Otaqulova Hilolaning,,biologiya “ fanidan



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə1/4
tarix14.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#155558
  1   2   3   4
Kurs ishi mavzu O`zbekiston respublikasi qizil kitobi qabul qil


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
,,TABIIY FANLAR‘‘ FAKULTETI
,,BIOLOGIYA‘‘ KAFEDRASI
60510100 – Biologiya ( turlari bo’yicha) 12 – 21 guruh talabasi
Otaqulova Hilolaning ,,BIOLOGIYA “ fanidan
,, O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIZIL KITOBI “ mavzusida tayyorlagan

KURS ISHI


Topshirdi : H. Otaqulova
Qabul qildi: ,, Dorivor o’simliklar va Botanika ‘‘ kafedrasi kata o‘qituvchisi b.f.f.d A.S. abduraimov
Guliston - 2022

Guliston davlat universiteti


Tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya yo’nalishi
12 – 21 guruh talabasi
Otaqulova Hilolaning
,, O`zbekiston Respublikasi qizil kitobi “ mavzusida tayyorlagan
Kurs ishiga


TAQRIZ

Tabiat haqida qayg’urish - insoniyat o’zi haqida qayg’urishdir, chunki inson tabiatning farzandidir. Tabiat uchun yetkazilgan zarar insonning o’ziga qaratilgan zarardir. Texnika va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bo’lgan ta'sirini kuchaytirdi, bu esa hayvon va o’simlik dunyosining qashshoqlanishiga olib keldi. Bizdan oldingi qadimgi avlodlarimiz flora va fauna dunyosini tarixiy va madaniy yodgorliklarni shafqatsizlarcha qirishgan, qaysikim, endi ular haqida biz faqatgina rasmlar, qo’lyozmalar, arxeologik topilmalar orqali bilamiz. Lekin bu bilan biz ularni qattiq qoralay ham olmaymiz, chunki ularning ongi - bilimlari yetarli darajada emas edi. Shu sababdan ham Otaqulova Hilolaning O`zbekiston Respublikasi qizil kitobi mavzusidagi kurs ishi dolzarbdir . Kurs ishi 2 ta bob , xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib 30 betni tashkil qiladi. Kirish qismida muallif ishning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ishning yangiligi va amaliy ahamiyatini tushunarli bayon qilgan.


1-bob O`zbekiston Respublikasi qizil kitobi haqida bayon qilingan . Kitobga o’ziga xos usulda taxlil qilgan.

2-bob ishning asosiy qismini tashkil qiladi. Bu bobda muallif ishning mazmunini batafsil ko’rib chiqqan, tabiatimizda yo’q bo’lib ketayotgan o’simliklar va hayvonot dunyosi haqida malumotlarini keng yoritib ularga qisqacha tarif bergan.


Ishning xulosa qismida yuqoridagilardan kelib chiqqan holda O`zbekiston Respublikasi qizil kitobi haqida keng va tushunarli yoritgan va dolzarbligi haqida bayon qilingan. Ulardagi ma’lumot ishning yaxshi saviyada bajarilganiga dalolat beradi. Shu bilan birgalikda ayrim kamchiliklar ham uchraydi, bu kamchiliklar ishning ilmiy qiymatini tushirmaydi. o‘z kurs ishining amaldagi Nizom talablariga javob berishini hisobga olib, tekshiruvchilardan uni yaxshi baho bilan baholashlarini so‘rayman.
Tuproqshunoslik kafedrasi
Biologiya fanlari doktori I. O‘razbayev

Reja:
Kirish.


I. Adabiyotlar sharxi.
1.1.O`zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” haqida umumiy tushuncha.
II.Asosiy qism.
2.1. O’simliklarni himoya qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari.
2.2.Yo'qolib ketish xavfi ostida turgan o'simliklar.
2.3.o’zbekiston “Qizil kitobi”, muhofazaga muhtoj o’simlik turlari haqida.
2.4.O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarni yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, po‘stlog‘i, barglari, g‘unchalari, gullari, urug‘lari, mevalari, sharbatini (yelimini) va boshqa mahsulotlarini o‘zboshimchalik bilan yig‘ish Maʼmuriy huquqbuzarlikni keltirib chiqaradi. Qoʻriqxonalarda muhofaza etiladigan flora va fauno dunyosi hanuzgacha xavf ostida qomoqda. Aholining notoʻgʻri munosabati sababli tabiatdagi kamyob oʻsimlik va hayvonlar turi va soni kamayishni davom etmoqda. Yer yuzida hozirgi kunda 670 ming (shundan 500 mingi gulli oʻsimliklar) oʻsimliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud boʻlib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil boʻlishi va ularning yoʻqolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni boʻlib, yerda geologik sharoitlarning oʻzgarishiga ham bogʻliqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzilib, hayvon va oʻsimliklarning inson faoliyati taʼsirlari natijasida yoʻqolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi gʻorlarning, orollarning va kontinentlarning oʻzlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda. Shuning uchun ham keyingi paytda atrof-muhitni himoya qilish qilish bilan bogʻliq talablar jahon hamjamiyati tomonidan qattiq nazoratga olingan. Oʻsimlik dunyosi tabiat obyektlari ichida eng bebaho boyliklardan biri boʻlib, u tabiiy muhitni sogʻlomlashtirish, inson yashash sharoitini yasxshilash, yer va suv resurslarini muhofaza qilish, atmosfera havosining musaffoligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhitni muhofaza qilishga va tabiiy resurslardan foydalanish asosan Konstitutsiya va qonunlarda oʻz ifodasini topgan tamoyillar orqali amalga oshiriladi. Ularning ijrosi esa taʼminlashi shart. Oʻzbekistonda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishni tartibga soluvchi, oʻsimlik dunyosi obyektlarining huquqiy holatini oʻrnatuvchi huquqiy meʼyor ham Asosiy qonunimizning 55-moddasida oʻz ifodasini topgan. Mazkur norma asosida bir qator qonunlar qabul qilingan. „Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida“gi „oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida“gi, „Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida“gi, „oʻrmon toʻgʻrisida“gi qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir. Ayniqsa ushbu munosabatda Qizil kitobning oʻrni beqiyos. Oʻzbekiston faunasi va florasining yoʻqolib boryotgan turlari Qizil kitobda ham oʻz aksini topgan boʻlib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va Botanika instituti tomonidan Qizil kitobga hayvonot va o‘simlik olami turlarini kiritish yoki undan chiqarish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni tegishli ravishda ishlab chiqiladi. Kamyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan esa Qizil kitobga turlarni kiritish va undan chiqarish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish amalga oshiriladi. Ushbu maqolada botanika tadqiqotchilari va ekologlar yo'qolib ketish xavfi borligini aniqlagan ba'zi o'simliklar haqida so'z boradi. Bu ularning kelib chiqqan joylaridan olib tashlanishi, shuningdek, tabiiy yashash joylarining vayron bo'lishi tufayli sodir bo'lishi mumkin. O'simliklar oziq-ovqat zanjirida hayotiy funktsiyalarni bajarishini va ularning yo'qolishi butun sayyoramizning atrof-muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatishini hisobga olish kerak.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin