, chunki u
o‘quvchilarni o‘qitish,
tarbiyalash, o‘stirishning amaliy vazifalarini
bajaradi. Boshqa fanlar kabi husnixat o‘qitish metodikasining ham o‘z
predmeti bor. Husnixat o‘qitish metodikasining o‘rgatish predmeti ta’lim
berish sharoitida chiroyli yozuvni egallash, grafik jihatdan to‘g‘ri, chiroyli
yozishga o‘rgatish jarayoni hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: