Mavzu: Futbol sport turi boyicha togarak tashkil qilish Kirish Reja



Yüklə 149,33 Kb.
səhifə3/10
tarix28.11.2023
ölçüsü149,33 Kb.
#168543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12 Futbol sport turi boyicha togarak tashkil qilish

Musobaqa mashqlari - bu yahlit harakat faoliyatidan yohud ularning majmuidan iborat. Bu harakatlar majmui esa futbol o’yinini predmeti va futbol musobaqasi qoidalari asosida bajariladigan harakatlar yig’indisidan iboratdir. Bu hartakatlar asosiy jismoniy hususiyatlar, vaziyat va harakat shakllari mutassil va kutilmaganda o’zgarib turgan bir sharoitda kompleks va namoyon bo’lishi bilan ifodalanadi va ular “syujetga” birlashgan turli harakat faoliyatlarining sharoitga qarab ko’chma va o’zgaruvchanligi bilan ajiralib turadi.
Mahsus tayyorgarlik mashqlari- musobaqa harakatlari elementlarini, ularning variantlarini, shuningdek, ish va harakatni shakl va harakter jihatidan bunga juda o’hshash hususiyatlar (oyin harakatlariva kombinatsiyalari)ni o’z ichiga oladi.
Mahsus tayyorgarlik mashqlari futbolda qa’iy ravishda o’yin hususiyatiga qarab aniqlanadi. Ayni paytda bu mashqlar o’yinda bir hil bo’lmaydi. Ular futbolchi uchun zarur bo’lgan hislat va malakalarni rivijlantirishga qaratilgan va differensial tarzda ta’sir etishini taminlay oladigan qilib tanlanadi.
O’z navbatida, mahsus tayyorgarlik mashqlari yordamchi va rivojlantiruvchi mashqlarga bo’linadi. Yordamchi mashq- lar asosan harakat shakli va tehnikasini egallab olishga ko’maklashadi.

  1. Yosh futbolchilarni futbol bo’limiga qabul qilishda tanlash

usuliyoti (1-bosqich)
Zamonaviy futbol sportchilaming jismoniy sifatlariga, sog’lig’iga ruhiyatiga turli va yuqori talablar qo’yadi. Yosh futbolchilarni tanlashda ularning umumiy va mahsus qobilyatiga ahamiyat beriladi. Tahnik tayyorgarlik darajasiga, ya’ni “o’ynashni bilishiga” eng kam e’tibor qaratiladi. Bu mezon yosh futbolchining musobaqa tayyorgarligini hisobga olmaydi.
Tadqiqotlarnning ko’rsatishicha, shunday bolalar borki, futbol bo’limiga kirganda tehnik va o’yin ko’rsatkichlari unchalik baland darajada bo’lmaydi, lekin jismoniy va psihologik omillari yuqori darajada bo’lganligi sababli, ularning tehnik - taktik mahorati tez o’sadi.
Birinchi tanlovda qo’llash mumkin bo’lgan kompleks ko’rsatkichlar mavjud.
Bunga oltita test ko’rsatkichlari kiradi.

  1. Muhimi, ko’pincha tug’ma hisiblangan yugurish tezligi. Tezkorlik sifatlarini baholash uchun 30 metrga yugurish tavsiya qilinadi.

  2. Qobilyatni rivojlantirishda tezkorlik-kuch imkoniyatlari katta ro’l o’ynaydi. Buni yugurib kelib, ikki oyoqda depsingan holda yuqoriga sakrashning balandligi orqali baholash mumkin.

  3. Muhim sifatlardan biri bu epchillikdir. Uning 12-13 yoshdan keyin rivojlanishi qiyin bo’ladi. Tanlashda umumiy va mahsus epchillikni hisobga olish kerak.

  4. mahsus koordinatsiya dribbling orqali baholanadi (5 ta doirani aldab o’tish)

  5. eng muhim ruhuy sifatlardan biri o’yinni idrok eta bilish va mo’ljalga olishdir.

  6. tanlashning ohirgi bosqich ko’rsatkichi bu - “o’yin shiddati va jangovorlik sifati”.

Shunday qilib, birinchi bosqichda 6 ta test va ko’rsatkichlar o’yin paytida baholanadi.
Bu tanlash dasturi 30-50 ta boladan kirish imtihonlarini qabul qilishga mo’ljallangan.
Buning uchun tanlash jarayonini yahshi tashkil qilish kerak. Nazorat sinovlarini 4 ta stansiyaga bo’lib qabul qilish lozim. Birinchi stansiyada 30 metrga yugurish qabul qilinadi. Ikkinchisida - yuqoriga sakrash. Uchinchi stansiyada umumiy epchillik baholanadi. To’rtinchisida to’p olib o’tishda diqqatni taqsimlash qobilyati baholanadi. O’yinni idrok etish (yoki fikrlash) ikki taraflama mini futbol o’yinini jarayonida aniqlanadi.
Yosh futbolchilarning yiqqan ballari soni aniqlanib, ularning bahosi quyidagi baholash meyorlari jadvali orqali keltiriladi.
Qabul imtihonlari natijalari tahlil qilinganidan song baholar e’lon qilinadi. Ijobiy baholarga erishgan bolalardan guruh tanlab olinadi. Ko’rsatkichlari yuqoriroq bo’lib, ammo sinovdan o’ta olmagan futbolchilar nomzodlar guruhiga olinishi mumkin. Ularga uy vazifasi yarim yilga yoki bir yilga beriladi, so’ngra ular qayta ko’rikdan o’tishlari mumkin. Shuning bilan birinchi bosqich yakunlanadi.



Yüklə 149,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin