Mavzu: Futbol sport turi boyicha togarak tashkil qilish Kirish Reja



Yüklə 149,33 Kb.
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü149,33 Kb.
#168543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12 Futbol sport turi boyicha togarak tashkil qilish

Ekspert uslubiyatlar mutahhasislarning (murabbiyning o’zi ham mutahhasis bo’lishi mumkin) bo’lajak o’yinchining istedod darajasi haqidagi funksiyalariga asoslangan bo’ladi. Agar ko’pchilik mutahhasislarda shunday fikr bo’lsa, uning ishonchliligi ancha yuqori bo’ladi.
Apparaturali uslubiyatlar baholarning aniqligi bilan afzallikka ega. Biroq bu baholarga qarab istedodlilik darajasi haqida umumiy ta’surot hosil qilib bo’lmaydi. Ayrim sifatlar hali istedodni harakterlamaydi. Ular birlashishi va o’ziga hos birikishda namoyon bo’lishi kerak.
Turli sifatlarni birikib kelishini hisobga olib tuziladigan testlar (sinov) tanlashning eng samarali uslublaridir. Ko’rsatkichlarning bilvositaligiga qaramay, testlar bir qator muhim afzallikka ega. Bu afzalliklarning asosiysi - futbol o’yiniga istedodlilikning test modelini yaratishning mumkinligidir.
Uslubiyatlardan maqsadga muvofiqroq foydalanishga qaratolgan tadbirlar kompleksi tanlashning tashkil etilishi deb ataladi.
Shunday qilib, nomzodlad guruhidan bo’lajak o’yin faoliyatida yuqori va barqaror natijalarga erishishi mumkin bo’lganlarni (sgularga erishish ehtimoli ko’proq bo’lgan bolalar) tanlab olishga qaratilgan tashkiliy uslubiy tadbirlar kompleksini yosh futbolchilarni tanlash deb atash mumkin.
Tanlashga doir ishlarni tashkil etish
Bolalar o’rtasida futbol o’yini keng tarqalgan. Jumladan bolalar-o’smirlar sport maktablarining futbol bo’limlari barcha hohlovchilarbi qabul qilishga qodir emasligi ham shu bilan izohlanadi. Chunki bu maktablarning asosiy vazifasi - tanlab olingan bolalar kontenenti bilan ishlab, yuksak mahoratli o’yinchilar tayyorlashdan iboratdir.
Tabiiy tanlash o’rinbosarlar (rezerv) tayyorlash muammosini hal qilmaydi. Bu holda qobilyatsiz bolalar bilan bir qatorda, qobilyatli, ya’ni, odatda, mahsus
sifatlar bo’yicha yetarlicha tayyorlanmagan, lekin yuqori potensial (imkoniyat) larga ega bo’lgan bolalar ham futbol maktabini tashlab ketadi.
Ko’pgina murabbiylar eng qobilyatli bolalarni tanlab olish uchun turli mezonlardan foydalanadilar, biroq bu mezonlar ko’pgina holatlarda bir tomonlama yoki subyektiv holatlarda bo’ladi shu bilan birga, tanlash ishi umuman stihiyali ravishda olib boriladi yoki ko’pncha, murabbiylar bolalarning nazorat oyinlarida ko’rsatadigan va avvalda qaror topgan tehnik-taktik malaka va ko’nikmalariga qarab ish yurutadilar. Bolalarning tezlik kuch sifatlari va harakatlar koordinatsiyasi, tez fikrlashi, irodaviy sifatlarining yuqori darajadagi, shuningdek yangi materialni tez ozlashtirib olishiga asoslangan imkoniyatlari hisobga olinmaydi.
Yosh futbolchilarni tanlash ishi boshidan ohirigacha yahshi tashkil etilgan bo’lishi kerak. Dastlab bolalarni jalb qilish va ularning sport maktablariga ommaviy ravishda kelishini ta’minlash choralarini ko’rish lozim. Eng avvalo, nomzodlarni yaqin orada joylashgan turar joy va maktandan tanlash maqsadga muvofiqdir, shunday qilinganda, ko’p yillik tayyorlash jarayonini tashkil etish va tekshirib turish oson bo’ladi. Hoxlovchilarni qabul boshlanishidan ancha oldin bu haqda habardor qilish kerak. Biroq faqat gazetada e’lon qilish yoki radio orqali ahborot berish zarur samara bermaydi. Murabbiylarning maktablarga kelishi va tanlash ishi boshlanishidan 4-5 kun oldin bolalarni habardor qilishi eng yahshi vositadir. Bolalar kirish imtihonlariga maktab vrachidan o’z salomatliklari haqida ma’lumotnoma olib kelishlari kerak.
Tanlash ishi boshlanishiga qadar qabul komissiyasini tashkil etish va invertarlarni, mashg’ulot joylarini, nazorat sinov “stsnsiya”larini puhta tayyorlab qo’yish, shuningdek, natijalarni qayd qilish uchun bayonnomalar tuzish zarur.
2.2. Yosh futbolchilarni tayyorlashda tehnik va taktik tayyorgarlik.
Ko’p yillik mashg’ulotning barcha bosqichlarida tehnik usullar va taktik harakatlarg o’rgatish jarayoni uzluksiz davom etadi. Maqsadga muvofiq tenikaning barcha tomonlarini biomehanika qonunlaridan foydalanish asosida va shug’ullanuvchilarning individual hususiyatlarini hisobga olgan holda puhta o’zlashtirish o’yin faoliytining murakkab sharoitlarda tehnikaning muvoffaqyatli qo’llanishini oldindan belgilab beradi. Mukammal o’yin ko’nikmalarining shakllanishi yosh futbolchilarning yuqori darajadagi jismoniy tayyorgaligiga asoslanadi.
Yosh futbolchilarni o’qitish va ularning malakalarini takomillashtirish bosqichlarida jismoniy tarbiyaning odatdagi uslublari: mashqlar, o’yin. Musobaqa uslublari, ko’rsatmalilikni ta’minlash, og’izaki nutqdan foydalanish, hatolarni tuzatish uslublaridan foydalaniladi. Barcha uslublar bir - biri bilan yaqindan bog’liq holda qo’llanadi. Biroq ulardan foydalnishning foizli nisbati ko’pgina omillarga: o’qitish bosqichi hamda vazifalariga, shug’ullanuvchilarning yosh va individual hususiyatlariga, ularning tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
O’qitish jarayonining tuzulishi
Alohida tehnik usul va taktik harakatni o’rganish quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
-dastlabki o’rganish;
-chuqur o’rganish;
-mustahkamlash va yanada takomillashtirish.
Har bir bosqich bir qator hususiyatlarga ega bo’lib, shu hususiyatlarni hisobga olgan holda konkkret vazifalar qo’yiladi va o’qitish (o’gatish)ning ratsional uslubikasi tanlanadi.
Dastlabki o’rgatish. Bu bosqichning asosiy maqsadi o’rgatilayotgan ususl yoki harakat asoslarini o’zlashtirib olish.
Konkret bir harakatni uning asosiy variantida bajarish ko’nikmalarini shakillantirishdagi dastlabki urinishlar bosh miya dinamik stereotib hosil qilishga
qaratilgan va bosh miya qobig’idagi narv jarayonlarining irradiasiyasi bilan harakterlanadi. Bolalarda ichki tormozlanish yetarlcha rivojlanmagan bo’ladi. Bolalarning hammasi ko’pincha o’rganilayotgan harakatning kinematik va dinamik harakteristikalarining noaniq esga tushirilishiga, uning ritmining beqarorligiga.kerak bo’lmagan qo’shimcha harakatlarga sabab bo’ladi.
Mazkur bosqichning asosiy vazifasi - shug’ullanuvchilargabajarilayotgan harakat va shu harakat asosiy elementlarining yahlit tasvvurini (ko’rish orqali) va harakat sezgisini paydo qilish, harakat ko’nikmalarini shakillantirish hususiyatlarini hisobga olgan holda hal etiladi.
Harakatni dastlabki o’rganish u bilan tanishishdan boshlanadi. Bunga uslublar kompleksi yordamida erishiladi. Og’zaki tushuntirish, va mashq uslublaridan foydalanadi.
Og’zaki tushuntirishda harakatning aniq terminalogik nomi bariladi, uning ahamiyati o’yin sharoitlarida qo’llaniladigan o’rni haqidagi ma’lumotlar aytiladi, bajarish prinssiplari tushuntiriladi. Bolalar diqqat etiborining beqarorligi, hajmi esa kichikligi sababli tushuntirish aniq, qisqa, va obrazli bo’lishi kerak.
Ikkinchi signal sistemasi orqali hosil qilinadigan ko’ruv tasavvurlari ko’rsatmalilikni ta’ minlash uslublaridan foydalanish bilan to’ldiriladi. Bular birinchi signal tizimi orqali ta’sir etish, o’rganilayotgan harakatlarning konkret obrazlarini hosil qilishga yordam beradi. Bevosita namoyish qilish (ko’rsatish) ko’rsatmalilikni ta’minlashning asosiy uslubidir. Namoyish qilish faqat tashqi formasi bo’yicha namunali bo’lishi kerak emas. Harakatning muvaqqat,fazoviy va kuch harakteritikalarini optimal ravishda qayta esga olib boriladi. Bu esa harakatning tez va puhta idrok qilinishini ta’minlaydi.
Harakat sezgilarini hosil qilish uchun mashq uslublaridan foydalaniladi. O’rganilayotgan harakat nisbatan doimiy va soddalashtirilgan sharoitda sharoitda esga tushuriladi. Futbol o’yini tehnikasini o’rgatishda ko’proq yahlit mashq uslubidan foydalaniladi, chunki harakatni bo’laklarga bo’lib yuborish ko’pincha ularning mohiyatini qo’pol ravishda buzishga olib keladi.
Takrorlash meyorini aniqlashda yangi, koordinasion jihatdan murakkab mashqlar yosh futbolchilarda tegishli narv markazlarining charchashiga sabab bo’lishini hisobga olish lozim. Shuning uchun mazkur bosqichda mashlarni sezilarli takrorlash juda samarali bo’ladi. O’rganuvchilar har birida 8-10ta takrorlashi bo’lgan 2-3 seriyali bajaradilar. Seriyalar oralig’idagi intervallar dam olish uchun yetarlibo’lishi kerak. Ulardan zarur fikirlarni aytish va mashni takroriy ko’rsatish uchun ham fiydalanish mumkin. Yangi materialni o’rganish keyingi 3-5 ta dars mobaynida davom ettiriladi.

Yüklə 149,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin