Mavzu: Futbol sport turi boyicha togarak tashkil qilish Kirish Reja


ll-bob. Futbolchilarni tanlashda tehnik va taktik tayyorgarlikni



Yüklə 149,33 Kb.
səhifə4/10
tarix28.11.2023
ölçüsü149,33 Kb.
#168543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12 Futbol sport turi boyicha togarak tashkil qilish

ll-bob. Futbolchilarni tanlashda tehnik va taktik tayyorgarlikni
ahamiyati.
2.1 Yosh futbolchilarni tanlash
Yosh, kelajagi porloq futbolchilarni tayyorlash kamayib ketganligini sabablaridan biri BO’SM, mahsus sinflar va tayyorgarlik guruhlari rahbarlari tomonidan bolalarning iqtisosli ravishda futbol bilan shug’ullanish uchun tanlab olinayotganligi hamda tanlash uslubiyatida bilishning sayozligidir.
Yuqori sport natijasiga hamma ham erishavermaydi. O’zbek va chet elda yuqori natijalarga erishgan futbolchilar biografiyasi bilan tanishsak (Pele, Maradona, G.Krasnitskiy, A. Abduraimov, M.An, V.Ffyodrov, M.Qosimov) shuni bilamizki, ular yoshlik davrida o’z tengdoshlaridan o’z qobilyatlari bilan ajiralib turishgan.
Futbolchilarni tanlash oquv-mashg’ulot jarayonining muhim va uzviy qismidir, chunki u sport tayyorgarligining asosiy vazifasini hal etishga - yuqori sport natijalariga erishishga yordam beradi.
Futbolda tanlash faqat natijalarning ancha yuqori darajada bo’lishiga emas, balki shug’ullanuvchilarning bir hil tarkibda bo’lishini ham ta’minlaydi, bu esa o’qitish o’rgatish natijalariga ijobiy ta’sir etadi. Tanlashga yetarlicha baho bermaslik yoki uning uslublarini mukammal bo’lmasligi, odatda tuzatib bo;lmaydigan zarar keltiradi. Ko’pchilik bolalarning bolalar - o’smirlar sport maktablarini tashlab ketishi (bu o’qitishning turli bosqichlarida sodir bo’ladi) bunga misol bo’la oladi.
Sportchilarni tanlashdagi malakasizlikning asosiy sababi-sportchining o’qishda, mashg’ulot va musobaqada o’sishiga sabab bo’ladigan shahsiy sifat va hususiyatlar kompleksi haqidagi bilimning yetarli emaskigi.
Sport faoliyati qanchalik murakkab bo’lsa, sportchi psihologik va harakat funksiyalarining zaruruy kompleksini tashkil etuvchi variantlar shunchalik ko’p bo’ladi. Shu nuqtai nazardan futbol alohida o’rin egallaydi, chunki bu sport turidagi muvoffaqiyat bevosita sheriklarning birgalikda harakat qilish (o’ynash) sistemasiga bog’liq. Bunda shqhsning turki hil sifatlari va hislatlari ustun bo’lgan kishilar ayniqsa yaqqol ajiralib turadilar. Shuning uchun futbolda tanlash masalasi birinchi navbatda, bolalar shahsini va ularning butun sifatlari hamda hislatlarini o’rganish bilan bog’liq.
Tanlash tomonlari
Tanlashning uch tomoni: mezoni, uslubiyati va tashkil etilishi farqlanadi.
Shahsning tanlash vaqtida o’lchanadigan yoki tekshiriladigan sifatlari va hislatlari mezon deyiladi. Masalan, sportchi harakatining tezligi futbolda tanlashning muhim mezonidir.
Oz navbatida mezon uch turga: qobilyat nishonalari, istedod va qobilyatga bolinadi.
Qobilyat nishonalari bu tug’ma va hayotning dastlabki yillarida egallangan anatomic va fizialogik hususiyatlaridir. Masalan, gavdaning, ayniqsa mushak yoki yurak qon-tomir tizimining bazi nisbatlari futboldagi bo’lajak muvaffaqiyatlar uchun qobilyat nishonalari bo’lib hizmat qilishi mumkin.
Istedod shahsning sifat va hislatlari kompleksidan iborat bo’lib, sportda katta yoki kichik muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyati shunga bog’liqdir. Tanlashda istedod asosiy mezon hisoblanadi. Tehnika va taktika mahorati emas, balki mahoratni muvaffaqiyatli egallab olishni ta’minlaydigan sifatlar istedod tushunchasiga kiradi.. bu sifatlar harakat harakterida ( masalan, harakterlar tezligi yoki koordinatsiyasi) yoki intelektual tarzda (masalan, tez fikr yurutish) bo’lishi mumkin.
Qobilyat istadoddan farqli o’laroq, harakat va operatsiyalar usullaridan, ya’ni ko’nikma va malakalardan iborat bo’ladi. Biroq qobilyatning asosini ko’nikma va malakalar tashkil etmaydi, balki bu ko’nikmalarni yo’lga solib turuvchi jarayonlar tashkil etildi. Futbolga yangi kelganlarda uncha qobilyat bo’lmaydi. Shug’ullanuvchilar asosiy tehnik-taktik usliblarni egallab, muayyan tayyorgarlik bosqichiga yetganliklaridagina, ularning qobilyatini baholash mumkin. Yuqori mahoratli jamoaga o’yinchilar qabul qilinar ekan, asosiy mason qilib aynan sportchining qobilyati olinadi.
Mezonlami o’lchash uchun qo’llanadigan usul yoki moslamalar uslubiyatlar deyiladi. Tanlash amaliyotida ekspert uslubiyati, apparaturali uslubiyat va tastli uslubiyatlardan foydalaniladi.

Yüklə 149,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin